Surxondaryo viloyat bo‘limi

 

 

 

Kungratov Mirsoxib Sharapullayevich

Surxondaryo viloyat bo‘lim mudiri

 

 

Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi 1990-yil iyul oyida RSEMning Surxondaryo viloyati bo‘yicha ekspertlar guruhi sifatida, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tashkil qilingan. Bo‘linma Surxondaryo viloyati huquq-tartibot organlariga sud ekspertizasi sohasida xizmat ko‘rsatib kelgan. Dastlab bo‘limda “Yo‘l transport hodisalari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish” ekspertizasi yo‘lga qo‘yilgan. So‘ngra, qisqa vaqt ichida “Transport vositalari, ularning ayrim qismlarining texnik holatini tadqiqot qilish” va “Transport-izshunoslik” ekspertizalarini bajarish tashkil qilingan. 2003-yildan boshlab “Sud transportni baholash” va 2014-yildan boshlab “Sud qurilish-texnik” va “Sudga oid yer” ekspertizalarini bajarish yo‘lga qo‘yilgan.

RSEMning Surxondaryo viloyati bo‘yicha ekspertlar guruhi 2013-yilda bo‘linma shakliga, 2015-yildan esa RSEM Surxondaryo viloyat bo‘limiga aylantirilgan. Hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: 2 nafar muhandis va 2 nafar quruvchi-muhandis, 2 nafar biolog, bir nafar elektrotexnik, bir nafar kimyogar, bir nafar huquqshunos  hamda 2 nafar iqtisodchi-buxg‘alter faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bir nafar bo‘lim mudiri, bir nafar katta ekspert, qolgan sakkiz nafar ekspert hamda bir nafar Markazda ish o‘rganayotgan ekspertlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyat bo‘limida quyidagi turdagi sudga oid ekspertizalar bajarilib kelinmoqda.

  • Sud avtotexnika ekspertizasi;
  • Sud-transport-trasologiya ekspertizasi;
  • Transport vositalarini texnik holatini aniqlash ekspertizasi;
  • Sud transportni baholash ekspertizasi;
  • Sud-buxgalteriya ekspertizasi;
  • Sud-moliya-kredit ekspertizasi;
  • Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi;
  • Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi;
  • Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi;
  • Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi;
  • Sud-soliq ekspertizasi;
  • Sud tovarshunoslik ekspertizasi;
  • Sud qurilish-texnika ekspertizasi;
  • Sud yer ekspertizasi;
  • Sud yong‘in texnikaviy;
  • Sud elektrotexnik ekspertizasi;
  • Sud xatshunoslik ekspertizasi;
  • Odam DNKsi biologik ekspertizasi;

Manzil: 190100, Surxondaryo viloyat Termiz shahri, Ogahiy ko‘chasi 17/1-uy

Aloqa ma’lumoti: tel: (71)-209-01-74

Elektron manzil: surxondaryo@sudexmail.uz

e-xat manzili: surxondaryorsem@exat.uz