Avtomobil yo‘llar ekspertizasi

Sud avtotexnika ekspertizasining vazifalari:

– yo‘l transport hodisalarining tafsilotlarini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish;

– yo‘l transport hodisalarida qatnashuvchi bo‘lgan transport vositalarining texnik holatini, ularning texnik holati kelib chiqqan hodisaga sabab bo‘lganligini aniqlash;

– yo‘l transport hodisalari oqibatida paydo bo‘lgan shikastlar natijasida olingan moddiy zararni aniqlash;

– yo‘l transport hodisasi natijasida hosil b’olgan shikastlarni tadqiq qilib, ularning paydo bo‘lish tafsilotlarini aniqlash (transport trasologiya ekspertizasi);

– avtomobil yo‘llarining nuqsonlari yo‘l transport hodisasi kelib chiqishiga ta’sirini tadqiq qilish.

Avtomobil yo‘llar ekspertizasida quyidagi savollar xal etiladi.

  • yo‘llarning kvalifikatsion tavsifini aniqlash;
  • yo‘lning va yo‘l sharoitining tarkibiy elementlarning texnik xolatini aniqlash;
  • YTH sodir bo‘lgan yo‘l uchastkasining texnik xolatini, uning elementlari va yo‘l sharoitlarining normativ-texnik hujjatlarga mos kelishi;
  • harakat xavfsizlikga ta’sir etuvchi yo‘l nuqsonlarining vujudga kelish vaqti va sabablarini aniqlash;
  • hodisa bilan yo‘ldagi nosozlik o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash;
  • yo‘l belgilarini tegishli meyoriy xujjatlarga mos ravishda o‘rnatilganligi va sodir etilgan yo‘l transport xodisasiga aloqadorligi;

 

Font Resize