Toshkent viloyati

Jkl

 

 

Pardayev Oyatillo Xomidovich

Toshkent viloyat bo‘lim mudiri

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat sud ekspertlarining  malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi 206-sonli qaroriga binoan Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi markazining Toshkent viloyat bo‘limi 2025 yildan ish boshlagan, hozirgi kunda bo‘limda turli kasb egalari: muhandis, iqtisodchi, quruvchi va xatshunos faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan bo‘lim mudiri va besh nafar ekspert faoliyat ko‘rsatadi.

Faoliyati: ushbu bo‘limda

Sud avtotexnika ekspertizaning quyidagi turlari:

  • Matematik hisoblar bilan bajariladigan hisob-kitoblar tadqiqoti,
  • Transport vositalarini texnik holatini aniqlash bo‘yicha bajariladigan tadqiqotlar,
  • Transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini va bozor bahosini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar,
  • Ikki transport vositasining to‘qnashuvidagi izlarining tadqiqotlari,

Sud qurilish-texnik ekspertizasi:

  • Qurilish-texnikaviy tadqiqotlari;
  • Sud yer ekspertizasi tadqiqotlari;
  • Er uchaskalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash tadqiqotlari.

Sud buxgalteriya ekspertizasi:

  • Sud-buxgalteriya ekspertizasi,
  • Sud-moliya-kredit ekspertizasi,
  • Sud-mehnat-iqtisodiy ekspertizasi,
  • Sud rejali iqtisodiy ekspertizasi,
  • Sud-iqtisodiy-statistika ekspertizasi,
  • Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi;
  • Sud-soliq ekspertizasi;
  • Intelektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi;
  • Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash iqtisodiy ekspertizasi/

Sud texnik ekspertizasi:

  • Hujjatlarning sud texnik-kriminalistik ekspertizasi;

Manzil: Nurafshon shahar,Bobur MFY,Toshkent yo‘li ko‘chasi 58 uy.

Aloqa ma’lumoti: (71) 209-11-55

Elektron manzil: toshkent@sudexmail.uz,