Pak Albina Innokentevna
Telefon (+998 71) 209 11 55
Ichki : 240
Sud-tovarshunoslik ekspertizasi Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasida 1980 yildan o‘tkazilishni boshlagan bo‘lib, 2019 yildan boshlab alohida Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi tashkil qilingan. Hozirda Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limida bo‘lim mudiri, bir nafar yetakchi ekspert, uch nafar ekspertlar va bir nafar ish o‘rganuvchi ekspert faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, Markazning Andijon viloyat bo‘limida 2004 yildan, Sirdaryo viloyat bo‘limida 2006 yildan, Jizzax viloyat bo‘limida 2021 yildan, Samarqand viloyat bo‘limida 2005 yildan, Qashqadaryo viloyat bo‘limida 2009 yildan, Navoiy viloyat bo‘limida 2020 yildan, Buxoro viloyat bo‘limida 2019 yildan, Xorazm viloyat bo‘limida 2011 yildan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida 2008 yildan tovarshunos ekspertlar faoliyat ko‘rsatadilar.
Faoliyati: Markazning tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limda sud-tovarshunoslik ekspertizasi bo‘yicha oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ekspertizasi o‘tkaziladi.
Bunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining shartnomalarga oid hujjatlar va boshqa tovar kuzatuv hujjatlariga mosligini aniqlash, ularning muayyan davr holatiga o‘rtacha bozor bahosini aniqash, yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash va shu kabi boshqa vazifalar hal etiladi.