Hozirgi kunda shaxs identifikatsiyasi va yaqin qarindoshlikni aniqlashga qaratilgan «Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi» sud ekspertiza turlari orasida jadal suratlar bilan rivojlanayotganlaridan biridir. Ushbu ekspertiza turli sabablarga ko‘ra tayinlanishi mumkin. Masalan tergov idoralaridan yashiringan jinoyatchi yoki o‘zi haqidagi ma’lumotni qasddan yashirayotgan gumonlanuvchini shaxsini aniqlash uchun aynan shu turdagi maxsus tekshiruvni o‘tkazish zarur bo‘ladi Shuningdek yaqin qarindoshlikni aniqlash, otalikni belgilash, meros belgilashda qarindoshlikni aniqlash holatlari bo‘yicha, tug‘ruqxonalarda chaqaloqning almashib qolishi, noma’lum jasadlarning identifikatsiyasi va gumon qilinayotgan shaxsning qarindoshlari orqali shaxsni aniqlash uchun odam DNK si sud biologik ekspertizasi tayinlanadi.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi predmeti: zamonaviy molekulyar genetik uslublarni qoʻllab odamning biologik obyektlarini tadqiqot qilish yoʻli bilan ish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni aniqlashdir.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi obyektlari: Oʻz tarkibida DNK molekulalarini saqlaydigan har qanday odam biologik materiallari, jumladan:
- Voqea joyidagi qon izlari;
- Qon va tana ajratmalarining qurib qolgan izlari;
- Ashyoviy dalildagi biologik izlar (qon, so‘lak, ter-yog‘ izlari);
- Qotillik qurollaridagi biologik izlar (qon, ter-yog‘ izlari);
- Soch tolalari ildiz qismi bilan;
- Tishlar;
- Suyak fragmentlari;
- Maniy xujayralari;
- Ajratmalar;
- Amniotik suyuqlik, abort qilingan material;
- Xorion to‘qimasi va boshqa o‘zida DNK molekulalarini tutuvchi biomateriallar bo‘yicha odam DNKsi sud-biologik tadqiqotlari o‘tkaziladi.
Odam DNKsi SBE laboratoriyasi quyidagi masalarni xal etadi:
- Identifikatsiya – biologik izni gumondagi shaxs solishtirma qon namunasi bilan solishtirish orqali uning shaxsini aniqlash, qon dogʻlari, soʻlak, soch, ter namunasi, tana boʻlaklari va boshqa biomateriallarni bir shaxsdan kelib chiqqanligini aniqlash, qon dogʻlari, soʻlak, soch, ter namunasi, tana boʻlaklari va h.larning gumondagi shaxsning qarindoshlari biomateriallari bilan solishtirib uning shaxsini aniqlash;
- Diagnostika – biomaterialning DNK tadqiqotlari uchun yaroqliligini aniqlash, bolaning biologik ota-onasini aniqlash, ota yoki ona avlod boʻyicha oʻzaro biologik qarindoshlikni aniqlash, etnik kelib chiqishni aniqlash;
- Klassifikatsiya – voqea joyidan topilgan biomateriallarning jins mansubligini aniqlash.
Odam DNKsi SBE laboratoriyasida amalga oshiriladigan tadqiqot jarayonlari:
- Biologik materiallardan DNK molekulalarini ajratish va tozalash uslubi
- Ajratib olingan DNKni miqdoriy va sifat tahlili uslubi
- DNK molekulalarini maxsus uchastkalarini sintez qilish va koʻpaytirish uslubi (amplifikatsiya
- DNK genotipini aniqlash va programmali solishtirma tahlil qilish uslubi
Odam DNKsi sud-biologik ekpertizasiga taqdim etiladigan xujjatlar
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini tayinlash haqida qaror (ajrim);
- Voqea joyini koʻzdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish va solishtirma naʼmunalarni olish bayonnomalarining nusxalari;
- Sud-tibbiyot ekspertizalari xulosalarining nusxalari;
- Ashyoviy dalillar va solishtirma naʼmunalar belgilangan tartibda oʻralgan, muhrlangan holda;
- Solishtirma namunalari olingan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi xujjatlari nusxalari (fuqarolik ishlarida),
- Ekspertiza xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik ishlarida);
Odam DNKsi sud-biologik ekpertizasiga quyidagi mazmunda savollar qoʻyilishi mumkin
1) G.A.Ivanov shimining 1-obyektidagi qon dogʻi (murdasidan olingan tamponning 1-obyektida aniqlangan maniy ) DNK ekspertizasi tadqiqotlari uchun yaroqlimi?
2) G.A.Ivanov shimining 1-obyektidagi qon dogʻi (murdasidan olingan tamponning 1-obyektida aniqlangan maniy ) genotipini aniqlash mumkinmi?
3) G.A. Ivanov shimining 1-obyektidagi qon dogʻi qanday jinsli shaxsdan kelib chiqqan?
4) G.A. Ivanov shimining 1-obyektidagi qon dogʻi bir shaxsdan yoki bir necha shaxslardan kelib chiqqanmi?
5) G.A.Ivanov shimining 1-obyektidagi qon dogʻi (murdasidan olingan tamponning 1-obyektida aniqlangan maniy ) G.A.Ivanovdan, T.A.Petrovdan yoki boshqa shaxsdan kelib chiqqanmi?
- Boʻlaklarga boʻlingan odam tanasi qismlari; kalla suyagi, tana qismi suyaklari DNK ekspertizasi tadqiqotlari uchun yaroqlimi?
- Boʻlaklarga boʻlingan odam tanasi qismlari; kalla suyagi, tana qismi suyaklari bir shaxsga tegishlimi yoki bir necha shaxsga?
- Boʻlaklarga boʻlingan odam tanasi qismlari; kalla suyagi, tana qismi suyaklari tegishli shaxs biologik fuqarolar G.A Ivanov va T.A.Ivanova biologik farzandimi?
9) Boʻlaklarga boʻlingan odam tanasi qismlari; kalla suyagi, tana qismi suyaklari tegishli shaxsning voyaga yetmagan G.A.Ivanov va T.A.Ivanovalarga nisbatan biologik otasi (onasi) ekanligi tasdiqlanadimi?
10) Boʻlaklarga boʻlingan odam tanasi qismlari; kalla suyagi, tana qismi suyaklari tegishli shaxs fuqaro G.A Ivanov bilan bir ota avlodi boʻyicha oʻzaro biologik qarindoshmi?
11) Fuqaro I.S.Ivanovaning 2012-yil 15-mayda tugʻilgan S.P.Ivanovga nisbatan biologik onaligi tasdiqlanadimi?
12) Fuqaro I.S.Ivanovning 2012-yil 15-mayda tugʻilgan S.P.Ivanovga nisbatan biologik otasiligi tasdiqlanadimi?
Odam DNKsi sud-biologik ekpertizasi natijasida beriladigan xulosalar
- genetik bir xillik, yaʼni taqdim etilgan ashyoviy dalillardagi biologik iz va solishtirma naʼmuna aynan bir odamdan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi qatʼiy xulosa,
- genetik xar xillik, yaʼni taqdim etilgan ashyoviy dalillardagi biologik izlar va solishtirma naʼmuna aynan bir odamga tegishli emasligini tasdiqlovchi qatʼiy xulosa,
- obyektlarning DNK ekspertizasi tadqiqotlari yaroqsizligi toʻgʻrisida qatʼiy xulosa,
- biologik ota-onalikni aniqlash boʻyicha qatʼiy xulosa
- aniklangan obyektning genetik belgilari qatʼiy xulosa berish uchun yetarli boʻlmagan hollarda ehtimol xulosa,
- obyektlarning jins mansubligi aniqlash, ularning identifikatsion belgilarini aniqlashning iloji boʻlmagan hollarda va faqat jins mansubligini aniqlanganda beriladi.
Anonim tadqiqotlar:
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 7-mh-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM” asosan laboratoriyada DNK taxlillari o‘tkazilmoqda.
Tadqiqot namunalari jahonda mashhur bo‘lgan chet el firmalari (ThermoFisherScientific, Eppendorf, Biobase, Meling, Metler Toledo va x.k.)dan keltirilgan o‘ta sezgir, zamonaviy asbob-uskunalar va moslamalarda olib boriladi.
Laboratoriya faoliyatida sud-tergov idora xodimlari uchun o‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy ishlar muhim o‘rinni egallaydi. Ekspert amaliyoti va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 10 dan ortiq uslubiy tavsiyalar va qo‘llanmalar nashr etilgan.