Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi

Churyakov Erkin Ibragimovich      

Laboratoriya mudiri

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 210

Toshkent ilmiy-tadkiqot kriminalistika laboratoriyasi o‘z faoliyatini sud-ballistika va izshunoslik ekspertizalarining ba’zi turlari o‘tkazishdan boshlagan.
Ekspertlar malakasining oshishi, laboratoriyaning yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi natijasida bajarilayotgan ekspertizalar doirasi kengaydi va xozirgi vaqtda sud-tergov idoralari xodimlari qo‘yayotgan vazifalarning deyarli barchasi hal qilinmoqda. Yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar laboratoriya faoliyatida katta o‘rin tutadi.
Laboratoriya xodimlarining o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha olib borayotgan ilmiy ishlari natijasida yangi avtomobil markalari, avtomobil shinalarining turli ko‘rinishga ega protektorlari va boshqa ma’lumotlarni aks ettirgan kataloglar tuzildi, sud-ballistika ekspertizasi vazifalarini xal etish uslublari takomillashtirildi. Ushbu tadqiqotlar natijalari Markaz ekspertlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali xal etish imkonini bermokda.

Font Resize