TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA KIRISH IMTIHONI O‘TKAZILADI!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy kadrlar tayyorlash, sud-ekspertlik faoliyatining ilmiy-nazariy asoslarini rivojlantirish hamda sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish samaradorligini oshirish maqsadida 2027-yilning I choragi uchun tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayoni yakunlandi.
Shu munosabat bilan, 2026-yil 25-noyabr kuni soat 11:00 da Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutida “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun kirish imtihoni o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur imtihon talabgorlarning tanlangan ilmiy ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlari, ilmiy salohiyati, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan.
Imtihon davomida jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv faoliyatining huquqiy asoslari va sud ekspertizasi sohalariga oid bilimlar, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratiladi va talabgorlar suhbat va imtihondan o’tkaziladi.
Imtihon o‘tkaziladigan sana: 2026-yil 25-noyabr.
Boshlanish vaqti: soat 11:00.
Ixtisoslik: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi asosiy binosi, ikkinchi qavat, Kichik konferensiya zali.
Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat tilaymiz!