Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish bo‘limi

 

 

Yoqubov Murodjon G‘opirjonovich

Bo‘lim boshlig‘i

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 132

 

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish bo‘limi (bundan buyon matnda Bo‘lim deb yuritiladi) Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

 Bo‘lim Markazda axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot tizimlari va innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni amalga oshiradi.

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

Markaz tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash holati yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazish;

Markaz rasmiy veb-saxifasini yuritish, faoliyatini tashkillashtirish vazifasi yuzasidan milliy va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarga Markaz faoliyatiga doir foto, video va boshqa tegishli ma’lumotlar joylashtirish;

Markaziy apparatda axborot xavfsizligi, tizim va manbalarni himoyalash bo‘yicha “Axborot xavfsizligi siyosati” loyihasini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish xamda ish faoliyatida foydalanish;

Markazning axborot xavfsizligi siyosati bilan Markazning barcha xodimlarini, shu jumladan yangi ishga qabul qilingan hamda sinov muddatidan o‘tgan xodimlarni tanishtirib borish;

har bir xodim kompyuteridagi ma’lumotlarning daxlsizligini kafolatlanishi uchun lokal hisoblash tamrog‘idan foydalanishda kompyuterning asosiy resursiga kirishga cheklovlar qo‘yish, boshqalar bilan axborot almashishda tarmoq uchun mo‘ljallangan alohida kataloglardan foydalanishni nazorat qilish;

Markazda lokal kompyuter tarmog‘i holatini tahlil qilish va tarmoqqa ulangan kompyuter texnikalarini nazoratdan o‘tkazish;

Markazning “Kompyuter texnikasi, lokal va internet tarmog‘idan foydalanish tartibi” va “Internet tarmog‘ida manbalar bilan ishlash qoidalari”ga asosan xodimlar ish kompyuterini nazorat qilish;

Markazning server xonasini O’z Dst 2590-2012 O‘zbekiston davlat standarti va rahbariy hujjat talablariga to‘liq muvofiklashtirish;

Markazda litsenziyaga ega bo‘lgan dasturiy ta’minotlarni litsenziya muddatini o‘zaytirish hamda qo‘shimcha litsenziyalar xarid qilish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;

Markaz va tarkibiy bo‘limlardagi axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlarni malakasini tizimli ravishda oshirishni tashkil etish;

Markazda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida axborot xavfsizligi va kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil qilish;

Markaz rahbariyatiga tizimdagi AKTni rivojlantirish to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni har chorakda kiritish;

Markazda axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish masalasida maxsus dasturlar loyihalarini ishlab chiqish;

axborot tizimlari va rasmiy veb-sahifani axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishini choralarini ko‘rish;

boshqaruv jarayonini kompyuterlashtirish tizimini ishga tushirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlarni buyruq asosida tayinlash hamda zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, internet tarmog‘iga ulanish, ichki lokal tarmoqni ishga tushirish, Markaz veb-sahifasini tashkil etish, yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha Markaz va tarkibiy bo‘limlarga taklif
va tavsiyalar berish;

axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlar majmuini amalga oshirish;

axborot tizimlari va resurslarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda ma’lumotlar bazalarini yaratishni ta’minlovchi Markazning infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish;

Markazning barcha bo‘limlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me’yorii-xuquqiy, texnik va axborot-taxlil ma’lumotlar bilan ta’minlash;

Markaz rasmiy veb-saxifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;

internet tarmog‘ida Markazning veb-resurslarini tashkil etish, axborot resurslari va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash hamda uni zamonaviy darajada saqlash;

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘limlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish;

Markaz tomonidan qabul qilingan buyruqlarning bajarilishi ustidan o‘tkazilgan tahlillar asosida tegishli hujjatlarni tayyorlashda qatnashish va takliflar berish;

Markaz boshqaruvi majlislari kun tartibiga kiritilgan bo‘limning vakolati doirasidagi masalalarni o‘z vaqtida va sifatli kurib chiqish maqsadida boshqarma va bo‘limlar tomonidan boshqaruv qarori loyihalari va ma’lumotlarini tayyorlashni tashkil kilishda ishtirok etish;

Markazning tarkibiy bo‘limlari, Markaz tarkibidagi korxonalarga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga rasmiy hujjatlarni yetkazish uchun himoyalangan elektron pochtani ishga tushirish va to‘liq yuborishni ta’minlash;

Markaz rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Markaz va tarkibiy bo‘limlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy maxsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va Markaz rahbariga taqdim etish.

Skip to content