O‘quv trening tashkil etildi

2024-yil 26-dekabr va 2025-yil 4-fevral kunlari Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish yuzasidan o‘quv trening tashkil etildi.

Trening davomida “Kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Shakurov Rafik Ravilevich tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Skip to content