Axmedova Rakiya Karimovna
Laboratoriya mudirasi
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 230
Sud ekspertizasi sohasidagi ishlarni amalga oshirishda Markazning eng yirik laboratoriyasi bo‘lgan “Materiallar ashyolar buyumlar kriminalistik ekspertizasi” (MABKE) laboratoriyasining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Mazkur laboratoriya 1972 yilda tashkil qilingan bo‘lib, dastlab laboratoriyaga biologiya fanlari nomzodi Yeva Yakovlevna Vengerskaya boshchilik qilgan va laboratoriyada jami 8 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik soha rivojiga kimyo fanlari nomzodi T.X.Islomov, R.K.Axmedova va farmasevtika fanlari nomzodi N.Sh.Xalilovalar laboratoriyaga rahbarlik qilib, sud ekspertlik sohasiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar. Shuningdek ko‘p yillar o‘zlarining bilimlari va salohiyatlari bilan nafaqat laboratoriyaning balki sud ekspertiza sohasining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan sobiq xodimlar : M.N.Kosyakovskaya, T.M.Dyomina, T.X.Xalikov, M.U.Abdullaeva, L.V.Zaxarova, F.U.Kugatova, V.N.Borisov, P.V.Zinovev, X.A.Kamilova, V.M.Nam, M.I.Yusupov, S.P.Redkina, L.A.Muxamedova, F.I.Muminova, A.X.Xasiyatova, P.V.Zagrebneva, Ye.A.Mamedova, N.A.Xomenko, O.Yu.Shuxratova, D.T.Yuldasheva va hozirda faoliyat yuritayotgan ustoz ekspertlar: R.K.Axmedova, M.X.Kamilova, N.Sh.Xalilova va N.V.Korablyova boshqa bir qancha ustoz-olimlar hozirgi kunda yosh ekspertlarga namuna sifatida ko‘rsatib kelinmoqda.
MABKE laboratoriyasida o‘tkaziladigan ekspertiza turlaridan “Sud tovarshunoslik” va “Yong‘in texnikaviy” ekspertiza turlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan talab kuchayganligi sababli, ushbu ekspertiza turlari 2019-yilning 1-iyun kunidan MABKE laboratoriyasi tarkibidan alohida bo‘lim va laboratoriya bo‘lib ajralib chiqib, o‘z faoliyatlarini qizg‘in olib bormoqdalar.
Hozirgi kunda laboratoriyaga R.K.Axmedova rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Markaz laboratoriyalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida, Markaz laboratoriyalari ISO/IEC 17025 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilib, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu sohada ham birinchilardan bo‘lib yetakchilik qilib kelayotgan mazkur laboratoriya 2019-yilda xalkaro akkreditatsiyadan o‘tdi va sertifikatga ega bo‘ldi. Mazkur akkreditatsiya Markazga tadqiqotlarni xalqaro standartlar darajasida bajarish imkonini beradi hamda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan berilgan xulosalarning xalqaro miqyosda shubhasiz tan olinishi, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini nafaqat mamlakatimiz hududida, balki xalqaro sudlarda ham ishonchli himoya qilinishiga hamda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qiladi.
Dastlabki tashkil qilingan davrlarda laboratoriyada 5 ta tur ekspertizalar bajarilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu ekspertizalar soni 27 taga yetdi. Bulardan:
- Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi;
- Lok-buyoq materiallari va lok-bo‘yoq qoplamalari ekspertizasi;
- Neft mahsulotlari va yonilg‘i-moylash materiallari ekspertizasi;
- Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, prekursorlar ekspertizasi;
- Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ularning yuqlari ekspertizasi;
- Tuproqshunoslik ekspertizasi;
- Metall va qotishmalardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi;
- Sud-botanik ekspertizasi;
- Mikrozarrachalar ekspertizasi
- Sud zoologik ekspertizasi
- Boshqa biologik(ornitologik, sud ixtiologik) ekspertizalar
- Polimer materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi
- Tabiiy minerallar ekspertizasi
- Shishali buyumlar ekspertizasi
- Tabiati noaniq moddalar ekspertizasi
- Zaharli ximikatlar va og‘ir metallar tuzlari (ekologik) ekspertizasi
- Maxsus markerlar ekspertizasi
- Oziq-ovqatlar ekspertizasi
- Boshqa tur ob’ektlar ekspertizasi
- Mineral o‘g‘itlar ekspertizasi
- Portlovchi (qo‘l bola va brizant) moddalar ekspertizasi
- O‘simlik moylari ekspertizasi
- Ichimlik suvlari ekspertizasi
- Dendrologiya (daraxtlarni tahlil qilish) ekspertizasi
- Parfyumeriya sanoati mahsulotlari ekspertizasi
- Kislotalar (anorganik va organik) ekspertizasi
- Sud ekologiya ekspertizasi
– turlari bo‘yicha xulosalar va mutaxassis fikrlari berilib kelinmoqda.
Markazning MABKE laboratoriyasining filiallari Respublikamizning Samarqand, Farg`ona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Mazkur filiallarda yuqrida nomlari qayd qilingan eskpertiza turlaridan quyidagilar mavjud:
- Giyohvand vositalar psixotrop va kuchli ta`sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlar ekspertizasi faqatgina Samarqanda faoliyat ko`rsatib kelmoqda
- Lak bo`yoq qoplamalari va materiallari ekspertizasi
- Neft mahsulotlari va yonilg`i moylash materiallari ekspertizasi
- Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi
- Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi
- Metallar, qotishmalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi
Kelgusida mazkur laboratoriyalarda ekspertizalarning boshqa turlari bo`yicha ham tadqiqotlar olib borilishi rejalashtirilgan bo`lib, ushbu bo`yicha ekspertlst qo`shimcha imzo huquqini olish uchun tayyorgarlik ko`rmoqdalar.
