Bugungi kunda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi qurilish obyektlarining texnik holatini baholash, ularni loyihaga muvofiqligini aniqlash, smeta hujjatlarini asoslanganligini tekshirish va uy joylarni bo‘lishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sud qurilish texnik ekspertizasi yordamida qurilish jarayonlarida yuzaga keladigan turli texnik savollarga ilmiy asoslangan xulosalar berib kelinmoqda. Markazning sud qurilish-texnikaviy ekspertiza bo‘limi hozirda hal qiladigan masalalari ko‘p qirrali bo‘lib, ular quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi:
1. Baholash yo‘nalishidagi hal qilinadigan masalalar
- Nizoli bino va inshootlarning ekspertiza o‘tkazish kuniga nisbatan bozor narxini aniqlash,
- Taqdim etilgan obyektning 2/3 qismining bozor qiymati hisoblab chiqish.
- Nizoli yer maydonlarini yerdan foydalanish huquqini qiymati aniqlash.
- Baholovchi tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini baholash yuzasidan tuzilgan hisobotlarini Mulkni baholashning milliy standartlariga va O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash.
Ushbu savollarni hal etish uchun qurilish ekspertiza bo‘limiga quyidagi hujjatlar;
Yashash uyi yoki xonadonning (boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining) kadastr hujjatlari, baholovchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan baholash hisobotlari taqdim etilishi kerak.
2. Ta’mirlash-qurilish va qurilish ishlari smeta hujjatlarining asosli yoki asossizligini aniqlash. Bu masalani bir turi bo‘lib suv toshirish natijasida ko‘p qavatli binolardagi xonadonlarda ta’mirlash ishlarining smeta hujjatlarini asoslanganligini aniqlash xizmat qiladi. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
- Bajariladigan qurilish, ta’mirlash-tiklash ishlarining smetalari asoslanganligi aniqlansin?
- Smeta hujjatlarida ish haqiga ko‘rsatilgan mablag‘lar hajmi asoslimi?
- Smeta hujjatlarida mexanizm va mashinalarga xarajatlar asosli belgilanganmi?
- Smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan ish hajmiga sarflanadigan qurilish materiallar miqdori asosli ko‘rsatilganmi?
- Nizoli xonadonga yuqorida joylashgan xonadondan suv toshirishdan keyin ta’mirlash ishlarining smetasi asoslanganligi aniqlansin?
Ushbu savollarni hal etish uchun qurilish ekspertiza bo‘limiga quyidagi hujjatlar;
-bajariladigan ishlarning joriy narxda tuzilgan smetalari;
-qurilish (rekonstruksiya) loyihasi;
-obyektning qurilish yoki ta’mirlash-tiklash ishlari bajarilishidan oldingi holati bo‘yicha dalolatnoma (defekt akti).
-mahalliy o‘zini boshqarish organidan (TChSJ va h.k.) suv toshish sabablari va konstruksiya yoki pardozlash ishlariga yetkazilgan shikast hajmlari ko‘rsatilgan joyni ko‘zdan kechirish dalolatnomalari.
– Agar yong‘in sodir bo‘lgan inshootlar bo‘yicha smeta hujjatlarini tekshirish lozim bo‘lsa qo‘shimcha ravishda yong‘in xavfsizligi inspeksiyasining bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni hajmi ko‘rsatilgan dalolatnomasi taqdim qilinishi zarur.
3. Turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarni (bino qismlarini) bo‘lish (binolardan foydalanish tartibini belgilash) imkoniyatlari haqida. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
- -Nizoli kafe binosini 3/5 va 2/5 ulushlar bo‘yicha bo‘lish mumkinmi?
- -Nizoli xonadonning alohida xonalaridan 1/2 va 1/2 ulushlarga binoan (aniq yeki ushbu qismlardan chetga chiqib) bo‘lishning imkoni bormi?
- -Nizoli xonadonning A1, A2, A3 literli xonalarni 1/3 va 2/3 ulushlarga binoan foydalanish tartibini belgilansh imkoniyati aniqlansin.
- Qurilgan yoki qayta qurilgan binoni (inshootni), bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini loyihaga to‘g‘ri kelish-kelmasligi aniqlash. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
- -Qurilgan yoki qayta qurilgan binoni (inshootni) loyihaga to‘g‘ri keladimi?
- -Bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini bajarishda loyihaga rioya qilinganmi?
Ushbu savollarni hal etish uchun qurilish ekspertiza bo‘limiga quydagi hujjatlar;
-kadastr hujjatlari (binoning oldingi holatini rejasi);
-qurilish (ta’mirlash, qayta qo‘rish – rekonstruksiya) to‘liq loyihasi;
-obyektning qurilish, ta’mirlash (qayta qo‘rish) ishlari bajarilishidan oldingi holati bo‘yicha dalolatnoma (defektniy akt).
5. Avariya holatlari sabablari bo‘yicha – binolarni cho‘kishi, namlanishi, ishlarni noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida bino va inshootlarni (konstruksiya yoki elementlarini) qulashi, suv toshish, pardozlash ishlarining shikastlanishi, hamda ish jarayonida baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlash. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
- Qurilishdagi falokatlarni (binoning qulashi, baxtsiz hodisa) texnik sabablari aniqlansin.
Ushbu savollarni hal etish uchun qurilish ekspertiza bo‘limiga quyidagi hujjatlar;
-Qurilish-montaj va qurilish-ta’mirlash ishlar jarayonida sodir etiladigan baxtsiz hodisalar va falokatlarning texnik sabablarini tergov qilish dalolatnomalari (sxema, chizmalar bilan);
-ushbu voqea bo‘yicha texnik inspektorining xulosasi;
-ish bajarish loyihasi (texnologik xarita);
-texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarni qayd qilish jurnali (asl nusxasi);
-texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimini tekshirish bayonnomasi (asl nusxasi);
-jabrlanuvchini ishga qabul qilish haqidagi qaror (asl nusxasi).
Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash – bu qurilish konstruksiyalarining yoki umuman bino va inshootlarning shikastlanish darajasi va texnik holati toifasini miqdoriy baholanayotgan belgilarning haqiqiy qiymatlarini loyiha yoki normativ hujjatda belgilangan xuddi shu belgilarning qiymatlari bilan solishtirish asosida aniqlashdir.
Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash ekspertiza tadqiqotlari doirasida quyidagi taxminiy savollar qo‘yilishi mumkin:
1. Qurilgan (qurilayotgan) bino-inshootning qurilish ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida olib borilganmi, bajarilgan ishlar amaldagi qurilish norma va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganmi?;
2. Qurilgan (qurilayotgan) bino-inshootning konstruksiyalarini vizual va instrumental tekshirishda ularning hozirgi kundagi texnik va seysmik holati aniqlansin;
3. Qurilgan (qurilayotgan) bino-inshootning qurilish konstruksiyalarida aniqlangan kamchiliklar sabablari va ularni bartaraf etishda qanday ishlarni amalga oshirish lozim.
Xulosa;
Hozirgi davrda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi nafaqat mavjud masalalarni hal qilish bilan cheklanmayapti, balki yangi ekspertiza turlari bo‘yicha ham faoliyatini kengaytirmoqda. Jumladan, “Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash” hamda “Qurilish mollari tadqiqoti” kabi istiqbolli ekspertiza turlarini joriy qilish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa sohaga doir savollarni chuqurroq o‘rganish, yangi turdagi ekspertizalarni shakllantirish va tahlil imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kelgusida sud qurilish-texnikaviy ekspertizasining amaliy roli yanada ortib, uning yechimini hal etadigan masalalar doirasi kengayishi kutilmoqda. Bu holat sohaga ilmiy-texnik yangiliklarni tatbiq etish orqali, ekspertizaning ishonchliligini va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Abduqodirov Azizbek
Sud-qurilish-texnik ekspertizasi bo‘limi eksperti