Bugungi kunda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazining faoliyati eng so‘nggi zamonaviy innovatsion texnologiyalar va jahon talablariga javob beradigan xalqaro standart me’yorlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. Sud ekspertiza sohasida sud ekspertlik faoliyati, xususan o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni xalqaro standart talablariga muvofiqligini aniqlash va akkreditatsiyadan o‘tkazish sud ekspertiza muassasalari faoliyati sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Sud ekspertlik faoliyatini olib boruvchi tashkilotning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligi ekspertiza tayinlaydigan organ (shaxs)ga sud ekspertiza laboratoriyasini tanlashda asosli qaror qabul qilishiga imkon beradi, chunki akkreditatsiya tashkilot tomonidan beriladigan xizmat turlari va tadqiqotlarining sifati, vakolati, xolisligi va keng imkoniyatlarini namoyish etadi.
Akkreditatsiya:
-sud-ekspertiza laboratoriyalari faoliyati ilmiy-texnik darajasi va sud ekspert xulosalarining ishonchliligini oshirishga;
– ushbu laboratoriyalar faoliyatini baholashni ob’ektivlashtirishni va sud ekspert xulosalarini sud jarayonidagi shubhasiz tan olinishiga;
-ashyoviy dalillarni tekshirishni va tashkilotning sud-ekspertlik texnologiyalarini muqobillashtirishga, xususan ekspertiza ijro muddatlarini qisqartilishiga;
-sud ekspert xulosalarining nafaqat mahalliy sud va tergov jarayonlarida, balki xorijiy va xalqaro sud jarayonlarida ham qo‘llanilishiga imkoniyat yaratadi.
Markaz faoliyatida sifat menedjmentini joriy etish ishlari
2015 yilda boshlangan bo‘lib, dastlab Markaz ISO 9001:2015 “Sifat menedjment tizimi. Talablar” standart talablariga ko‘ra, “Proizvodstvo sudebnыx ekspertiz i issledovaniy” akkreditatsiya doirasi bo‘yicha CERT INTERNATIONAL xalqaro sertifikatsiya organi tomonidan Akkreditatsiyadan o‘tkazilib, tanlangan akkreditatsiya doirasi bo‘yicha Markaz faoliyatini standart talablariga ko‘ra bajarilishida muvofiqlik aniqlangan va №QMS-0117/A Akkreditatsiya sertifikatiga ega bo‘lgan.
Markaz faoliyatida sifat menedjment tizimini ISO/IEC 17025 standart talablari bo‘yicha tashkil etish va amaliyotga tadbiq etish, Markaz laboratoriyalarini mazkur standart talablariga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar 2017 yildan boshlab amalga oshirildi. Moliyaviy va tashkiliy ishlar BMTning giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2015-2020 yillarga mo‘ljallangan “Ilmiy tadqiqotlar va tendensiyalar tahlili” mavzusidagi loyihasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi va Adliya vazirligi ekspert-kriminalistik laboratoriyalari imkoniyatlarini mustahkamlash” komponenti doirasida bajarildi.
Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish jarayoni bir necha murakkab bosqichlarni o‘z ichiga olib, akkreditatsiya mezonlariga ko‘ra, standart talabiga ko‘ra maxsus ichki hujjatlar tizimini ishlab chiqishni va ularni amaliyotga joriy etishni, laboratoriyalar moddiy-texnik bazasini yangilashni va laboratoriya xodimlarining mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, Markaz Sifat menedjmentining eng asosiy Sifat sohasidagi Siyosati, Sifat bo‘yicha qo‘llanmasi, bir qator umumiy jarayon hujjatlari, tanlangan akkreditatsiya doiralari bo‘yicha texnik jarayon hujjatlari (SOP) va yo‘riqnomalari ishlab chiqildi hamda amaliyotga tadbiq etildi. Laboratoriyalarning moddiy texnik bazasi yangilandi, eng so‘nggi zamonaviy texnik uskunalar va vositalar bilan jihozlandi. ISO/IEC 17025:2017 standart talablari bo‘yicha xodimlar maxsus trening kurslarida o‘qitilib, standart talablariga ko‘ra tadqiqotlarni o‘tkazish va ularni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari oshirildi, Litva Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganildi. Tanlangan akkreditatsiya doiralari bo‘yicha malaka tekshiruvi uchun xalqaro akkreditatlangan provayderlarning Professional test tekshiruvlarida (CTS, ICE) va xorijiy akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari bilan Laboratoriyalaaro solishtiruv tekshiruvlarida (ILC) ishtirok etildi, tanlangan usullar validatsiyasi va verifikatsiyasi o‘tkazildi.
Shundan so’ng, 23.06.2020 yilda Markazning Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi “DNKni aniqlash:odam qoni va so‘lagi” (Otalikni (onalikni) aniqlash ekspertizalari) usuli, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi “Narkotik moddalarni identifikatsiya qilish (TGK, kodein, morfin, geroin)” usuli (akkreditatsiya doiralari) bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Milliy Akkreditatsiya Markazi (НЦА) tomonidan ГОСT ISO/IEC 17025-2019 (ISO/IEC 17025:2017) «Tadqiqot va kalibrlash laboratoriyalarining vakolatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar» standart talablariga ko‘ra xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib xalqaro Akkreditatsiya Attestatiga ega bo‘lgan.
14.09.2022 yilda O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi (O’zAkk) Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik– ILACning toʻla huquqli aʼzosi safiga qabul qilindi va ISO/IEC 17011:2017 standarti talablari hamda ILAC tartib – taomillariga muvofiq ISO/IEC 17025 sinov va kalibrlash sohalarida Akkreditatsiya natijalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama Bitimiga (ILAC MRA) qoʻshildi.
Shundan so‘ng, 2022-yilning 15-19-dekabr sanalarida Markaz sinov laboratoriyalari O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi (O’zAkk) tomonidan
O’zDst ISO/IEC 17025:2019 «Tadqiqot va kalibrlash laboratoriyalarining vakolatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar» standart talablariga ko‘ra, xalqaro akkreditatsiyadan, ya’ni tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazildi va natijada 2023-yilning 03-fevral sanasida Markazning Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi “Биологическое исследование ДНК биоматерила человека (кровь, слюна) для установления отцовства (материнства)” usuli, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi “Идентификация наркотических средств, получаемых из растения рода: конопля (ТГК) и мак снотворный (морфин, кодеин, героин)” usuli, Sud fonografiya еkspertizasi “Идентификация личности” usuli, Hujjatlar kriminalistik еkspertizasi “Визуалная идентификация” usuli (akkreditatsiya doiralari) bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya guvohnomasiga ega bo‘ldi (03.02.2023 yil, №O’ZAK.SL.0272) va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan sub’ektlar ro‘yxatiga qo‘shildi.
2023-2024 yillarda Markazning Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasining Avtomobillar individual VIN kod rakamlarini aniqlash” usuli va Sud kompyuter-texnikaviy ekspertizasi bo‘limining “Raqamli va multimediya kichik tashuvchilari (fleshka) orqali diagnostika qilish” usulini ham O’zDst ISO/IEC 17025:2019 standart talablari bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazib, Markaz akkreditatsiya doirasini kengaytirish ishlari rejalashtirilgan.
ISO/IEC 17025:2019 standartining 7.2.1.4 bandi bo‘yicha ma’lumot