
Saburov Alimardan Kutlimuratovich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lim mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi 1964-yilda tashkil qilingan. Boʻlim tashkil qilingan vaqtda uning tarkibi 1 xodimdan iborat boʻlib, boʻlimda faqat sud-buxgalteriya ekspertizasi oʻtkazilib turgan.
Boʻlimning birinchi mudiri Dolgix Aleksandr Nestorovich 1964-yildan, oldin Moliya vazirligi tizimida bulgan sud-buxgalteriya ekspertizasi boʻlimi tegishli xodimlari bilan Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazilishi munosabati bilan, boʻlim buxgalter-eksperti qilib tayinlangan va keyinchalik boʻlim mudiri boʻlib, 1976-yilda nafaqaga ketgangacha, boʻlimga rahbarlik qilgan.
Boʻlimda 1973-yildan sud-avtotexnika ekspertizasi oʻtkazilib boshlangan. Shu ekspertiza boʻyicha 1974-yildan ishlab boshlagan Vaxitov Xaris Xasanovich 1976-yildan 1999-yilda nafaqaga ketgangacha boʻlim mudiri bulgan. Keyinchalik boʻlimda sud qurilish-texnik ekspertizasi (2001-yildan), sud tovarshunoslik ekspertizasi (2019-yildan), sud yongʻin elektrotexnika ekspertizasi (2023-yildan), sud lingvistika va filalogiya ekspertizasi (2024-yildan) oʻtkazilib boshlangan.
Hozirgi kunda boʻlimda 1 boʻlim mudiri, 1 yetakchi ekspert, 1 katta ekspert, 4 ekspert ,1 kotiba – ish yurituvchi (0,5 stavka) va farrosh (0,25 stavka) lavozimlarida jami 8 nafar xodimlar ishlamoqda.
Boʻlimda hozirgi kunda quyidagi sud-ekspertizalari bajariladi:
– sud-avtotexnika ekspertizasining barcha turlari (boʻlim mudiri A.Q.Saburov va boʻlim eksperti H.Sultanovlar tomonidan bajarilib kelinmoqda)
–sud-iqtisodiy va buxgalteriya ekspertizalarining barcha turlari (boʻlim katta eksperti A.K.Toreniyazova bajaradi) Bu xodim hozirda 2025 19-avgust kunidan vaqtincha ishdan chetlatilgan.
– sud qurilish-texnikaviy va yer ekspertizalari (boʻlim yetakchi eksperti D.U.Tajiev bajaradi)
–sud yongʻin markazini olovning tarqalish yoʻllari va vaqtini, sababini tadqiqot qilish; elektrotexnik sabablarga koʻra kelib chiqqan yongʻinlar tadqiqoti; yongʻin yuklamasini tekshirish; oʻz-oʻzidan yonib ketish xususiyatiga ega yongʻin (yuklama)larni tekshirish; elektr oʻtkazgichlardagi (qisqa tutashuv, yuqori oʻtuvchi qarshilik, ortiqcha yuklama, kuchlanishning kamayib kupayib ketish holatlari bilan bogʻlik) avariya holatlar tadqiqoti va elektr moslama, jixoz va elektr uskunalaridagi avariya holatlar tadqiqoti va gaz va elektrotexnika obyektlarining potrlash texnik ekspertizalari boʻyicha (boʻlim eksperti M.D.Genjamuratov bajaradi)
-sud lingvistika va filologiya ekspertizalari ( boʻlim eksperti U.Rustamova bajaradi)
– Sud buxgalterlik tekshirish, sanoat mahsulotlar narhini tadqiqot qilish, sud-soliqlarni tekshirish, oziq-ovqat mahsulotlar narhini tadqiqot qilish, audiovizual va dasfuriy mahsulotlarning kompleks sud tovarshunoslik ekspertizalari boʻyicha (boʻlim eksperti N.Turdibayev bajaradi)
Ekspertizalar qonunda belgilangan tartibda faqat sud-tergov idoralarining topshiriqlari asosida bajariladi. Sud-tergov idoralaridan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʻyicha esa, boʻlim mutaxassislari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha, belgilangan tartibda, tadqiqotlar oʻtkazilib mutaxassis fikrlari beriladi.
Manzil: 230100, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahar, Garezsizlik MFY, Garezsizlik koʻchasi 72-uy
Aloqa maʻlumoti: tel (71) 209-01-48;
Elektron manzil: qoraqalpoqiston@sudex.uz; qoraqalpogistonrsem@exat.uz