Rustemov Yakubjan Kiyamovich
Laboratoriya mudiri
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 250
Markazda o‘tkazilayotgan ekspertizalar orasida, 1981 yilda tashkil etilgan Sud-yongin-texnikaviy ekspertizasi (SYoTE) xam, yong‘in xodisasi yuzasidan keng qamrovdagi masalarni xal qilib, samarali xizmat qilib kelmoqda.
Yongin xodisasi – yongin sodir bulgan joyda ja’miyki narsalarga o‘zining termik ta’sirini ko‘rsatadi. U nafaqat moddiy, ba’zida insonlarning kuyishiga, bevaqt o‘limiga sabab bo‘ladi va ma’naviy zarar keltiradi. Shu xisobdan, bu xodisa insonning yashashi va rivojlanishi uchun yaratilayotgan barcha mavjudliklarga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasi asosan klassifikatsion va diagnostik masalalarini yechishga qaratilgan.
Klassifikatsion masalalarga yongin xavfsizligi, DavST, QMQ va shu kabi me’yoriy xujjatlarning talab va qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bulgan yong‘inlar bilan bog‘liq savollar kiradi. (Misol uchun: vagondagi paxta kiplarida sodir bulgan yong‘in ularning noto‘g‘ri taxlanishidan kelib chiqqanmi? Ushbu yong‘in yong‘in xavfsizligi qoidasining buzilishidan kelib chiqqanmi?)
Diagnostik masalalarga yonginning kelib chikish mexanizmi tiklanilishi yuli bilan aniqlanadigan masalalar kiradi. Bular: yong‘inning kelib chiqishiga elektr simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan yoki yuqligini aniqlash, tashqi yong‘in manbayi (gugurt olovining) yong‘inga sabab bo‘lganligi yoki yuqligini aniqlash, kimyoviy moddalarning aralashib ketishi natijasida ularning o‘z-o‘zidan yong‘in xosil qilgan yoki yo‘qligini aniqlash kabi masalalardir.
Sud yong‘in texnikaviy ekspertizasini o‘tkazishda asosan, vizual tadqiqot usuli, mikroskopik tadqiqt usuli va Rentgen tadqiqot usullari qo‘llaniladi.
Sud-yong‘in-texnikaviy ekspertizasi, sodir bo‘layotgan yong‘inlarning kelib chiqish sabablari turlicha ekanligini, ular asosan uchga bo‘linishini ta’kidlaydi. Bular: extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlar, qasddan sodir etiladigan yong‘inlar va kuchli tabiat xodisalari oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlardir. SYoTE amaliyotida asosan, extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlar va qasddan sodir etilgan yong‘inlar ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi.
Extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘layotgan yong‘inlar jumlasiga, elektr uskunalari va gaz moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish, elektr va gaz nosoz moslamalardan foydalanish, isitish tizimi moslamalaridan notug‘ri foydalanish, payvandlash ishlarini yong‘in qoidalariga rioya qilinmasdan olib borilishi, yong‘in yuklamalari yuqori darajada bo‘lgan man etilgan joylar (xar-xil omborxonalar, paxta yoki kip skirdlari, zavod, fabrika, ma’muriy binolar, yonilg‘i quyish va saqlash joylari va boshkalar)da, chekish yoki yongin manbalaridan noo‘rin foydalanish, bolalar sho‘xligi, o‘z-o‘zidan yonuvchi maxsulotlarning saqlash qoidalarining buzilishi kabi yong‘inlardir. Bunday, yong‘inlarni tekshirishda surishtiruv, tergov organlari xodimlaridan, ekspertdan yukori saviya, bunda nafakat mutaxassisligi bo‘yicha bilim, balki turli muxandislik-texnikaviy, kimyoviy va boshka bilimlarni bilishi talab etiladi.
Qasddan sodir etilgan yong‘inlarni tekshirishda surishtiruv, tergov organlari xodimlaridan yuqori saviya, sinchikovlik talab qilinadi. Chunki, qasddan sodir etiladigan yong‘inlar “yong‘in jinoyati” ostida, boshqa jinoyatlar yotishini ko‘rsatmoqda. Jinoyatchilar xar-xil turdagi masalan: qotillik, o‘g‘rilik, o‘zganing mulkiga zarar yetkazish, iqtisodiy jinoyatlar kabi turli jinoyatlarni sodir etib, yongin orkali o‘zlarining izlarini yo‘qotishga xarakat qiladilar. Shu sababli, bunday xodisalarning sababi bilan bog‘liq masalarni yechishda yong‘in ob’ektini tekshirayotgan organ xodimlari – surishtiruv yoki tergov organlari xodimlaridan aloxida sinchikovlik, ma’suliyat, mahorat talab qiladi. Shu jumladan, yong‘inni tekshirayotgan organ xodimlarining turli ekspertizalar imkoniyatlarini mukammal bilishi, ekspertiza tayinlash qarori to‘liq va aniq tuzilishi, xujjatlarni sifatli to‘planishi, voqea joyini sinchikovlik bilan ko‘zdan kechirilishi, ekspert ixtiyoriga ashyoviy dalillarning xamma zarur ob’ektlar va ma’lumotlar bilan taqdim etilishi, yongin-texnik eksperti – soxasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ekspertiza uslublarini to‘g‘ri qo‘llashi – sud yongin-texnikaviy ekspertizasi xulosasining xaqqoniy, to‘g‘riligi samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Yong‘inning sababini aniqlashda birinchi navbatda uning boshlangan joyi ya’ni yong‘inning (o‘chogi) markazi aniqlanib olinishi zarur. Yong‘inning o‘chogi inshoat ichida joylashgai qurilish konstruksiyalar, asbob-uskunalar va materiallarga yong‘inning ta’siri oqibatlarini o‘rganish orqali aniqlanadi.
Yong‘in markazida turli xil buzilishlar, qiyshayib qolishlar yoki ularning butunlay yonib ketishi faqat yong‘inning vaqtiga bog‘liq emas, balki boshqa, asosan, yong‘in bo‘layotgan joyda gaz almashinuvi (xavo kirishi), yong‘in joyida bo‘lgan xar-xil yong‘in yuklamalari, yengil yonuvchi suyuqliklarning bo‘lishi va shu kabi shart-sharoitlariga bog‘liq.
Ba’zida yong‘in markazida yong‘inni boshlanish joyi bilan bir qatorda muayyan shart-sharoitlarda ikkilamchi yonish markazi paydo bo‘lishi mumkin. Bunga xar-xil yonuvchi materiallarni bir joyga to‘planishi yoki yong‘in yuklamasi uchun qulay bo‘lgan shart-sharoitlarni bo‘lishi xamda yonginni chala o‘chirilishi kabi sabablar kiradi.
Ushbu xolatni aniqlash uchun ekspertga uning tadqiqoti uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lishi, shuningdek, ishni olib borayotgan organ tomonidan ekspertiza uchun zarur ma’lumotlar mukammal to‘planib, taqdim etilishi zarur. Yong‘in sodir bulgan joyning ekspert tomonidan ko‘zdan kechirilishi yoki vokea joyi tushirilgan videotasvirni taqdim qilinishi, yong‘in bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar bilan tanishishi ekspertning tug‘ri xulosaga kelishga imkoniyat yaratadi.
Ekspert o‘zining o‘tkazayotgan tadqiqoti jarayonida, yong‘inni kelib chiqish sababining aniqlash uchun uning extimollik tomonlarini o‘rganib, xuquqiy baho bermagan holda, elektr tarmoqlari, gaz tizimi, o‘z-o‘zidan yonish, tabiat xodisalari, yengil yonuvchi suyuliklar, neft maxsulotlarining birma-bir yong‘inga aloqasi bor yoki yo‘qligini aniqlash uslubi orqali aniqlaydi. Sud-yongin-texnikaviy ekspertining o‘tkazadigan bu tadqiqoti murakkab tadqiqotlardan hisoblanadi va bu tadqiqotlar natijasi uning “ekspert xulosasi” asosida tekshirilayotgan masalaga oydinlik kiritiladi va uni qonuniy hal qilish imkoniyati bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, xolisona tuzilgan ekspertiza xulosasi, O‘zbekistonimizda odil sudni ta’minlashga xamda demokratik institutlarning barqarorligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.