Sud iqtisodiy ekspertizalar bo‘limi

 

 

Urozmatov Shavkat Mannonovich

Bo‘lim mudiri

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 280

O‘zbekiston SSR 1963-yil 14-avgustda 461-sonli Vazirlar Kengashining qaroriga muvofiq, tarkibida o‘n uch ekspert-hisobchi bo‘lgan O‘zSSR Moliya Vazirligi Qoshidagi Davlat buxgalteriya ekspertiza byurosi Toshkent sud-ekspertiza ilmiy-tadqiqot instituti boshqarmasiga topshirildi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, ularni boshqaradigan qonunlar ham tubdan o‘zgarganligi sababli Sud buxgalteriya ekspertizasi bo‘limi asosida Sud iqtisodiy ekspertizasi bo‘limi 1994 yilda tashkil etildi.

1990 yildan to hozirgi kungacha SIE bo‘limida Markazning Samarqand (1990y), Qoraqalpog‘iston (1995y.), Sirdaryo (1999y.), Qashqadaryo (2000y.), Xorazm (2002y.), Farg‘ona (2002y.), Andijon (2004y.), Jizzax (2016y.), Buxoro (2017y.), Navoiy (2017y.) Surxondaryo (2024y.) viloyatlar bo‘limlarida sud-iqtisodiy ekspertizalar o‘tkazilishi tashkil etildi.

Sud iqtisodiy ekspertizasi bo‘limida 9 nafar iqtisodchi, moliyachi va buxgalteriya sohasida mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, bir nafar bosh ekspert, bir nafar yetakchi ekspert, uch nafar katta ekspert va uch nafar ekspertlar faoliyat ko‘rsatadi.

Sud iqtisodiy ekspertizalar bo‘limida quyidagi ekspertiza turlari bajariladi:

– Sud-buxgalteriya ekspertizasi;

– Sud-moliya-kredit ekspertizasi;

– Sud mehnat iqtisodi ekspertizasi;

– Sud-soliq ekspertizasi;

– Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi;

– Sud rejali iqtisodiy ekspertizasi;

– Sud statistik ekspertizasi;

Bundan tashqari, bugungi kunda Bank va tadbirkorlik sohasida boy berilgan foydani aniqlash yuzasidan tadqiqotlar ham o‘tkazilmoqda

Skip to content