O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining tarkibiy bo‘limlari va laboratoriyalari xaqidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
- O‘zbeksiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) quyidagi tarkibiy bo‘limlar va laboratoriyalar (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) mavjud:
hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi;
sud-ballistika va trosologiya ekspertizasi laboratoriyasi;
sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi;
materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi;
sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi;
sud-qurilish-texnik ekspertizasi bo‘limi;
sud-iqtisodiy ekspertizasi bo‘limi;
odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi.
- Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligi hay’atining qarorlari, Adliya vazirining buyruqlari, farmoyishlari, Markaz to‘g‘risidagi nizom, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
- Markazning bo‘limlarida sud ekspertizasining quyidagi turlari o‘tkaziladi:
sud-xatshunoslik ekspertizasi; hujjatlar texnik-kriminalistik ekspertizasi; sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi; sud-filologik ekspertiza; trasologiya ekspertizasi, qayta urilgan markirovka belgilarini tiklash; sud-ballistika ekspertizasi, portlovchi moddalar ekspertizasi; materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi, shu jumladan, tolali materiallar va ulardan tayorlangan buyumlar ekspertizasi, lak-bo‘yoq materiallari va qoplamalari ekspertizasi, neft maxsulotlari va yonilg‘i-moylash materiallari ekspertizasi, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizasi, dori-darmon moddalari ekspertizasi, tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi, metallar, quyilmalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, shisha va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, plastmassa, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, yopishqoq moddalar (kley) ekspertizasi, maxsus kukunlar va maxsus markerlar eksperizasi, boshqa ob’ektlar, shu jumladan, tabiati noma’lum bo‘lgan ob’ektlarning kriminalistik ekspertizasi, sud-tuproqshunoslik ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi, sud-biologik ekspertizasi; odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi; sud-ekologik ekspertiza; sud-avtotexnika ekspertizasi, transport-trasologiya ekspertizasi, transport vositalari va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yong‘in-texnik ekspertizasi; sud-iqtisodiy ekspertizasi; tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; sud-tovarshunoslik ekspertizasi; sud qurilish-texnik ekspertizasi, sud yer ekspertizasi, yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; sud videofonografiya ekspertizasi, raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish.
Bo‘limlarda ularning ixtisosi bo‘yicha boshqa turdagi sud ekspertizalari o‘tkazilishi mumkin.
II. Bo‘limning majburiyatlari va vazifalari
4. Bo‘limlarning asosiy majburiyatlari quyidagilar:
fuqarolik, xo‘jalik, ma’muriy va jinoyat ishlari, tergovoldi tekshiruv hujjatlari bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga asosan, ekspertlik mutaxassisligiga muvofiq tadqiqotlarni o‘tkazish;
sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
ekspert amaliyotiga yangi usul va uslublarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini sinovdan o‘tkazish;
bo‘limlarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan texnik jixozlash haqidagi takliflarni o‘rganib chiqish va ularni to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
ilmiy-tadqiqot ishlari, axborotlashtirish va noshirlik ishlarida ishtirok etish;
sud ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash va sud ekspertlarini malakasini oshirishda ishtirok etish;
sud-tergov idoralari xodimlari bilan uslubiy ishlarni olib borish;
jinoyat va huquqbuzurlik sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart sharoitlarni aniqlashga qaratilgan profilaktik ishlarni olib borish;
aholi o‘rtasida xuquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish;
Markazning quyidagi bo‘limlari:
odam DNKsi sud bioligik ekspertizasi laboratoriyasi;
materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari chetdan harid qilinadigan reagentlarningsarf-harajatlari bo‘yicha har oy belgilangan tartibda Markazning buxgalteriya hisobi va nazorat bo‘limiga hisobot taqdim etadi.
- Yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda bo‘limlar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
birlamchi, qo‘shimcha, qayta, kompleks va komission ekspertizalarni o‘tkazadi;
ekspertlik mutaxassisliklari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshiradi;
sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni bajaradi va natijalarini amaliyotda sinab ko‘radi;
zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan ekspertiza tadqiqoti uslublari va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etadi;
bo‘limning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish borasida tavsiyalar tayyorlaydi va undan samarali foydalanishni nazorat qiladi;
ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa nashrlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
ekspert kadrlarni tayyorlaydi va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi, bunda:
– xodimlarning tayyorgarlik rejalarini muhokama etadi, shaxsiy rejalarni bajarilishi haqidagi hisobotlarni tinglaydi vailmiy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
– o‘z xodimlari va boshqa muassasa mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etadi;
– ekspertiza xulosalari yuzasidan taqrizlar o‘tkazadi;
– ilmiy-amaliy seminarlar, sud ekspertizasining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy tadbirlarni o‘tkazadi;
– sud-tergov xodimlari o‘rtasida sud ekspertizalarning imkoniyatlari, ularni tayinlash qoidalari va xulosalarga baho berish bo‘yicha uslubiy ishlarni amalga oshiradi;
– maxsus bilimlar doirasida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularni sodir etish sababalarini va ularga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish uslublarini ishlab chiqadi;
– aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib boradi.
III. Bo‘lim xuquqlari va javobgarligi
- Bo‘lim yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda quyidagi xuquqlarga ega:
Markaz rahbariyatiga bo‘limning ekspertlik faoliyatini takomillashtirish va yangi turdagi tadqiqotlarni tashkil etish borasida takliflar kiritish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun muammolar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun grantlar ajratilishida tashkil etiladigan tanlovlarda ishtirok etish;
bo‘limni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jixozlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
bo‘lim xodimlarining ish sharoitini yaxshilash haqidagi takliflarni kiritish;
bo‘lim faoliyatiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
bo‘lim amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Bo‘limga yuklatilgan majburiyatlar va vazifalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
IV. Bo‘limning ish faoliyatini tashkil etish
8. Bo‘limni Markaz direktori tomonidan tayinlanadigan va u tomonidan ozod etiladigan mudir boshqaradi. Mudir o‘z faoliyatida Markaz direktori va uning o‘rinbosarlariga bo‘ysunadi va ular oldida hisobot beradi.
9. Bo‘lim mudiri:
bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning ishini tashkil etadi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
bo‘limga yuklatilgan majburiyatlar va vazifalarni bajarilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
bo‘lim xodimlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, har bir xodimning funksional vazifalarini hamda alohida topshiriqlarni bajarilishi uchun javobgarlik doirasini belgilaydi;
bo‘limga tayinlangan ekspertizalarning o‘tkazilishini tashkil etadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma” talablariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi;
ekspertlik mutaxassisligiga muvofiq sud ekspertizalarni o‘tkazishda ishtirok etadi;
bo‘limning istiqbolli ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tasdiqlash uchun taqdim etadi, rejadagi topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi;
bo‘limning ilmiy-amaliy yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil etadi va ularni boshqarib boradi;
bo‘limning ish faoliyati yuzasidan Markazning Ilmiy kengash va Direktorat majlislarida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflar kiritadi;
bo‘lim ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritadi, bo‘lim faoliyatining muhim masalalari bo‘yicha Markaz direktoriga va uning o‘rinbosarlariga muntazam ravishda axborot berib turadi;
bo‘limning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi va bevosita tadqiqotlarda ishtirok etadi;
Markazning attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan o‘tuvchi xodimlarning egallab turgan lavozimiga loyiqligi haqidagi xulosalarni taqdim etadi;
bo‘lim xodimlarining davlat sud eksperti ixtisosligini berish bo‘yicha belgilangan tartibda hujjatlarni tayyorlaydi;
xodimlarning ilmiy va ekspertlik faoliyatidagi yutuqlari uchun ularni taqdirlash haqidagi takliflarni kiritadi, shuningdek, mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash xaqidagi hujjatlarni tayyorlaydi.
V. Bo‘lim mulki
10. Bo‘lim mulki asbob-uskunalar, mebel jixozlari va boshqaturdagi moddiy boyliklardan iborat.
11. Bo‘limda mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar, mebel jixozlari va boshqa turdagi moddiy boyliklarga bo‘lim mudiri moddiy javobgar hisoblanadi.
12. Bo‘lim xodimlari bo‘limdagi mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar, mebel jixozlari va boshqa turdagi moddiy boyliklarniasrab-avaylashlari, ularni buzilishiga yoki yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
VI. Bo‘limni tashkil etish va tugatish
13. Bo‘lim qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi va tugatiladi.