Medetbaeva Aksungul Sharapatdin qizi va Mansurov Oybek Olim o‘g‘lining yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminar to‘g‘risida.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti – Medetbaeva Aksungul Sharapatdin qizining «12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi» ixtisosligi bo’yicha yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Kompyuter-texnik ekspertizasining huquqiy va tashkiliy jihatlari» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi huzuridagi DSc.07/2026.10.07.Yu.03.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 11-noyabr kuni soat 15:00 dagi majlisida, shuningdek, Mansurov Oybek Olim o‘g‘lining «12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi» ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ekspertiza tayinlashning protsessual va kriminalistik jihatlari» mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi esa mazkur Ilmiy kengashning 2026-yil 11-noyabr soat 16:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 46-uy.
Tel.: (99871) 209-11-55 (Ichki 201-202-203)