Rahbariyat

Xalilov Akram Utamurodovich

Markaz direktori

Tel: 71-209-11-55

1970 yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1985 yilda Navoiy viloyati Nurota tuman 15-sonli maktabning o‘quv-ishlab chiqarish brigadaci boshlig‘i lavozimidan boshlab, 1990-1997 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi sud majlisi kotibi, sud ijrochisi, 1997-1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash boshqarmasi katta maslahatchisi, 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Xalq banki” davlat aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi yuridik xizmat boshqarmasi bosh yuristi, 1999 yil oktabr-dekabr oylarida Toshkent viloyat xo‘jalik sudi katta maslahatchisi, 1999-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi va Rayosati kotibiyati katta maslahatchisi, bosh sud ijrochisi, 2000-2002 yillarda Toshkent viloyat xo‘jalik sudi bosh sud ijrochisi, 2002 yil yanvar-fevral oylarida Sud ijrochilari Chilonzor tuman bo‘linmasi katta sud ijrochisi, 2002-2007 yillarda Sud departamenti Sud qarorlarini ijro etish bo‘limi bosh inspektori, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik sudlari qarorlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, 2007-2010 yillarda Sud departamenti Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, boshlig‘i, 2010-2017 yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2019 yil 6 martdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Xalilov 1-darajali adliya maslahatchisi, “O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil”, “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”,  esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.


Uzakov Uchkun Xamidovich                 

Direktorning ekspertlik faoliyati va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

Tel: 71-209-11-55

1970 yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini (kunduzgi), 2004 yilda O‘zbekiston milliy universitetini huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1993 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutining o‘qituvchisi vazifasidan boshlab, 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi qoshidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bo‘yicha Respublika o‘quv metodik kabinetining 2-darajali metodisti, 1995-1996 yillarda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktorining o‘rinbosari, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy tadqiqot kriminalistika markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi ilmiy xodimi, 1998-2004 yillarda ushbu laboratoriyaning katta ilmiy xodimi, 2004-2007 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyatlararo bo‘limi ilmiy xodimi, 2007-2012 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2012 yilning may-noyabr oylarida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Samarqand viloyatlararo bo‘limining mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2012 yilning noyabr-dekabr oylarida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri, 2012-2013 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining o‘rinbosari, 2013-2018 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining direktori, 2018-2019 yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
2019 yil 28 maydan buyon X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining Ekspertlik faoliyati va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
U. Uzakov 2-darajali adliya maslahatchisi.


Negmatov Otabek Ilxomovich                

Innovatsiyalar, moliya-xoʻjalik va tijorat masalari boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Tel: 71-209-11-55

1982-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, maʻlumoti oliy, 2004-yilda Termiz universitetini, 2009-yilda Samarqand davlat universitetini  tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi va huquqshunos mutaxassisliklariga ega.

U mehnat faoliyatini 2000-yilda “OʻzSavdogarbank” Samarqand viloyat boʻlimi Axborotlashtirish boʻlimi nusxa koʻchiruvchi operatori lavozimidan boshlab, 2002-2006-yillarda Samarqand viloyati prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Bogʻishamol tuman va Samarqand shahar boʻlimlarining ish yurituvchisi, 2006-2010-yillarda Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi bosh mutaxassisi, 2010-2014-yillarda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining yetakchi, bosh maslahatchisi, 2014-2019-yillarda Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasining boʻlimi boshligʻi va boshqarma boshligʻi oʻrinbosari hamda 2019-2022-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Uchtepa tuman adliya boʻlimi boshligʻi, 2022-yil 23-iyundan Toshkent shahar adliya boshqarmasi Yunusobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi lavozimilarida ishlagan.

O.Negmatov 2-darajali adliya maslahatchisi.

Skip to content