Sud-qurilish-texnik ekspertizasi (SQTE) jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqishda loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, binolar, inshootlar va qurilmalarni rekonstruksiya qilish (ta’mirlash), demontaj qilish va utilizatsiya qilish sohasida maxsus bilimlarga muhtoj bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Sud qurilish–texnikaviy ekspertiza muhandis-texnikaviy ekspertiza turlaridan biridir.
Loyihalash, qurilish, bino va inshoatlardan foydalanish, baholash bo‘yicha bilimlar ushbu ekspertiza ilmiy asoslarining poydevorini tashkil qiladi.
Sud qurilish-texnikaviy ekspertiza predmetini ish bo‘yicha faktik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan texnik masalalar tashkil qiladi. Ular qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi:
– qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi haqida;
– qurilish ob’ektlari (sanoat, ko‘chmas mulk, turar joy va shaharsozlik) va bajarilgan ishlarning (taxminiy bajariladigan ishlar) narxi;
– qurilish ob’ektlarining Shaharsozlik va texnik me’yorlarga mos kelishi yoki kelmasligi;
– qurilish ob’ektlari yoki konstruksiyalarini ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablari;
– ko‘chmas mulk ob’ektlarini qayta tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida (turar joylardan foydalanish va bo‘lish).
– bino va inshoatlarning avvalgi texnik holati bo‘yicha hujjatlari (ko‘chmas mulk, turar joy).
Sud qurilish–texnikaviy tadqiqot ob’ektlariga binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smetalari va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarning kadastr hujjatlari, muhandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalarning o‘zi kiradi.
Sud qurilish–texnikaviy ekspertizaning hal qiladigan masalalari:
- a) baholash yo‘nalishida:
– turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino (bino qismlari) va inshootlarni me’yoriy hujjjatlar asosida hisob usuli bilan bozor narxini aniqlash.
- yer maydonlarini yerdan foydalanish xuquqini qiymatini baholash.
Bu hollarda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi oldiga hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
Nizoli bino va inshoatlarning bozor narhi (hisob asosida belgilangan) ekspertiza o‘tkazish kuniga bahosi aniqlansin.
Nizoli bino va inshoatlarning 2/3 qismining (hisob asosida belgilangan) ekspertiza o‘tkazish kuniga bahosi aniqlansin.
Nizoli yer maydonlarini yerdan foydalanish xuquqini qiymati aniqlansin.
Ushbu savollarni hal etish uchun ekspertizaga yashash uyining, xonadonning (boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarining) kadastr hujjatlari taqdim etilishi va qurilish ob’ektni ko‘zdan kechirilishi tashkil qilinishi kerak.
- b) baholovchi tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholash yuzasidan tuzilgan hisobotlarini Mulkni baholashning milliy standartlariga va O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash.
Bu hollarda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi oldiga hal etish uchun quyidagi savol qo‘yilishi mumkin:
– ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholash bo‘yicha tuzilgan baholash hisobotlarini ilmiy asosliyligi tekshirilsin.
Ushbu savolni hal etish uchun ekspertizaga yashash uyining, xonadonning (boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarining) kadastr hujjatlari, baholovchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan baholash hisobotlari taqdim etilishi kerak.
- v) ta’mirlash-qurilish va qurilish ishlari smeta hujjatlarining asosli yoki asossizligini aniqlash. Bu masalani bir turi bo‘lib suv toshirish natijasida ko‘p qavatli binolardagi xonadonlarda ta’mirlash ishlarining smeta hujjatlarini asoslanganligini aniqlash xizmat qiladi. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun quyidagi savol qo‘yish mumkin:
Bajariladigan qurilish, ta’mirlash-tiklash ishlarining smetalari asoslanganligi aniqlansin.
Smeta hujjatlarida ish haqiga ko‘rsatilgan mablag‘lar hajmi asoslimi?
Smeta hujjatlarida mexanizm va mashinalarga harajatlar asosli belgilanganmi?
Smeta hujjatlarida qo‘rsatilgan ish hajmiga sarflanadigan qurilish materiallar miqdori asosli ko‘rsatilganmi?
Nizoli xonadonga yuqorida joylashgan xonadondan suv toshirishdan keyin ta’mirlash ishlarining smetasi asoslanganligi aniqlansin?
Ushbu savollarni hal qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- bajariladigan ishlarning joriy narxda tuzilgan smetalari;
- qurilish (rekonstruksiya) loyihasi;
- ob’ektning qurilish yoki ta’mirlash-tiklash ishlari bajarilishidan oldingi holati bo‘yicha dalolatnoma (defekt akti).
- mahalliy o‘zini boshqarish organidan (TChSJ va h.k.) suv toshish sabablari va konstruksiya yoki pardozlash ishlariga yetkazilgan shikast hajmlari ko‘rsatilgan joyni ko‘zdan kechirish dalolatnomalari.
Agar yong‘in sodir bo‘lgan inshoatlar bo‘yicha smeta hujjatlarini tekshirish lozim bo‘lsa qo‘shimcha ravishda yong‘in xavfsizligi inspeksiyasining bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni hajmi ko‘rsatilgan dalolatnomasi taqdim qilinishi zarur.
- g) turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarni (bino qismlarini) bo‘lish (binolardan foydalanish tartibini belgilash) imkoniyatlari haqida.
Bu hollarda qurilish-texnikaviy ekspertiza hal etishi quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
Nizoli kafe binosini 3/5 va 2/5 ulushlar bo‘yicha bo‘lish mumkinmi?
Nizoli xonadonning alohida xonalaridan 1/2 va 1/2 ulushlarga binoan (aniq yeki ushbu qismlardan chetga chiqib) bo‘lishning imkoni bormi?
Nizoli honadonning A1, A2, A3 literli xonalarni 1/3 va 2/3 ulushlarga binoan foydalanish tartibini belgilansh imkoniyati aniqlansin.
Bu masalani hal qilish uchun ekspertizaga yashash uyining, xonadonning (boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarning) kadastr hujjatlari taqdim etilishi kerak,
- d) turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarning (konstruksiya yoki elementlarining) Qurilish, Shaharsozlik me’yorlari va qoidalari, Texnikaviy ekspluatatsiya me’yorlari, qoidalari talablariga javob berish yoki bermasligini aniqlash.
Bu masalani hal qilish uchun quyidagi savol qo‘yiladi:
Nizoli turar joy (noturar joy) bino va inshootlari qurilish qoida va me’yorlariga, ShNK-KMK talablariga javob beradimi?
B.Usmonovaga yashash uchun Istiroxat ko‘chasi 6 uyda ajratilgan xonalar yashash joyga qo‘yilgan (ShNK-KMK) me’yoriy talablarga javob beradimi?
Ushbu masalani hal qilish uchun ekspertizaga uyning loyihasi (proekti) taqdim kilinadi. Agar loyiha mavjud bo‘lmasa uy joyning tegishli idoralar (Suvsoz, Gaz ta’minot, Elektr tarmog‘i va boshqalar) bilan kelishilgan kadastr hujjatlari taqdim qilinadi.
- ye) qurilgan yoki qayta qurilgan binoni (inshootni), bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini loyihaga to‘g‘ri kelish-kelmasligi aniqlash.
Ekspertiza oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi:
Qurilgan yoki qayta qurilgan binoni (inshootni) loyihaga to‘g‘ri keladimi?
Bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini bajarishda loyihaga rioya qilinganmi?
Bu hollarda ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- kadastr hujjatlari (binoning oldingi holatini rejasi);
- qurilish (ta’mirlash, qayta qo‘rish – rekonstruksiya) to‘liq loyihasi;
- ob’ektning qurilish, ta’mirlash (qayta qo‘rish) ishlari bajarilishidan oldingi holati bo‘yicha dalolatnoma (defektnыy akt).
- j) ko‘p qavatli binolarda xonadonlarni qayta ta’mirlash va loyihalashtirish ShNK talablariga mosligini aniqlash. Qayta loyihalashtirish xonadondagi xonalar o‘rtasida devor va to‘siqlarni olib tashlash, o‘zgartirish, ularda eshik ochish, xonalarning ishlatish maqsadini o‘zgartirish (masalan, oshxonani ko‘chirish) va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ushbu masala keyingi davrda ayniqsa dolzarb tusni olgan. Uni hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yiladi:
Nizoli xonadonda qayta loyihalashtirish ishlari ShNK talablariga mosmi?
Nizoli xonadon devorida eshik ochish binoning seysmik holati va mustaxkamligiga ta’sir ko‘rsatadimi?
Bu masalani yechish uchun ekspertizaga qayta loyihalashtirish hujjatlari va tegishli ruxsatnomalar yoki proekt muassasasining texnik xulosasi yuboriladi.
- z) avariya holatlari sabablari bo‘yicha – binolarni cho‘kishi, namlanishi, ishlarni noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida bino va inshoatlarni (konstruksiya yoki elementlarini) qulashi, suv toshish, pardozlash ishlarining shikastlanishi, hamda ish jarayonida baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlash.
Ushbu qurilish-texnikaviy ekspertiza masalalarini hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin.
Qurilishdagi falokatlarni (binoning qulashi, baxtsiz hodisa) texnik sabablari aniqlansin.
Bu hollarda ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- qurilish-montaj va qurilish-ta’mirlash ishlar jarayonida sodir etiladigan baxtsiz hodisalar va falokatlarning texnik sabablarini tergov qilish dalolatnomalari (sxema, chizmalar bilan);
- ushbu voqea bo‘yicha texnik inspektorining xulosasi;
- ish bajarish loyihasi (texnologik xarita);
- texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarni qayd qilish jo‘rnali (asl nusxasi);
- texnika havfsizligi bo‘yicha bilimini tekshirish bayonnomasi (asl nusxasi);
- jabrlanuvchini ishga qabul qilish haqidagi qaror (asl nusxasi).
Bino va inshoatlarning qulashi bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni hal etish uchun quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- bajarilgan ishlar hisobot jurnali;
- ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari;
- qurilish maydoni bo‘yicha geolog-muhandislik xulosasi;
- materiallarning mustahkamligini sinash va konstruksiya materiallarining (beton, qorishma, g‘isht va h.k.) laboratoriya tahlilini saralash dalolatnomasi;
- qulab tushgan konstruksiya materiallarining pasportlari (asl nusxalari);
- payvandlash ishlar va temirbeton konstruksiyalarning ulamalarini betonlashtirish jurnali (temir yoki temirbeton konstruksiyalarining qulashi bo‘yicha).
Agar baxtsiz hodisa yuklash-tushirish ishlari yoki yuk ko‘taruvchi mashinalar yoki mexanizmlar yordamida konstruksiyalarning montaj qilish paytida sodir bo‘lgan bo‘lsa quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- mashinani (mexanizmni) texnik holatini tekshirish dalolatnomasi;
- mashina (mexanizm) pasporti;
- yuk ko‘taruvchi mexanizmlarni ko‘zdan kechirish va hisobot jurnali;
- ishlarni bajarishga buyurtma-ruxsat (asl nusxasi);
- mashinani (mexanizmni) texnik xizmatini ta’minlaydigan shaxslarni ish bajarish yo‘riqnomalari.
- i) ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga suv toshishlarining texnik sabablarini Bu masala keng tarqalgan bo‘lib, ekspertiza oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi:
Nizoli xonadonga suv toshishi sabablari aniqlansin?
Nizoli xonadonga suv toshishiga tomdan chakki o‘tishi natijasida bo‘lishi mumkinmi?
Nizoli xonadonda suv toshishiga yuqori qavatdagi xonadonning isitish tizimi radiatori yorilishi sabab bo‘lganmi?
Nizoli xonadonga suv toshishida yuqoridagi xonadonda ta’mirlash ishlarini olib borilishi natijasida bo‘lganmi?
Ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- mahalliy o‘zini boshqarish organidan (TChSJ va h.k.) suv toshish sabablari ko‘rsatilgan joyni ko‘zdan kechirish dalolatnomalari.
- k) qurilishda mansabdor shaxslar tomonidan talon-tarojlikka yo‘l qo‘yilishining sabablari va sharoitlarining kelib chiqishi hamda bino va ishoatlarning texnik holatiga ta’sir qiluvchi avariya holatlari aniqlash:
- Bajarilgan qurilish-montaj va qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha to‘lovga taqdim etilayotgan hisob-faktura ma’lumotlarini (hisob-faktura ma’lumotlari bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni) nazorat o‘lchov natijalari bo‘yicha asoslanganligini tekshirish.
- Bajarilgan qurilish-montaj va qurilish-ta’mirlash ishlariga qo‘llanilgan narx-navolar, koeffitsientlar va boshqa harajatlarni asosli qo‘llanilganligini tekshirish.
- Bajarilgan ishlar qiymatida qo‘shib yozilgan summani aniqlash.
Ushbu masalalarni hal etish uchun ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchov dalolatnomalari;
- pudrat shartnomalari (kontraktlar);
- ob’ektning joriy narxdagi loyiha smeta hujjatlari;
- buyurtmachi va pudratchi tomonidan tasdiqlangan hisob-fakturalar materiallar hisobotlari bilan (asl nusxasi);
- shartnoma narxiga kelishish bayonnomasi;
- qurilish materiallariga yuk-xatlari, hisob-fakturalar va h.k.;
- texnik ijro hujjatlar (ish bajarish loyihasi, ish jurnali, mualliflik nazorati jurnali va h.k.);
- loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha idoradan tashqari texnik ekspertiza xulosasi.
- l) jinoyat yoki xuquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni yo‘qotishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. Bu masala yuqorida ko‘rsatilgan boshqa masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi bo‘yicha hal qilinadi.