Ochilov Farrux Abdug‘aniyevich
Navoiy viloyat bo‘lim boshlig‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi 206-sonli qaroriga binoan Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Navoiy viloyat bo‘limi 2017 yil may oyida RSEMning Navoiy viloyat bo‘limi sifatida, Navoiy viloyati, Navoiy shahrida tashkil qilingan. Bo‘lim Navoiy viloyatining huquq-tartibod organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: muhandis va quruvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, bir nafar yetakchi ekspert hamda bir nafar ish yurituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ish yurituvchi homiladorlik va tug‘ish ta’tilida.
Faoliyati: Bugungi kunda bo‘limda sud avtotexnika ekspertizasining quyidagi turlari:
- matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti;
- transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar;
Sud qurilish-texnik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
- qurilish-texnikaviy tadqiqotlar;
- sud-yer ekspertizasi tadqiqotlari;
- yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish.
Manzil: Navoiy shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 21-uy.
Aloqa ma’lumotlari: 210100, telefon (faks) +99879 224 16 54,
Elektron manzil: navoiy@sudex.uz