Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning kompleks sud tovarshunoslik ekspertizasi nazariyasi

Audiovizual va dasturiy mahsulotlar bugungi raqamli davrda iqtisodiyotning muhim komponentiga aylanib, turli sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ularning texnologik taraqqiyoti va tezkor rivojlanishi, shu bilan birga, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishda sud-tergov jarayonlarida ham dolzarb mavzuga aylanmoqda. Ayniqsa, mualliflik huquqlari buzilishida, noqonuniy foydalanish yoki mahsulotlarni qalbakilashtirish holatlarida ularning ekspertizasi keng miqyosda talab qilinmoqda. Shu sababli, sud tergov idoralari tomonidan audiovizual va dasturiy mahsulotlarga oid ekspertiza xulosalarini ish uchun muhim dalil sifatida baholashda, ekspertning xulosalari yetarli darajada ilmiy asoslangan va xolis bo‘lishi talab etiladi.

Sud-tergov jarayonida keltiriladigan xulosalarning haqqoniyligi va ishonchliligi ularni shakllantirishda ishlatilgan uslubiy yondashuvlarga bog‘liq. Xulosalar har tomonlama, to‘liq va ilmiy asoslangan bo‘lishi uchun ekspertlar yagona uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarga amal qilishlari lozim. Bunday uslubiy tavsiya audiovizual va dasturiy mahsulotlar sohasida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda qo‘llaniladigan usullarni aniq belgilab beradi. Shu orqali sud ekspertiza tadqiqotlarining aniqligi, haqqoniyligi va huquqiy kuchi ta’minlanadi.

Bugungi kunda audiovizual va dasturiy mahsulotlarning kompleks sud tovarshunos ekspertizalari uchun yagona tartibga soluvchi uslubiyot yaratish masalasi dolzarblashmoqda. Amaldagi yondashuvlarning xilma-xilligi sud-tergov jarayonlarida ba’zan xulosalarning yetarlicha ilmiy asoslanmagani yoki to‘liq baholanmagani kabi shubhalar tug‘dirishi mumkin. Shu boisdan, audiovizual va dasturiy mahsulotlarga oid ekspertizalar uchun yagona ilmiy asoslangan va tasdiqlangan uslubiy tavsiyalarning mavjudligi dolzarb ehtiyojga aylanmoqda.

Uslubiy tavsiyalar audiovizual va dasturiy mahsulotlarga nisbatan o‘tkaziladigan sud tovarshunos ekspertizalarini tartibga soladi va tadqiqot jarayonining xolisligini, to‘liqligini hamda har tomonlamaligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularning maqsadi, ekspertlar tomonidan keltirilgan xulosalarning ilmiy asosli va ishonchli bo‘lishi, shuningdek, sud-tergov jarayonida keltirilgan dalillarni haqqoniy baholash uchun zarur huquqiy asoslarni yaratishdir.

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning (kompleks) sud tovarshunoslik ekspertizasi o‘ziga xos ko‘p qirrali ilmiy tadqiqot hisoblanadi, bu esa ushbu mahsulotlarning texnik, iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Mazkur turdagi ekspertiza ayniqsa audiovizual (masalan, filmlar, video kliplar, multimedia loyihalari) va dasturiy (masalan, kompyuter dasturlari, mobil ilovalar) mahsulotlarning tovarshunoslik jihatlarini aniqlash va ulardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Bu nazariyaning asosiy tamoyillari quyidagicha ta’riflanadi:

Tovarshunoslik aspekti

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning ekspertizasi, eng avvalo, tovarshunoslik jihatdan ularning bozordagi qiymatini, sifatini va boshqa jihatlarini baholashni o‘z ichiga oladi. Tovarshunoslik yondashuvi orqali mahsulotning asl yoki qalbaki ekanligini aniqlash, ishlab chiqarilgan manbasi va distribyutori to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Mualliflik huquqi va intellektual mulk

Audiovizual va dasturiy mahsulotlar odatda mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Nazariy jihatdan bu ekspertiza mahsulotda muallifning huquqlari buzilgan-buzilmaganligini aniqlashga yordam beradi.

Texnologik va texnik tahlil

Dasturiy mahsulotlarda texnologik tahlil muhim ahamiyatga ega. Bu yerda dasturiy ta’minotning ishlab chiqarilish texnologiyalari, foydalanilgan dasturiy modullar va texnik talablarga muvofiqligi o‘rganiladi. Audiovizual mahsulotlar esa o‘z navbatida texnik jihatdan tahlil qilinadi: tasvir va ovoz sifati, kodlash texnologiyalari, formatlar va boshqa texnik ko‘rsatkichlar baholanadi.

Tovarlarning funksional va estetik xususiyatlari

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning funksional va estetik xususiyatlari ham tovarshunoslik ekspertizasi uchun muhimdir. Bu mahsulotlarning qanday vazifalarni bajarishi, foydalanuvchi uchun qulayligi va foydalanish jarayonidagi sifatini baholash sud jarayonlarida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning tovarshunoslik ekspertizasi quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning asilligini aniqlash tovarshunoslik ekspertizasining asosiy vazifasidir. Mahsulotlarning texnik tavsiflari, funksionalligi va ishlash imkoniyatlari aniqlanadi. Dasturiy mahsulotlar bo‘yicha quyidagilar tahlil qilinadi.

Audiovizual mahsulotlar uchun sifat quyidagi parametrlar asosida aniqlanadi:

– Audio va video sifati (piksellar soni, ovoz aniq va tiniqligi).

Audiovizual va dasturiy mahsulotlar uchun qadoqlash ham muhim jihat sanaladi. Ekspertiza qadoqlash sifati, unda berilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, mahsulotning asli ekanligini tasdiqlovchi belgilar mavjudligini baholaydi. Bu yerda quyidagi omillar tahlil qilinadi:

– Qadoqdagi brend logotiplari, mahsulot seriya raqami va boshqa identifikatsiya belgilari;

– Mahsulot litsenziyalangan yoki original ekanligini ko‘rsatadigan hujjatlar va sertifikatlar mavjudligi.

Qarama-qarshi taqqoslash usuli

Mahsulotning turli nusxalari orasidagi tafovutlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Ayniqsa, audiovizual va dasturiy mahsulotlar qatorida qalbakilashtirilgan va original mahsulotlarni solishtirishda samarali usul.

Bir xil nomdagi mahsulotlarning turli nusxalarini solishtirish: original va qalbaki versiyalardagi dizayn, tashqi ko‘rinish, yozuvlar yoki formatlardagi farqlar aniqlanadi.

Trasologik tahlil usuli

Bu usul mahsulotning yozuv yuzasida mexanik ta’sirlar yoki zararlar mavjudligini aniqlashda qo‘llaniladi. Dasturiy mahsulotning tashuvchisi (CD, DVD, USB) yoki audiovizual mahsulotning qadoqlash materiallari tadqiq qilinadi:

Diskning ishlash yuzasi: mexanik zararlar, chizishlar, yoki ma’lumotni yozish jarayonida yuzaga kelgan texnik xatoliklar aniqlanadi.

Diagnostik tahlil usuli

Bu usul mahsulotning texnik holatini, ishlash imkoniyatlarini va nosozliklarini aniqlashga qaratilgan. Asosan, dasturiy mahsulotlarning texnik xatoliklari, ularning ishlash holatini tahlil qilish uchun qo‘llaniladi.

Dasturiy mahsulotdagi xatoliklar: dasturiy ta’minotning ishlamay qolishi, texnik xatolar va nosozliklarni aniqlash.

Audiovizual mahsulotlarning ishlash imkoniyatlari: video yoki audiomateriallarning to‘g‘ri ishlashi va formatga mosligini baholash.

Asosiy metodologik ko’rsatmalar audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud ekspertizasida qo’llanilishi va sud tekshiruvlarini o’tkazish uchun zarur bo’lgan ishonchli va xolis ekspert xulosalarini  kerak.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
Tovarshunoslik ekspertizasi bo’limi mudiri A.I. Pak