Andijon viloyat bo‘limi

 

 

 

Patidinov Shoxruxbek Baxtiyorjonovich

Andijon viloyat bo‘lim mudiri

 

 

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Andijon viloyati bo‘limi, 1990 yildan boshlab Tashkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiqot institutini Farg‘ona viloyatlararo bo‘limini Andijon filiali sifatida o‘z ish faoliyatini olib borgan bo‘lib, shu yili Andijon bo‘linmasiga aylantirilgan. 1980 yildan 1982 yilga qadar Andijon bo‘linmasida faqatgina bo‘lim mudiri T.T.Ataboev tomonidan sud oid avtotexnik ekspertizasi o‘tkazilgan bo‘lsa, 1982 yildan boshlab, sud buxgalteriya ekspertizalari ham o‘tkazila boshlagan. 2000 yilda Andijon bo‘linmasini xodimlari shtati o‘zgarishi munosabati bilan, ular tomonidan bajarilayotgan ekspertiza turlari ko‘paydi.

Keyinchalik bo‘limda (2001 yildan) sud qurilish-texnik ekspertizasi va (2004 yildan) sud tovarshunoslik ekspertizasi o‘tkazila boshlagan.

2009 yilda Andijon bo‘linmasi mudiri T.T.Ataboevni ko‘p yillik xizmatlari Markaz tomonidan munosib taqdirlandi va fahriylar qatoriga qo‘shildi. Shu yildan 2021 yilga qadar Andijon viloyati bo‘limi mudiri lavozimida A.M.Parpiyev faoliyat yuritgan. 2021 yildan hozirgi kunga qadar Andijon viloyati bo‘limi mudiri lavozimida Sh.B.Patidinov ishlab kelmoqda.

Hozirgi kunda bo‘limda 1 bo‘lim mudiri,  1 yetakchi ekspert, 4 davlat sud eksperti va 1 kotib – ish yurituvchi lavozimlarida jami 7 nafar xodimlar ishlamoqda.

Bo‘limda hozirgi kunda qo‘yidagi sud-ekspertizalari bajariladi:

t/r Xodimlar xizmat lavozimi Ekspertlik mutaxassisligi xodimlar soni
1 Bo‘linma mudiri  

Sud avtotexnik, sud transport-izshunoslik  ekspertizasi

1
2 Yetakchi ekspert  

Sud tovarshunoslik, sud buxgalteriya ekspertizalari

1
 

3

 

Katta ekspert

 
4 Davlat sud ekspertlari  

Sud avtotexnik, sud transport-izshunoslik, sud transport-baholash,

sud qurilish-texnikaviy ekspertizalari

4

Ekspertizalar qonunda belgilangan tartibda faqat sud-tergov idoralarining qaror va ajrimlariga, advokatlarning so‘rov xatlariga asosan belgilangan tartibda bajariladi. Sud-tergov idoralaridan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarning  murojaatlari bo‘yicha esa, bo‘lim mutaxassislari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha, belgilangan tartibda, tadqiqotlar o‘tkazilib mutaxassis fikrlari beriladi.

Hozirgi kunda bo‘lim o‘zining alohida binosiga ega. Bo‘limda ekspertizalarning sifatli bajarilishini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud.

Manzil: 710012, Andijon shahri, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 86-uy

Ma’lumot uchun: tel.: (0374) 225-00-25

Elektron manzil: andijon@sudexmail.uz  exat : andijonrsem@exat.uz

Skip to content