Sud-fonografik ekspertiza

Poraxo‘rlik, korrupsiya, reket, ta’magirlik, terrorizm kabi jinoyat ishlarini fosh etishda sud fonografiya ekspertizam muhim ahamiyatga ega.
Jinoyatga tayyorgarlikni yoki qonunbuzarlikka yul qo‘ygan shahslarni fosh etishda isbotlovchi va guvoxlik beruvchi holat va materiallar tanqis bo‘lgan vaziyatlarda, yashirin ravishda yozib olingan so‘zlashuvlar mavjud hollarda, ularning qilgan jinoyatlarini ochish uchun sud-fonografiya ekspertizasi ayniqsa qo‘l keladi.
Ayni vaqtda Respublika sud ekspertiza markazi Uzbekistonda sud fonografiya ekspertizasini rus va uzbek tillarida o‘tkazish tashkil qilingan yagona muassasa hisoblanadi. Markaz zarur hollarda tegishli mutaxassislarni jalb etib, boshka tildagi fonogrammalarni ham tadqiq. qilish imkoniyatiga ega.
Sud-fonografiya ekspertizasining maqsadi — tadqiq qilinuvchi fonogramma yozib olingan asbob-uskuna, kompakt disksi, kompakt disklar, diktofonga yozilgan suhbat (fonogramma)ni tekshirish, suhbat mazmuni, ishtirok etgan shahslar soni, jinsi, suhbat sharoitlari va boshqalarni aniqlashga qaratilgan.
Tergov idoralari tomonidan qonunda belgilangan tartibda yashirin ravishda yozib olingan fonogrammalar ashyoviy dalil sifatida mavjud bo‘lganda, tergovchi, sud fonografiya ekspertizasini tayinlaydi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda (ajrimda) sodir qilingan jinoyat qisqa mazmuni, ekspertiza tayinlash uchun asos, ekspertlar hal qilishi lozim bo‘lgan savollar va ekspertizaga yuborilayotgan ob’ektlar bayon etiladi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi karor (ajrim)da tadkiq qilinuvchi ob’ektlar aniq ko‘rsatilishi lozim. Buning uchun qarorda suhbatning boshlanish va tugallanish so‘zlari, uni kompakt disksining qaysi tomonida yozilganligi (raqamli diktofon yoki kompakt diskda bo‘lsa, qaysi fayliga yoki yulakchasiga yozilgani), kompakt disksi boshidan aylantirilganda tekshirilishi lozim bo‘lgan yozuvning necha soniyadan so‘ng boshlanishi va qancha vaqt davom etishi bayon qilinishi shart.
Sud-fonografiya ekspertizasiningo b’ektlari
Sud-fonografiya ekspertizasining ob’ektlari bo‘lib quyidagilar hizmat qiladi:

  • kompakt diskga yozilgan fonogramma;
  • fonogrammaning stenogrammasi, ya’ni suhbatning so‘zma- so‘z bayoni;
  • ovoz yozish moslamasi (magnitofon, diktofon, raqamli diktofon,

kompakt disk va boshqalar);

  • kompakt disk (audokasseta, videokasseta, mikrokasseta, mikrochip,

kompakt disk).

Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi mutaxassislari tergov va sud tomonidan tayinlangan ekspertizalar bo‘yicha identifikatsion, diagnostik va klassifikatsion masalalarni hal qiladilar.

Sud-fonografiya ekspertizasi hal etadigan masalalar

Sud-fonografiya ekspertizasi quyidagi masalalarni hal etadi:

  • ekspertizaga taqdim etilgan stenogrammaning tadqiq qilinuvchi fonogramma mazmuniga mos kelishi yoki mos kelmasligi;
  • ekspertizaga taqdim etilgan yozuv sifati past bo‘lganda suhbat stenogrammasini tuzish;
  • ekspertizaga taqdim etilgan suhbatda nechta shaxs ishtirok etganligini, ularning jinsini, suhbat kaerda (xonada, ko‘chada, avtomashina salonida va h.k.) yozib olinganligiii aniqlash;
  • suxbat yozib olingan kompakt diskda mexanik yoki elektroakustik montaj belgilari mavjudligi yoki mavjud emasligini aniklash;
  • ekspertizaga takdim etilgan fonogrammaning asli yoki nusxaligini aniqlash;
  • ekspertizaga taqdim etilgan fonogrammadagi ovoz va nutqning kimga tegishli ekanligini aniqlash;
  • ekspertizaga taqdim etilgan tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan fonogramma aynan kaysi moslamada yozib olinganligini aniqlash;
  • ekspertizaga taqdim etilgan videotasma va videofonogrammalarni tadqiq qilish va x.k.

Sud-fonografiya ekspertizasi oldiga hal etish uchun qo‘yiladigan

savollar

Sud-fonografiya ekspertizasi oldiga hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yiladi:

Ekspertizaga taqdim etilgan «ZOIU» firmasining MS-60 rusumli raqamli diktofonining «01.MRZ» fayliga yozib olingan: «Nosir aka, qandaysiz?..» – so‘zlari bilan boshlanib, «…Hm, bo‘ldi», – so‘zlari bilan tugallanuvchi suhbatning mazmuni, shu suhbat stenogrammasi matniga to‘g‘ri keladimi? (Raqamli diktofonni ko‘zdan kechirish va eshitib ko‘rish bayonnomasi 2018 yil 15 sentabr kuni bilan rasmiylashtirilgan.)

Yuqorida qayd etilgan suhbat identifikatsion tadqiqoti uchun yaroqlimi?

Yuqorida qayd etilgan raqamli diktofonga yozilgan fonogrammada elektroakustik montaj belgilari mavjudmi?

Yukorida qayd etilgan suhbatda nechta shaxs ishtirok etgan?

Yuqorida kayd etilgan suhbat qaerda (ko‘chada, xonada) yozib olingan?

Yuqorida qayd etilgan suhbatda ishtirok etgan va shu suhbat stenogrammasida shartli ravishda «B», deb belgndangan shaxsning ovozi va nutqi Sobirov Anvar Toxirovichning ovozi va nutkiga tegishlimi?

Tadqiq qilinuvchi suhbat taqdim qilingan «80IU» rusumli raqamli diktofonda yozib olinganmi?

Tadqiq qilinuvchi suhbat uning aslimi yoki nusxasimi?

Agar tadqiq qilinuvchi suhbat qoniqarsiz bo‘lsa va uni tashqi shovqindan tozalash uchun maxsus texnika zaruratn bo‘lsa, u holda quyidagi savol quyiladi:

Ekspertizaga taqdim etilgan «80TGT» firmasining MS-60 rusumli raqamli diktofonining «01.MRZ» fayliga yozib olingan: «Nosir aka, qandaysiz?..» – so‘zlari bilan boshlanib, «..Hm, bo‘ldi», – so‘zlari bilan tugallanuvchi suhbatning stenogrammasi tuzilsin.

Izoh: boshsa vaziyatlarda suhbatning stenogrammasini tuzish ekspertiza tayinlagan idoraning vazifasiga kiradi.

Sud-fonografiya ekspertizasi uchun materiallarni tayyorlash

Sud-fonografiya ekspertizasiga ko‘p hollarda tadqiq uchun taqqoslab bo‘lmaydigan, sifatsiz solishtiruv namunalari yuboriladi, tergovchining qarori (sudning ajrimi)da tadqiqot ob’ektlari to‘liq va aniq ifodalanmaydi, original (birlamchi) ovoz yozish moslamasining o‘rniga ekspertizaga uning nus’hasi (kopiyasi) jo‘natiladi, fonogramma yozib olingan texnik anjomlar taqdim etilmaydi. Tergovchilar (sud)da stenogramma tuzish mahorati yetishmasligi va shunga o‘xshash kamchiliklar uchrab turadi.

Bu kamchiliklar ekspertizani samarali o‘tkazishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni quyilgan ayrim savollar hal qilinmaydi, tadqiqot muddatlari cho‘ziladi va masalalarni qat’iy shaklda hal qilinishi qiyinlashadn. Bu esa jiioyatni to‘la ochish va isbotlashda jiddiy to‘sqinliklar yaratadi.

Ekspertiza o‘tkazish uchun tadqiq qilinuvchi suhbatdar yozib olingan ovoz yozish moslamasining faqat asli (orignali) taqdim etilishi shart, chunki ko‘p hollarda faqat suhbatlar yozib olingan birlamchi ovoz yozish moslamasida unda mavjud bo‘lgan montaj va o‘zgartirish belgilarini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Fonografiya ekspertizasini tayinlashda tergovchi (sud) tomonidan tadkiq qilinishi lozim bo‘lgan suhbatlarning stenogrammasi tuziladi. Stenogrammalar unda ishtirok etgan shaxslar gaplashgan shevada aniq va to‘liq bayon etiladi.

Identifikatsiya qilish bilan bog‘liq sud-fonografiya ekspertizasini o‘tkazish uchun gumon qilinuvchi shaxsning erkin ovozi va nutqi namunalarini davomiyligi 35-45 daqiqa bo‘lgan xolda, ovoz yozish moslamasi yordamida yozib olingan namunalari talab qilinadi.

Solishtiruv namunalari ikki xil bo‘ladi:

  1. a)  erkin nutk,;
  2. b)  eksperimental nutq.

Nutqning erkin namunalari – shaxsdan jinoyat sodir etilishigacha yoki undan keyin jinoyat ishi bilan boglik bo‘lmagan holatlarda erkin (shu jumladan, yashirin) ravishda olingan nutqidir.

Nutqning eksperimental namunalari esa tergovchi tomonidan sud- fonografiya ekspertizasini o‘tkazishda solishtiruv materiali sifatida foydalanish uchun maxsus tayyorlanib, ovoz yozish moslamasiga yozib olinadi va bu hakda bayonnoma tuziladi.

Tergovchi (sud) tekshiriladigan fonogrammani bir necha marotaba diqqat bilan eshitib, unda uchragan, kaytarilgan jumlalarni inobatga olgan holda identifikatsion tadqiqot uchun qanday solishtiruv materiallari kerakligi xaqida tushuncha hosil qiladi va namuna olish rejasini ishlab chiqadi.

Bu rejada protsessual talablarga binoan quyidagilarni nazarda tutish lozim: ovoz yozish moslamasiga yozib olinayotgan namunani boshlanishidan oldin unda yozuv olinayotgan sana, joyi, yozuvni amalga oshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, mansabi, texnik sharoitlar (raqamli diktofon, mikrofon, kompakt disk, magnitofon, turi so‘zlovchi bilan mikrofon orasidagi masofa) ko‘rsatiladi.

Sud-fonografiya ekspertizasini tayinlash uchun kerakli materiallar to‘plash jarayonida tergovchi (sud) gumonlanuvchi (ayblanuvchi, guvox) shaxs hakida ma’lumotlar to‘playdi.

Bunday ma’lumotlarga shaxsning yoshi, millati, qaysi tillarni bilishi, ma’lumoti, yashash joyi, mexnat faoliyati, tadqiq qilinuvchi fonogrammagacha bo‘lgan va undan keyingi fiziologik va psixologik holati kiradi.

Bu ma’lumotlar «gumondor» shaxsdan olingan eksperimental namunalarni ekspert tomonidan baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sud-fonografiya ekspertizasini tayinlash uchun solishtiruv namunalarini tayyorlashda yuqori sifatli ovoz yozish moslamalaridan foydalanishni zarur.

Bu talab sud-fonografiya ekspertizasini o‘tkazish uslubidan kelib chiqib, tekshiriladigan nutqlar (tadqik qilinuvchi va namunalar) ikki xil sharoitda, sifat jixatidan xam farq qiladigan fonogrammalarni tadkiq etish natijasida yul quyiladigan xatoliklarning oldini oladi.

  • namuna mazmuni bilan birlamchi fonogramma mazmunini aynanlashtirish;
  • namunalar tadqiq qilinayotgan fonogrammalar yozib olingan sharoitda olinishi kerak, masalan, atar tadqiq qilinuvchi fonogramma telefon apparati orqali yozilgan bo‘lsa, tergovchi xam namunalarni telefon apparati orqali olishi lozim;
  • namunalar tashqi shovqinlardan (masalan, radio, televizor, konditsioner ovozlari va x.k.) holi ravishda olinishi lozim;
  • hech qanday jihozga ega bo‘lmagan bo‘sh xonada namuna olish taqiqlanadi, chunki bo‘sh xonada gapirilganda aks-sado (exo) hosil bo‘lib bu holat instrumental tahlil jarayoniga jiddiy to‘sqinlik qiladi;
  • solishtiruv namunalarining davomiyligi taxminan 35-45 daqiqa bo‘lishi lozim, chunki qisqa solishtiruv namunalarida shaxsning o‘ziga xos umumiy va xususiy belgilari aks etmaydi.
  • solishtiruv namunalarini o‘qittirib yoki yodlatib olish ham sud- fonografiya ekspertizasini o‘tkazishlik metodikasiga ziddir.
  • tadqiqot qilinayotgan fonogramma kaysi tilda va shevada bo‘lsa solishtirish uchun namuna ham o‘sha tilda va shevada olinadi.

Ekspertiza tayinlashda namunalar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga rioya kilinib olinishi sud-fonografiya ekspertizasini sifatli o‘tkazishda muhim                                                     ahamiyatga ega bo‘ladi              va uning

samaradorligini ta’minlaydi.

Sud fonografiya ekspertizasi o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan
materiallarni saqlash va taqdim qilish tartibi:

Raqamli ovoz       yozish      qurilmalarini,    kompakt     disklarni

(kassetalarni) ochiq holatda, temir shkaflarda, turli metall buyumlar yonida va yuqori haroratli joylarda saqlash tavsiya etilmaydi. Ularni mexanik shikast va changdan himoya qilish maqsadga muvofiqdir. Agar raqamli ovoz yozish qurilmalari, kompakt disklar seyfda (shkafda) saklanadigan bo‘lsa, ularni mahsus g‘ilofga joylab ko‘yish zarur.

Ekspert tekshirishi lozim bo‘lgan ob’ektlar va ashyoviy dalillar ekspertga o‘ralgan va muhrlangan holda takdim etilishi kerak.

“Raqamli texnologiyalar asosida audio va video tashuvchilar xamda,
elektroakustiq montaj belgilarini kompleks tadqiq qilish”
yo‘nalishidagi yangi turdagi ekspertiza.

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 14 noyabrdagi 321 sonli karoriga asosan Uzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida 6 ta yangi turdagi ekspertizalar tashkil etish ko‘zda tutildi. Shu jumladan sud-fonografiya labaratoriyasida ham “raqamli texnologiyalar asosida audio va video tashuvchilar xamda, elektroakustik montaj belgilarini kompleks tadqiq qilish” yo‘nalishidagi yangi turdagi ekspertizani o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Unda quyidagi hal etadigan masalalar

  • shaxsni ovozi va nutqidan identifikatsiya qilish;
  • raqamli audio va video yozuvchi texnologiyalarda (diktafon, video kamera, video registrator, mabil telefon aparati va.b.) elektroakustik montaj belgilari mavjudligi yoki mavjud emasligini aniklash;
  • raqamli audio va video yozuvchi texnologiyalarni diagnostika qilish;
  • audio va video yozuvni raqamli texnologiya xotirasiga qachon saqlanganligi va o‘zgartirilganligini aniqlash;
  • raqamli audio va video yozuvni solishtirish (aynan shu texnologiyada yozilganligini, o‘zaro bir-biriga mutanosibligini, aniqlash);

Raqamli texnologiyalar asosida audio va video tashuvchilar xamda,
elektroakustiq montaj belgilarini kompleks tadqiq qilish bo‘yicha
yangi turdagi tadqiqot yo‘nalishiga hal etish uchun qo‘yiladigan

savollar

Sud-fonografiya ekspertizasi, raqamli texnologiyalar asosida audio va video tashuvchilar xamda, elektroakustik montaj belgilarini kompleks tadqiq qilish bo‘yicha yangi turdagi tadqiqot yo‘nalishida, identifikatsiyaga oid savollardan tashqari quyidagi savollarga javob beradi:

  • taqdim qilinayotgan audio/video yozuvda elektroakustik montaj belgilari mavjudmi;
  • taqdim qilinayotgan raqamli audio/video yozuvchi texnologiyasining texnik holati aniqlansin (texnik sozligi);
  • qaysi sanada (kun, oy, yil, soat, dakika) audio/video yozuv raqamli texnologiya xotirasiga saqlangan (yuklangan) yoki o‘zgartirilgan;
  • taqdim qilinayotgan audio/video yozuvlar, aynan shu texnologiya yordamida yozilganmi, fonogrammalar bir-biriga mutanosibmi.
  1. Raqamli tashuvchilardan foydalanib yozib olingan o‘zbek tilidagi fonogrammalardagi nutq signali parametrlariga (o‘lchamiga) tozalash vositalarining (filtrlarning) ta’siri
  2. So‘zlovchining shaxsini ovozi va nutqi bo‘yicha aniqlash
  3. Raqamli texnologiyalar asosidagi audio va video tashuvchilarni, hamda elektroakustik montaj belgilarini kompleks tadqiqoti
  4. Sud-fonografik ekspertizalarining ob’ektlari — analogli va raqamli tashuvchilar, tovush yozish vositalari, shuningdek suhbat fonogrammalarini va taqkoslov namunalarini tadqiqotlarining ayrim xususiyatlari
  5. Sud-fonografik ekspertizalarini o‘tkazish uchun ob’ektlarning yaroqliligini, hamda tekshirilayotgan fonogrammalarning asli yoki nusxasi ekanligini aniqlash

Skip to content