Xalilova Nilufar Shuxratillaevna
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika
sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Kriminalistik, sud-lingvistik
va filologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, farmasevtika fanlari nomzodi,
3-darajali adliya maslahatchisi
e-mail: halilova79@inbox.ru
tel.: 71 2091155 (ichki 202)
Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi farmatsevt. 2002-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. 2011 yilda Toshkent farmatsevtika institutida “Fenazepamning yangi tahlil usullarini ishlab chiqish va ularni kimyo -toksikologik tekshiruvida qo‘llash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
2002-yildan “Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi” laboratoriyasida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va prekursorlarni tadqiqot qilish”, “Tabiati noaniq moddalarni tekshirish”, “O‘simlik ob’ektlarini tekshirish”, Hayvonot ob’ektlarini tekshirish”, Boshqa biologik ob’ektlar (qush va baliqlar)ni tekshirish”, “Maxsus kukunlar va maxsus qalamlarni tekshirish” hamda “Lok bo‘yoq materiallari va qoplamalarini tadqiqot qilish” kabi mutaxassiliklari bo‘yicha ekspertiza tadqiqotlarini olib boradi.
Xalilova Nilufar Shuxratillaevnaning o‘z mehnat faoliyati davomida ekspertiza sohasini rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq ilmiy ishlar natijasi bo‘lgan uslubiy tavsiya, uslubiy va o‘quv qo‘llanma hamda 50 dan ortiq ilmiy maqolalari nufuzli xalqaro va respublika nashriyotlarida chop etilgan.
Shuningde, 2017-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent farmasevtika instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarlar tarkibi a’zosi.
Maxkamov Murodjon Zaxidovich
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti
Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari
ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i.
3-darajali adliya maslahatchisi
e-mail: makhkamovm@gmail.com
tel.: 71 2091155 (ichki 138)
Maxkamov Murodjon sud-avtotexnika ekspertizasi yo‘nalishidagi ilmiy maktab yaratilishiga o’zini munosib hissasini qo’shgan. M.Z.Maxkamov ekspertlik faoliyatini 2001 yildan boshlab, ushbu davrda 10-tadan ortiq yosh ekspertlarni tayyorgarligida rahbarlik qilib, kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Maxkamov M.Z. Respublika sud ekspertiza markazida 2001 yilning sentabr oyidan ishlab kelmoqda, 2001-2002 yillarda shu laboratoriyaning laboranti, 2002-2004 yillarda laboratoriya kichik ilmiy xodimi lavozimida, 2004-2011 yillarda laboratoriya ilmiy xodimi, 2011-2019 yillarda laboratoriyaning katta ilmiy xodimi, yetakchi eksperti, 2019-2022 yillarda laboratoriyaning bosh eksperti lavozimda, 2022 may oyidan boshlab Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik yekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmokda.
Maxkamov M.Z. sud avtotexnika ekspertizasi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib, yo‘l transport xodisalari bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha: matematik (13.1), transport vositalari texnik xolati (13.2), transport trasologiya (14.1), transport baxolash (13.3) va sud-avtomobillar yo‘llar ekspertizasi (30.1) ekspertlik mutaxassisliklar bo’yicha ekspertiza tadqiqotlarini bajarib kelmoqda.
M.Z.Maxkamov faoliyat davrida ekspertlar uchun 15-dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashib kelib, uning boshchiligida ekspertlar uchun bir qator yangi metodik tavsiyalar yaratildi, jumladan 2005 yildan 2022 yilgacha “UzAvto” (GM Uzbekistan, UzDaewoo Auto) korhonasida ishlab chiqarilgan TIСO, MATIZ, NEXIA, DAMAS, SPARK, COBALT, LACETTI, NEXIA-3 yengil avtomobillarni va Samarqandda ishlab chiqarilayotgan ISUZU avtobuslarini sekinlashish miqdorini aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlar olib borgan va ekspertlar uchun metodik qo‘llanma ishlab chiqargan. 2016-2018 yillarda laboratoriyada ishlatiladigan barcha metodik qo‘llanmalar uning muallifligida yangilandi, jumladan “YTH mexanizmini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish ekspertizasi bo‘yicha metodik qo‘llanma (sud avtotexnika ekspertlari uchun qo‘llanma), Toshkent, 2018 y.; “Методическое пособие для экспертов по транспортно-трасологической экспертизе, Toshkent, 2018 y.”, “Исследование технического состояния транспортных средств, агрегатов и его деталей (Методическое пособие для экспертов), Toshkent, 2018 y.”, nomli ekspertlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan, 2022 yilda “Avtomototransport vositalarini, unga tegishli ehtiyot qismlar qiymatini va avtomototransport vositalarga yetkazilgan moddiy zarar va tiklanish xarajatlari miqdorini aniqlash (Sud ekspertlari uchun uslubiy qo‘llanma)” qayta ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, M.Z.Maxkamov tomonidan 2021-2022 yillar davomida ekspertlar uchun “Transport vositalarining ishlab chiqarilgan yilini va turini aniqlash bo‘yicha”, “Sud-avtotexnika ekspertizalarini bajarish jarayonida transport vositalarning oynalarini “TONIK” uskunasi yordamida yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash” hamda sud-avtotexnika va sud-transport baholash ekspertizalarini bajarish jarayonida «LAUNCH X-431 PAD V» universal avtomobil skanerlardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
M.Z.Maxkamov Bundeskriminalamt (Germaniyaning kriminal politsiyasi) qoshida o‘tkazilgan stipendial dasturda g‘olib etib, 2016-2017 yillarda hamda 2021 yilda Germaniya Federativ Respublikasida o‘z malakasini oshirib kelgan. Malaka oshirish jarayonida bir qator malaka oshirish diplomlari, nemis va ingliz tillarini o‘zlashtirib kelgan, natijada sud-ballistika va izshunoslik ekspertlari bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari agregatlari va qismlaridagi markirovka belgilarining yozish usullari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi” mavzusidagi ilmiy ishda qatnashib, bir qator ekspertlik uslubiyotlar yaratilishida o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.
M.Z.Maxkamov 2019 yilda Belarus Respublikasi sud ekspertizasi davlat qo‘mitasining Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash institutida qisqa va o‘rta muddatli sertifikatlangan kasbga o‘qitish kurslarida malakasini oshirib kelib, natijada Markazda “Sud avtomobil yo‘llari ekspertizasi” turi bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilindi va Respublika hududida ilgari o‘tkazilmagan yo‘l-transport hodisasini aks etgan videotasvirlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar joriy etildi.
M.Z.Maxkamovning sud-avtotexnika ekspertizasi yo‘nalishida dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 10dan ortiq ilmiy maqolalari nufuzli respublika nashriyotlarida chop etilgan.
Saitova Niyyora Sobirjonovna
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i.
3-darajali adliya maslahatchisi
e-mail: nika-s.ru@mail.ru
tel.: 71 209-11-55 (ichki 143)
Maʼlumoti oliy, 1-mutaxassisligi odam va hayvonlar fiziologiyasi. 2012-yilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.
2-mutaxassisligi huquqshunos. 2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Rossiya Xalqlar Hamdo‘stligi Universitetininig magistratura bosqichini tamomlagan.
Saitova N.S. Respublika sud ekspertiza markazida 2012-yilning dekabr oyidan ishlab kelmoqda, 2012-2013 yillarda Markazning “Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi” laboratoruyasi ish o‘rganuvchisi, 2013-2019-yillarda laboratoriya ekspert lavozimida, 2019-yil yanvar oydan may oyiga qadar laboratoriya katta eksperti, 2019-2021 yillarda laboratoriyaning yetakchi eksperti, 2021-2022 yillarda laboratoriyaning bosh eksperti lavozimda, 2022-yil may oyidan boshlab Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmokda.
Saitova N.S. faoliyat davrida bir qancha ilmiy-tadqiqot loyihalarida qatnashib kelib, ekspertlik faoliyati uchun yangi tadqiqot usullari yaratilishiga ko‘mak bergan. Jumladan: 2015-2017-yillarda A-6-001“Identifikatsiya va diagnostika masalarini hal etishga qaratilgan koʻp tarmoqli avtomashtirilgan elektron dasturiy taʼminot yaratish”, 2018-2020-yillarda PZ-20170929537 “Globalfier™ Plus PCR Amplification Kit” enzimatik amplifikatsiya to‘plami yordamida ma’lumotlarning ehtimollik-statistik tahlilini o‘tkazish uchun O‘zbekiston populyatsiyasining DNK polimorfizmini o‘rganish va tayanch parametrlarni yaratish”.
Saitova Niyyora Sobirjonovnaning o‘z mehnat faoliyati davomida ekspertiza sohasini rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq ilmiy ishlar natijasi bo‘lgan uslubiy tavsiya, uslubiy va o‘quv qo‘llanma, yo‘riqnoma hamda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari nufuzli xalqaro va respublika nashriyotlarida chop etilgan.