Menejment tizimi sohasidagi siyosat

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertizasi markazi
MENEJMENT TIZIMI SOHASIDAGI SIYOSAT

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) – Respublikadagi sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqotlar, ilmiy va uslubiy ishlab chiqishlar bo‘yicha yetakchi tashkilotlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Markazdagi ilmiy-uslubiy baza va tadqiqotlarning olib borilishi xalqaro standartlar darajasida amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotlarni yuqori darajada o‘tkazish va tashkillashtirish, ishonchli, xolisona natijalarni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining muddati va sifati bilan buyurtmachilarni rozi qilish hamda mustahkam ishonch uyg‘otish Markaz siyosatining asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.

Markaz faoliyatining strategik maqsadi o‘tkazilayotgan tadqiqot natijalarini xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashdir.

Qonuniylik, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, sud ekspertining mustaqilligi, sud-ekspert tadqiqotlarining har tomonlama to‘liqligi va xolisonaligi Markazda sud ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplari bo‘lib hisoblanadi.

Markaz o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik, xususan “Sud ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonun va O’z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Kalibrlash va tadqiqot laboratoriyalari uchun umumiy vakolat talablari” (keyingi o‘rinlarda Standart deb yuritiladi) hamda Adliya vazirligining va boshqa tashkilotlarning tegishli normativ huquqiy hujjatlari asosida olib boradi.

Buyurtmachilarning talabini yuqori darajada qondirish, sud ekspertiza
va tadqiqot jarayonlari rivojining muqobil sharoitlarini ta’minlash maqsadida Markazda Standart talablariga javob beradigan Markazning sifat menedjmenti tizimi ishlab chiqilgan va hozirda amalda tadbiq etilmoqda.

Qo‘yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarilishi bilan ta’minlanadi:

– Markaz faoliyatining Standart talablariga mosligini ta’minlash va sifat menedjment tizimini doimiy ravishda mukammalashtirib borish;

-mustaqillik va betaraflik, ishonchlilik va xolisonalikni ta’minlab beruvchi sifatning tashkiliy strukturasi va sifat menedjmentini tashkil etishni hamda buyurtmachilarning ko‘rsatilayotgan xizmat sifatiga bo‘lgan ishonchi;

Markazning barcha faoliyatida, eng avvalo, xodimlar, tashkiliy va texnik masalalari bo‘yicha sifatning ustuvor bo‘lishi;
Markazning barcha xodimlarini sifat menedjmentini ta’minlash jarayoniga jalb etishi;
barcha buyurtmachilar uchun teng huquq va sharoitlarni yaratib berishi;
o‘tkazilayotgan ekspert tadqiqotlari davomida olingan ma’lumotlarning oshkora etilmasligi;
Markaz faoliyatining xolisligini shubha ostiga qo‘yadigan faoliyat turi bilan shug‘ullanishni rad etishi;
Ekspert faoliyatida yangi ekspertiza turlarini joriy qilish, zamonaviy texnik jixozlarni xarid qilish yo‘li bilan ob’ektlarni tekshirishning samarali usul va texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishi;
Markaz tadqiqot va o‘lchov bazasini yuqori texnik darajada bo‘lishi;
sud ekspertiza amaliyoti va nazariyasini rivojlantirishda ishtirok etishi;
Markaz sifat menedjmenti tizmining doimiy takomillashtirib borilishi.

Markaz Rahbariyati quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:

Menedjment tizimi sohasidagi Siyosatni amalga oshirish va unga qarshi bo‘lgan xech qanday harakat va qarorlarni qabul qilmaslikni;
Standart talablari bo‘yicha menedjmenti tizmini ish holatida ushlab turish va uning domiy samaradorligini yaxshilanishiga ko‘maklashishni;
xodimlarning zarur bo‘lgan professional darajasiga amal qilishini;
o‘tkazilayotgan ekspert tadqiqotlarining ishonchliligini ta’minlashni.
Markaz xodimlari menedjment tizimi bo‘yicha Qo‘llanma, SMTi jarayonlarining xujjatlari va mazkur menedjment tizimi sohasidagi Siyosati bilan tanishib chiqishi va ularga amal qilishi lozim.

Yuklab olish

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respubdika sud ekspertiza markazining Menedjment tizimi sohasidagi maqsadlari

Skip to content