
Elibayev Anvar Axmatovich
Sirdayo viloyat bo‘lim mudiri
Tarixi: Markazning Sirdaryo viloyat boʻlimi 1977 yil iyul oyida RSEMning Sirdaryo viloyatlararo boʻlinmasi sifatida, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tashkil qilingan. Boʻlinma Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining huquq-tartibod organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat koʻrsatib kelgan. Dastlab boʻlimda “Yoʻl transport hodisalari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish” ekspertizasi yoʻlga qoʻyilgan. Soʻngra, qisqa vaqt ichida “Transport vositalari, ularning ayrim qismlarining texnik holatini tadqiqot qilish” va “Transport-izshunoslik” ekspertizalarini bajarish tashkil qilingan. 1999-yildan boshlab “Sudga oid iqtisodiy”, 2001-yildan boshlab “Sud qurilish-texnik”, 2003-yildan boshlab “Sudga oid yer” va 2006-yildan boshlab esa “Sudga oid tovarshunoslik” ekspertizalarini bajarish yoʻlga qoʻyilgan.
2017-yilda Jizzax viloyat boʻlimi tashkil etilganidan soʻng, boʻlinma RSEM Sirdaryo viloyat boʻlimiga aylantirilgan. Xozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: muhandis, iqtisodchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri, bir nafar yetakchi ekspertlar, bir nafar katta ekspert, ikki nafar ekspert hamda bir nafar kotiba-ish yurituvchi faoliyat ko‘rsatadi.
Faoliyati: Bugungi kunda bo‘limda sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:
- matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti;
- transport vositalarini texnik holatini aniqlash bo‘yicha bajariladigan tadqiqotlar;
- transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar;
- ikki transport vositasining to‘qnashuvidagi izlarining tadqiqotlari.
Sud qurilish-texnikaviy ekspertizasining quyidagi tadqiqot turi:
- qurilish obyektlarini tadqiq qilish
- yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqini tadqiqot qilish
- yer obyektlarini tadqiq qilish
Sud buxgalteriya ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
- sud-buxgalteriya ekspertizasi;
- sud-moliya-kredit ekspertizasi;
- sud-mehnat-iqtisodiy ekspertizasi;
- sud rejali iqtisodiy ekspertizasi;
- sud-iqtisodiy-statistika ekspertizasi;
- tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy tadqiqotlari;
- sud-soliq tadqiqotlari;
- bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqotlari;
- tadbirkorlik sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqotlari;
- intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi
Sud tovarshunoslik ekspertizasining quyidagi tadqiqot turlari:
- sanoat mahsulotlarini narhini tadqiq qilish
- audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunoslik tadqiqotlari
- oziq-ovqat mahsulotlari narxini aniqlash bo‘ycha tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Manzil: 120100, Sirdaryo viloyati Guliston shahri, 4-mavze, 27-uy 10-xonadon.
Aloqa ma’lumoti: tel: (71)209-01-83. Elektron pochta manzili: sirdaryo@sudexmail.uz