Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo’limi

Photo 2022 11 04 10 10 43

 

Telefon:            +99871-209-11-55

Ichki:                151

 

 

 

 

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • sud ekspertizasi sohasining Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkil etadi;
  • Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya ekspertizalari sohasida ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
  • sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • zamonaviy fan yutuqlarini qamrab olgan o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
  • ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, uni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi;
  • davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan uslubiyotlar ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va bu borada tegishli xulosalar beradi;

Bo‘lim bosh ilmiy xodimining asosiy vazifalari:

Amaliy va innovatsion xarakterdagi eng muhim ilmiy muammolar, shu jumladan ilmiy-texnikaviy dasturlar bo‘yicha tadqiqotlarga ilmiy rahbarlikni amalga oshirish;

Tadqiqot va ishlanmalarning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish, ish dasturini tayyorlashni tashkil qilish, ularni amalga oshirish usullari va vositalarini belgilash;

Tadqiqot rejalarini shakllantirishda ishtirok etish;

O‘ziga yuklangan vazifalarda boshqa muassasalar (tashkilotlar) bilan birgalikda ishlarni bajarishda ishtirok etuvchi hammualliflarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Tadqiqot va ishlanmalarning natijalarini umumlashtiradi, tugallangan tadqiqot va ishlanmalarning ilmiy ekspertizasini o‘tkazadi;

Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash doirasini belgilaydi va ishlanmalarni ishlab chiqadi va amaliyotda tatbiq etish uchun ilmiy yo‘l-yo‘riq berish.