
Laboratoriya mudiri
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 195
Hozirgi kunda Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi O‘zbekiston sud-ekspertlik tizimining yetakchi bo‘linmalaridan biridir. Laboratoriya xodimlari ekspertlik amaliy faoliyati bilan bir qatorda (laboratoriya Respublikaning barcha huquqni muhofaza qilish idoralariga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning arizalariga ko‘ra tadqiqotlar bajaradi) dastxat va imzoni, shuningdek, hujjat rekvizitlarini tadqiqot qilishning yangi uslublarini o‘zlashtirmoqdalar va amaliyotga tadbiq etmoqdalar.
So‘nggi yillarda mualliflar jamoasi, shuningdek laboratoriyaning xodimlari tomonidan tadqiqotning yangi uslublari ishlab chiqilgan. Ular orasidan quyidagilarni ta’kidlab o‘tish mumkin:
– “Sud-xatshunoslik ekspertizasi” ekspertlar uchun uslubiy qo‘llanma;
– “Sud xatshunosligida o‘zbek tilida bajarilgan qo‘lyozma matnlarning diagnostik masalalarini hal etish yo‘llari” sud ekspertlari uchun uslubiy tavsiyalar;
- “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyalar tomonidan sud-xatshunoslik ekspertizasi uchun namunalarni taqdim qilinishi yuzasidan uslubiy tavsiyalar;
– “Muhr izlarining zamonaviy himoya vositalari” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma;
– “O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan milliy va xorijiy davlatlar pul birliklari (banknotalar)ning himoya vositalari va ularni qalbakilashtirish usullarini tadqiq qilish” sud ekspertlari uchun uslubiy tavsiyalar;
– “Yozuv qurilmasi (ruchka) siyohining tarkibini Renishaw invia raman konfokal mikroskopi yordamida aniqlash” bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
Sud-xatshunoslik ekspertizasi:
Dastxat va imzo sud-xatshunoslik ekspertizasi tadqiqotining obyektlari bo‘lib, ekspertizaning asosiy hal qiluvchi masalalari quyidagilardir:
Qo‘lyozma matnning bajaruvchisini aniqlash;
shubhali qo‘lyozmani bir shaxs bajarganmi yoki turli shaxslarmi;
imzolarning “haqiqiy” (muayyan shaxs nomidan imzolar o‘zi tomonidan bajarilgan)ligi yoki “haqiqiy” emasligini aniqlash;
“Haqiqiy” bo‘lmagan imzoning bajaruvchisini aniqlash;
qo‘lyozma ataylab o‘zgartirilgan dastxati bilan bajarilganmi;
qo‘lyozma odatdagi yoki g‘ayriodatiy holatda bajarilganmi;
qo‘lyozma jismoniy toliqqan, ruhiy hayajon, og‘ir kasallik yoki alkogol iste’mol qilgan holatda bajarilganmi;
qo‘lyozma matn bajaruvchisining jinsini aniqlash.
Hujjatlar sud-texnik ekspertizasi:
Hujjatlar rekvizitlari tadqiqotida quyidagi asosiy vazifalari hal qilinadi:
bosma matn qanday usulda bajarilgan (bevosita bosma qurilmadami yoki nusxa ko‘chiruvchi qurilma yoxud montaj usulidami)?
yozuvni bajarishda ishlatilgan yozuv qurilmasining turi qanday?
bir shtrixlarni ikkinchisining ustidan chizish usulllari bilan o‘zgartirilganmi?
Tekshirilayotgan hujjatning dasylabki mazmuni o‘zgartirilganmi?
tekshirilayotgan qo‘lyozma matn tozalash, yemirish (yuvish) usullarida o‘zgartirilganmi?
qo‘lyozma matn va hujjatning boshqa rekvizitlarining o‘zaro kesishuvchi shtrixlari qanday ketma-ketlikda bajarilgan?
hujjatdagi yozuvlar bir yoki turlicha yozuv qurilmalari yordamida bajarilganmi?
aksiz markalari qanday usulda tayyorlangan?
haydovchilik guvohnomalari, id-karta, passport, pul birliklari va boshqa shu kabi hujjatlar qanday usulda tayyorlangan?
hujjatdagi muhr (shtamp) izi qanday usulda bajarilgan?
muhr (shtamp) aksi va hujjatning boshqa rekvizitlaridagi o‘zaro kesishuvchi shtrixlar qanday ketma-ketlikda bajarilgan?
hujjatdagi muhr (shtamp) izlari bir yoki turlicha muhr (shtamp)lardan qoldirilganmi?
Markazning “Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi” laboratoriyasi tadqiqotlarni o‘tkazishda tanlangan akkreditatsiya doirasi bo‘yicha “O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi” DUK tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan (03.02.2023 yildagi №O‘ZAK.SL.0272 raqamli). Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi – laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish sohasida ILAC MRA shartnomasini imzolagan “O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi” DUK tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan.
Bugungi kunda Laboratoriyada “Sud xatshunoslik masalalarini hal etish uchun xitoy iyerogliflari bilan bajarilgan qo‘lyozmalarni tekshirish usullari” va “Hujjatlarning nusxalari bo‘yicha sud-xatshunoslik obyektlarini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli ekspertlar uchun uslubiyot va uslubiy tavsiyalar hamda fuqarolar uchun “Muhr va shtamplardan xavfsiz foydalanish boʻyicha tavsiya”lar ishlab chiqilmoqda.