Umidillaev Qahramon Xasanovich.
Laboratoriya mudiri
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 260
Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi rivojlanish tarixi.
Sud avtotexnik ekspertizasi laboratoriyasi Markaz tarkibida 1961 yil 1 fevralda tashkil topgan. O‘sha paytlarda kadrlar masalasi bilan muammolar bo‘lganligi sababli, dastlab laboratoriyada 3 ta xodim bilan ish boshlangan. Bunda 1-ta oliy ma’lumotli va 2-ta o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar faoliyat ko‘rsatishgan. Dastlabki yillarda bo‘linmada taxminan yiliga 200-220 ga yaqin ekspertiza bajarilgan. 1975 yillarga kelib ushbu son 1080 taga oshgan. Xozirgi kunda (2024 yil) kelib esa ushbu qiymat 4500 tadan oshib ketgan. Laboratoriya tomonidan har yili o‘rtacha 4000 dan ortiq ekspertizalar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, 2022 yilda jami 4524 ta, 2023 yilda jami 4139 ta, 2024 yilning 9 oyi davomida jami 4327 ta ekspertizalar bajarilgan.
Hozirgi vaqtda esa Markaz bo‘limining o‘zida, Toshkentda 10 ta xodim ishlaydi va ularning barchasi oliy texnika ma’lumotiga ega. Shuningdek, Respublikaning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Sud avtotexnika ekspertizalari laboratoriyasida 5 turdagi :
- a) “13.1.YTX mexanizmini matematik xisoblar bilan tadqiqot qilish”,,
- b) “13.2. Transport vositalari va ularga tegishli qism va agregatlarini texnik xolatini tadqiqot qilish”,,
- v) “13.3 Transport vositalarini va ularning qismlarini baholash”,
- g) “14.1. Sud transport izshunoslik”,
- d) “30.1. Sud avtomobillar yo‘llari” turlaridagi ekspertizalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, transport vositalari oynalari tusini o‘zgartirilganlik, transport vositasining bsib o‘tgan masofasini aniqlash, transport vositasining bo‘yalganligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar ham yo‘lga qo‘yilgan.
Markazda o‘tkazilgan ekspertizalarning yo‘l transport xodisalari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish turi bo‘yicha asosiy qismi yuqori malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy elektoron dasturlar yordamida bajariladi. Laboratoriya xodimlari tomonidan mavjud uslublarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Transport vositalari, ularning qismlarining texnik xolatini tadqiqot qilish va transport trasologiya ekspertizalari transport vositalarini ko‘zdan kechirish, aloxida transport vositalarini qismlari va voqea kuni tuzilgan birlamchi xujjatlar orqali bajariladi. Transportni baholash bo‘yicha ekspertizalar transport vositasini ko‘zdan kechirish va transport vositasini texnik xolatini bo‘yicha taqdim etilgan xujjatlar asosida bajariladi. Avtomobil yo‘llari ekspertizasi yo‘lning me’yoriy xujjatlari asosida bajariladi.
Ekspertizalarni bajarishda zamonaviy dasturlar, raqamli fottoapparatlar va mikroskoplardan foydalaniladi. Shuningdek dunyo tajribalari va ma’umotlari bilan solishtirish uchun “Internert”dan keng qo‘llaniladi.
Kadrlar tayyorlashga laboratoriya rivojiga katta xissa qo‘shgan faxriylardan Arabuli Yu.G., V.A. Laykov, R.Umarov, B.K. Ernafasov va R.T.Samadovlarlar. Xozirgi kunda qadar laboratoriya xodimlari tomonidan ekspertlar va sud-tergov organlari uchun qo‘llanmalar tayorlangan.
Markazning sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasida yangi turdagi “Sud avtomobillar yo‘llari ekspertizasi” joriy etildi va shu yo‘nalishda sud ekspertlar uchun yangi uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.
Xozirgi kunda laboratoriya uchun sotib olingan dasturlardan foydalanib quyidagi qo‘shimcha tadqiqotlarni bajarish yo‘lga qo‘yildi:
-DTP Expert dasturi bo‘yicha avtomobil tezligi aniqlash;
-PC crash dasturidan foydalangan to‘qnashuv joylari yo‘nalishlarini aniqlash;
-baxolash tadqiqotlar bo‘yicha “AvtoEkspertiza” dasturi bo‘yicha chet davlatda ishlab chikarilgan avtomobillarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash;
– TONIK- transport vositalari oynalari tusini o‘zgartirilganligini aniqlash,
– avtomobil bo‘yalganligini aniqlash;
– transport vositalarning haqiqiy bosib o‘tgan masofalarini aniqlash
SUD AVTOTEXNIKA EKSPERTIZA LABORATORIYАSI FAHRIYLARI
Yuriy Georgovich Arabuli 1932 yilda tug‘ilgan. U 1960 yildan 1990 yilgacha sud avtotexnika laboratoriyasida (SATEL) laboratoriyada faoliyat ko‘rsatgan. O‘z faoliyati davomida 1973 yildan 1990 yilgacha SATEL mudiri lavozimida ishlagan va shu davrlar ichida ekspertlar va sud-tergov organlari uchun qo‘llanmalar tayyorlangan.
Vasiliy Alekseevich Laykov 1911 yilda tug‘ilgan. U 1961 yildan 1984 yilgacha sud avtotexnika laboratoriyasida (SATEL) faoliyat ko‘rsatgan. O‘z faoliyati davomida ekspertlar va sud-tergov organlari uchun qo‘llanmalar tayyorlangan.
Raximxodja Nasirxodjaevich Umarov 1936 yilda tug‘ilgan. U 1962 yildan 2005 yilgacha sud avtotexnika laboratoriyasida (SATEL) faoliyat ko‘rsatgan. O‘z faoliyati davomida ekspertlar va sud-tergov organlari uchun qo‘llanmalar tayyorlangan.
Baxtier Karlenovich Ernafasov 1952 yilda tug‘ilgan. U 1973 yildan 2012 yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan. B.K. Ernafasov 1990 yildan 2012 yillar oralig‘ida SATEL mudiri lavozimida ishlagan.
Samadov Rustam Tursunovich 1960 yilda tug‘ilgan. U 1994 yildan 2019 yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan. R.T.Samadov 2012 yildan 2019 yillar oralig‘ida SATEL mudiri lavozimida ishlagan.