Ishga qabul qilish bo‘yicha talablar

Ishga qabul qilinish uchun zarur bo‘lgan xujatlar ruyhati

– nomzodning pasport nusxasi;

– ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasi nusxasi yoki ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat, birinchi marta ishga qabul qilinayotgan shaxslar bundan mustasno;

– harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy guvohnoma, chaqiriluvchilar uchun harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

– diplom (diplomdan ko‘chirma)ning notarial tasdiqlangan nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;

– so‘rovnoma va tarjimai hol (qo‘l yozma shaklda);

– tarjimai hol;

– tibbiy ma’lumotnoma;

– 3×4 sm o‘lchamdagi 2 dona fotosurat;

– shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa);

– soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami haqida guvohnoma nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

– faoliyat ko‘rsatayotgan (oxirgi) ish joyidan (o‘qish joyidan) ma’lumotnoma (agar egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa tegishli buyruq nusxasi) va tavsifnoma;

– yashash joyidan ma’lumotnoma.

 Sud ekspertiga qo‘yiladigan malakaga oid talablar

Davlat sud eksperti lavozimini oliy ma’lumotga, alohida hollarda esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi egallashi mumkin.

 

Skip to content