Sud lingvistika ekspertizasi – bu natijasi tegishli savollarni hal qilishda maxsus bilimlarni qo‘llash talab etiladigan ekspert xulosasi berilishi bilan yakunlanadigan, protsessual jihatdan tartibda solingan, og‘zaki va (yoki) yozma nutqning ekspertizaga oid lingvistik tadqiqotlardir.
Ob’ektlari: Yozma matnlar – davriy nashrlardagi ma’lumotlar, targ‘ibot va axborotli mazmundagi, ommaviy tarqatishga mo‘ljallangan bosma yoki qo‘lyozma mahsulotlar, ilmiy-ommabop yoki ijtimoiy-siyosiy mazmundagi kitoblar yoki qo‘llanmalar, qog‘ozli yoki foto- va video-tashuvchilarda qayd qilingan yozuv va boshqa matnlar.
Og‘zaki matnlar – miting va yig‘ilishlardagi chiqishlar (ma’ruza), intervyu yoki muzokaralar, xabarlar va audio-tashuvchilarda qayd qilingan boshqa matnlar.
Sud lingvistika ekspertizasi oldiga qo‘yiladigan savollar quyidagicha:
– taqdim etilgan matnda, muayyan millat, konfessiya yoki ijtimoiy guruhga tegishli (qaratilgan) nisbatan, boshqa ijtimoiy guruhlarga nisbatan salbiy baholash mavjud bo‘lgan so‘zlar, fikr va mulohazalar mavjudmi?
– matnda, alohida vakillarga emas, balki butun etnik guruhga qaratilgan keskin, salbiy baho yoki adovat yoki g‘ayirlikni ifodalovchi fikr va mulohazalar mavjudmi. Agar mavjud bo‘lsa, ular qanday shaklda bayon qilingan: tasdiqlash, fikr, hissiy (emotsional)-ta’sirchan (ekspressiv) baho, sub’ektiv baholovchi fikr va h.k.?
– muayyan millat, konfessiya yoki ijtimoiy guruhga tegishli (qaratilgan) nisbatan salbiy baholash mavjud bo‘lgan so‘zlar, fikr va mulohazalarning muallifi tahririyat bo‘lishi mumkinki yoki salbiy baho berilgan izohlar sitata, respondentlarning shaxsiy fikri, kommentator, korrespondent yoki rasmiy shaxslarning shaxsiy fikri ko‘rinishida berilganmi?
– matnda, birorta millat yoki ijtimoiy guruh fuqarosining, boshqa millatlarga qaraganda salbiyligini (zaifligi, pastligi, axloqsizligi va h.k.) targ‘ibot qiluvchi fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir millatga nisbatan dushmanlik yoki adovatli harakatlarni amalga oshirishga undovchi (chorlovchi, chaqiruvchi) fikrlar mavjudmi?
– matnda, birorta millat, etnik va ijtimoiy guruhga tegishli shaxslarga nisbatan kamsituvchi yoki xo‘rlovchi fikrlar mavjudmi?
– matnda, bir ijtimoiy guruh hisobiga boshqa ijtimoiy guruh foydasiga harakat qilishga undovchi shakldagi so‘z yoki fikrlar mavjudmi?
– matnda, o‘zbek tili nuqtai nazaridan, birorta etnik guruhning barcha a’zolariga o‘zbek madaniyati va urf-odatlarida salbiy baholangan qadimiy odatlar, e’tiqodlar, harakatlarga amal qilishga undovchi chaqiriqlarga ega fikrlar mavjudmi?
– matnda, bir millatni ustunligi va boshqa bir millatni zaifligi yoki salbiyligi haqida tasdiqlash shaklidagi fikrlar majudmi?
– matnda, alohida vakillarning qilmishlari uchun butun etnik guruhni javobgarlikka tortishni tasdiqlovchi fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir millat yoki ijtimoiy guruhni boshqa bir millat yoki ijtimoiy guruhga qarshi nizo, ixtilof yoki dushmanlik qilishga chaqiruvchi fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir millatning oldindan (ilgaridan, eskidan, avvaldan) dushmanligi haqida fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir millat yoki ijtimoiy guruhning manfaatlarini boshqa bir millat yoki ijtimoiy guruhga nisbatan mos emasligi, ularning sinfiy qarama-qarshiligi haqidagi fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir ijtimoiy, etnik yoki konfessional guruhning ilgari (o‘tgan zamondagi), hozirgi kundagi va kelajakdagi kulfatlari (g‘am-tashvishlari, yomon kunlari va h.k.) boshqa bir millat, elat, etnik yoki konfessional guruhning mavjudligi hamda maqsadli faoliyati (harakatlari) bilan izohlangan fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir millatning nizoli yoki dushmanlik kayfiyatidagi maqsadi, intilishi va harakatlari haqidagi fikrlar mavjudmi?
– matnda, genotsid, muayyan bir ijtimoiy, etnik yoki konfessional guruhni deportatsiya yoki repressiya qilishni oqlovchi (maqtovchi), ijobiy baholovchi fikrlar mavjudmi?
– matnda, muayyan bir ijtimoiy, etnik yoki konfessional guruh fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklashga chaqiruvchi yoki talab qiluvchi fikrlar mavjudmi?
– milliy, konfessional yoki boshqa ijtimoiy belgilariga ko‘ra birlashgan fuqarolar yoki guruhlarga turli imtiyozlar berilishiga chaqiruvchi fikrlar mavjudmi?
Ushbu savollar ro‘yxati tugallanmagan va ochiq hisoblanadi, bu ro‘yxat sud ekspertiza amaliyotining rivojlanishiga bog‘liq holda yanada kengayishi va takomillashishi mumkin.