Sud iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi

 

Maxkamov Murodjon Zaxidovich

Bo‘lim boshlig‘i

3-darajali adliya maslahatchisi

Telefon:                 +99871-209-11-55

Ichki:                     138

Elektron pochta: makhkamovm@gmail.com

 

 

M.Z. Maxkamov X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida 2001 yilning sentyabr oyidan ishlab kelmoqda, bunda 2001-2002 yillarda Markazning sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoryasi laboranti, 2002-2004 yillarda laboratoriya kichik ilmiy xodimi lavozimida, 2004-2011 yillarda laboratoriyaning ilmiy xodimi, 2011-2019 yillarda laboratoriyaning katta ilmiy xodimi, yetakchi eksperti, 2019-2022 yillarda ushbu laboratoriyaning  bosh eksperti, 2022 yil 20 maydan buyon  Markazning Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud-iqtisodiy, tovarshunoslik, baholash va muhandislik-texnik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimda ishlab kelmokda.

Bo‘lim amalga oshiradigan vazifalar:

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish;

sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bo‘lim boshig‘ining asosiy vazifalar:

Institutning mavzu rejasida bo‘lim uchun nazarda tutilgan ilmiy-tadqiqot, davlat ilmiy-texnikaviy, amaliy, innovatsion ishlarni amalga oshirishni tashkil qilish va ularni tegishli bilim yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirish istiqbollarini belgilash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uslublari va vositalarini tanlash, ilmiy-texnik vazifalarni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqish, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish.

Iqtisodiyotning tegishli tarmog‘ini, fan va texnikani rivojlantirish bo‘yicha texnik shartlar, uslubiy va ish dasturlari, texnik-iqtisodiy asoslar, prognozlar va takliflar, boshqa rejalashtirish hujjatlari va uslubiy materiallarni ishlab chiqishga rahbarlik qilish.

Rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini mavjud ekspertiza muassasalarining malakali mutaxassislari bilan birgalikda bajaruvchilarni belgilish va ilmiy ishlarga jalb qilish maqsadida takliflarni Institut direktoriga kiritish.

Bo‘limning tematik rejasida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha ilmiy rahbarlik qiladi, ularning yakuniy maqsadlari va kutilayotgan natijalarini shakllantiradi hamda eng muhim ishlarni tashkil etish va nazorat qilishda bevosita ishtirok etish.

Bo‘lim tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha ilmiy hisobotlarni tasdiqlash va Markaz ilmiy kengashiga taqdim etish.

Bo‘lim ishining samaradorligini oshirishni, xodimlarni oqilona taqsimlashni ta’minlash.

Ishlarning xavfsiz olib borilishini, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va bo‘limda xavfsizlik qoidalariga javob beradigan mas’ul xodimni tayinlash.

Kadrlarni tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholashda, malaka oshirishda ishtirok etish, bo‘lim faoliyatining umumiy natijalariga shaxsiy hissasini hisobga olgan holda xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Institut Ilmiy kengashi uchun materiallar tayyorlash va majlislarida qatnashish.

Skip to content