Trasologiya – kriminalistikaning alohida bo‘limi bo‘lib, uning vujudga kelishi ko‘chmanchi xalqlar, ovchilar, izquvarlar tomonidan izlarni o‘qish san’atiga borib taqaladi. Trasologiya – kriminalistika fanining bo‘limi bo‘lib, iz hosil bo‘lishi jarayonining nazariy asoslari, ularni qoldirgan ob’ektlarning tashqi tuzilishi, izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari, izlarni topish, hisobga olish va olib qo‘yish usullari va vositalari, shuningdek jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida izlar tadqiqotining umumiy va xususiy usullarini o‘z ichiga oladi.
Iz qoldiradigan obyektlarning turiga qarab, izlarning to‘rtta asosiy guruhi ajratiladi:
— odam izlari;
— qurol, asbob va ishlab chiqarishmexanizmlarining izlari;
— transport vositalarining izlari;
- hayvonlar izlari.
Shu bilan birga, mazkur guruhdagi izlar ham quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
- Odam izlari (gomeoskopiya)—qo‘l izlari (daktiloskopiya); oyoq izlari -yalang oyoq izlari, paypoqli oyoq izlari, poyabzal izlari; tish izlari;tirnoq izlari; papillyar chiziqlarga ega bo‘lmagan tana a’zolari (lab, quloq, peshona, burun qirralari va h.k.)ning izlari; kiyim-kechak, ko‘lqop izlari; qon izlari (ularning hosil bo‘lish shakllariva mexanizmlarini kriminalistik tadqiq etish).
- Qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari (mexanoskopiya) — buzish qurollarining izlari; qulf va qulflash moslamalaridagi izlar; plombalari va berkituvchi-plombalovchi qurilmalardagi izlar; mahsulotlardagi ishlab chiqarishmexanizmlarining izlari.
- Transport vositalarining izlari:-relssiz transport vositalarining g‘ildirak izlari; gusenitsa (sudraluvchi zanjirsimon g‘ildirak) izlari; chang‘i va chana izlari; transport vositalaridagi bo‘rtib turuvchi detallarining izlari.
- Hayvon izlari:-hayvon oyoqlari (panja, taqa) izlari; tamg‘aning(belgi) ko‘rinishi.
Oyoq izlari bo‘yicha ekspert oldiga hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
– bir necha hodisa joyida topilgan yakka oyoq izlari bir odam tomonidan
yoki bir poyabzaldan qoldirilganmi?;
–izlar gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan poyabzaldan qoldirilganmi?;
–oyoq izlari oyoq kaftining nusxa izlari tadqiqotga taqdim etilgan muayyan odam tomonidan qoldirilganmi?;
–oyoq izlarida gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan paypoq yoki paypoqlarning tashqi tuzilish belgilari aks etganmi?;
–hodisa joyidan topilgan poyabzalni gumon qilinuvchi kiyganmi?;
–hodisa joyidan topilgan izlar yo‘lakchasi elementlari gumon qilinuvchining eksperimental izlar yo‘lakchasiga mos keladimi?
Qulflar va ularni buzish natijasida qolgan izlar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspert oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yiladi:
–ushbu qulf buzuqmi yoki buzuq emasmi?
–ushbu qulf maxsus ochgich, ilgak yoki unga tushadigan boshqa qalbaki kalitlar yordamida ochilganmi?
–qulf taqdim etilgan kalit yordamida ochilganmi?
–buzilayotgan paytida qulf qanday (yopiq yoki ochiq) holatda bo‘lgan?
–qulfda qolgan izlar taqdim etilgan buyumdan qolganmi?
Turli ichimliklar butilka va idishlar ekspertizalarni o‘tkazishda ekspertlar oldiga hal qilish uchun quyidagi savollar qo‘yiladi:
–ekspertiza taqdim etilgan butilkalar qanday (zavod yoki qo‘lbola) usulda tiqinlangan;
– mexanizm (texnik qurilma) butunligicha, basharti buning iloji bo‘lsa yoki uning ishlovchi qismlari (matritsa – o‘yma qolip, puanson, profil boshchasi va h.k.);
–ishlab chiqarish mexanizmlarining (asboblar) ishlovchi qismlari tashqi qurilishi izlari o‘zida aks etgan buyumlar (ishlab chiqarish mahsulotlari va h.k.);
–taqqoslash uchun namunalar: tekshirilayotgan mahsulotlar bilan bir vaqtning o‘zida aniqlanayotgan asboblar yordamida yasalgan buyumlar, tekshirilayotgan buyumlar yasalgan sharoitga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda yasalgan eksperimental namuna buyumlar?
– turli shaxslar va turli joylardan olingan mahsulotlar;
–oddiybuyumlarning buzilgan (bo‘laklarga ajratilgan) qismlari;
–murakkab tarkibli buyumlar yoki komplektlarning ajratilgan qismlari (bo‘laklari)?
–magazindan olingan butilkalarning zavod usulida bajarilgan tiqinlanishi buzilganmi?
Kiym izlari bo‘yicha quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
–hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlar, kiyim izlarimi?
–izlarda, kiyimlarning qanday materiali turi aks etgan?
–kiyimdagi shikastlarning hosil bo‘lish mexanizmi qanday?
Kesilganmi, yorilganmi, teshilganmi, chopilganmi, avtotransport vositasi sudrashidan hosil bo‘lganmi?
Iz hosil qiluvchi obyektning yo‘nalishi qanday bo‘lgan?
–mavjud shikastlanishlarga qarab avtotransport halokati paytida jabrlanuvchi qanday holatda turganligini aniqlang?
–kiyimidagi shikastlar ma’lum bir qurol (buyum) dan qolganmi?
Bu shikastlar mashina urib yuborganda, mushtlashganda hosil bo‘lishi mumkinmi? kiyimning parchalari bitta kiyimga taalluqlimi?