Abdurasulov Abdumannop Isakovich
Jizzax viloyat bo‘lim mudiri
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Jizzax viloyat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarori bilan 2017-yilda RSEMning Jizzax viloyat bo‘limi sifatida, Jizzax viloyati Jizzax shahrida tashkil qilingan. Bo‘lim Jizzax viloyatining huquq-tartibot organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda bo‘limda quyidagi ekspertiza turlari bajarilmoqda:
Sud-avtotexnika ekspertizasi:
- (YTH – lari jarayonini matematik usullar bilan tadqiqot qilish,
- T/V – transport-baholash tadqiqotlari,
Sud-qurilish texnikaviy ekspertizasi:
- qurilish texnikaviy,
- yer obyektlarini tadqiq qilish,
- yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari
Sud-xatshunoslik ekspertizasi:
- – hujjatlar rekvizitlarining tadqiqotlari.
Bundan tashqari, Bo‘limda Iqtisodiy va tovarshunoslik bo‘yicha ekspertiza turlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ular vakant.
RSEM Jizzax viloyat bo‘limi yuqorida ko‘rsatilgan ekspertiza turlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga mutaxassis fikrlari berib kelmoqda.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Jizzax viloyat bo‘limida sud-avtotexnika ekspertizasi bo‘lim mudiri A.Abdurasulov tomonidan, sud qurilish-texnikaviy va yer ekspertizalarini bo‘lim yetakchi eksperti B.Zulfiqorov tomonidan, sud-xatshunoslik ekspertizasini bo‘lim eksperti A.Boboyorovlar tomonidan tadkikotlar olib boriladi.
Shu yilgacha bo‘limda bo‘lim mudiri, 1 nafar yetakchi ekspert va ish yurituvchi xodim ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, RSEM Jizzax viloyat bo‘limida 2022-2023-yillar davomida sud iqtisodiy va tovarshunos tadqiqotlari o‘tkazilgan. 2024-yil 20-maydan boshlab xatshunos texnik A.Boboyorov o‘z ish faoliyatini boshladi.
Manzili: 130100, Jizzax viloyat, Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, X.Nosirov ko‘chasi 5-uy.
Aloqa ma’lumoti: Tel: +998(55) 151 05 01 +998(55) 151 05 02
Elektron manzili: jizzax@sudexmail.uz