Namangan viloyat bo‘limi

 

 

Djalilov Akbarjon Abduxoliqovich

Namangan viloyat bo‘lim mudiri

 

 

Tarixi: Markazning Namangan viloyat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 13 apreldagi №206-sonli “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bulim sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: quruvchi, avtotexnik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan bo‘lim mudiri va bir nafar ekspert va bir nafar ish yurituvchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Faoliyati: Bo‘limda sud qurilish-texnik va yershunoslik, avtotexnik ekspertizalarning quyidagi turlari:

Sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:

  • matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti,
  • transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar,

sud transport trassologiya ekspertizasining quyidagi turi:

  • ikki transport vositasining to‘qnashuvidagi izlarining tadqiqotlari,

Sud qurilish-texnik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:  

  • qurilish ob’yektlarini tadqiqot qilish,

Sud yer ekspertizasining quyidagi tadqiqot turi:                        

  • yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish;
  • yer ob’yektlarini tadqiqot qilish ekspertizasi,

Pullik ekspertiza narhi: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024 yil 23-avgust kungi 277-um sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun to‘lov miqdorlari belgilangan bo‘lib unga ko‘ra ekspertiza turlari bo‘yicha quyidagi narxlar belgilangan:

Tadqiqot namunalari jahonda mashhur bo‘lgan chet el firmalari (“ETARI” Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan “Transport vositalarini qayta bo‘yoqlanganligini aniqlash qurilmasi va “BOSCH” Germaniyadan keltirilgan uzoqlikni o‘lchovchi lazer qurilmasi asbob-uskunalarda olib boriladi.

Manzil: Namangan shahar, Ibrat ko‘chasi 6-uy.

Aloqa ma’lumotlari: Pochta indeksi 160136, ish telefoni +99869 227 07 55, faks: +99869 227 07 55, elektron pochta manzili namangan@sudex.uz.

Skip to content