Sud qurilish texnikaviy ekspertiza muxandis texnikaviy ekspertiza turlaridan biridir.
Loyihalash, qurilish, bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha bilimlar ushbu eksperiza ilmiy asoslarining poydevorini tashkil qiladi.
Sud qurilish texnikaviy ekspertiza predmetini ish bo‘yicha faktik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan texnik masalalar tashkil qiladi. Ular qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi:
-qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi haqida;
-qurilish ob’ektlari(sanoat, ko‘chmas mulk, turar joy va shaharsozlik) va bajarilgan ishlarning(taxminiy bajariladigan ishlar) narxi;
-qurilish ob’ektlarining shaharsozlik va texnik me’yorlarga mos kelishi yoki kelmasligi;
-qurilish ob’ektlari yoki konstruksiyalarining ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablari;
-ko‘chmas mulk ob’ektlarini qayta tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida(turar joylardan foydalanish va bo‘lish).
Binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smetalari va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshootlarning kadastr xujjatlari, muxandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalarning o‘zi sud-qurilish-texnikaviy tadqiqot ob’ektlaridir.
Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizaning hal qiladigan masalalari:
- a) baholash-turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino (bino qismlari) va inshootlarning me’yoriy hujjatlar asosida hisob usuli bilan bozor narxini aniqlash.
Ushbu bino va inshootlarni baholarini aniqlash uchun kadastr xujjatlari taqdim etilishi va qurilish ob’ektlarini ko‘zdan kechirishni tashkil qilinishi kerak.
- b) turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarni (bino qismlarini) bo‘lish (binolardan foydalanish tartibini belgilash) imkoniyatlari haqidagi masalalarni xal qilish uchun ekspertizaga yashash uyining, xonadonning (boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarining) kadastr xujjatlari taqdim etilishi kerak;
- v) turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarning (konstruksiya yoki elementlarining) Qurilish, Shaharsozlik me’yorlari va qoidalari, Texnikaviy ekspluatatsiya me’yorlari, qoidalari talablariga javob berish yoki bermasligini aniqlash uchun ekspertizaga uyning loyihasi (proekti) taqdim etiladi. Agar loyiha mavjud bo‘lmasa, uy-joyning tegishli idoralar(Suvsoz, Gaz ta’minoti va boshqalar) bilan kelishilgan kadastr hujjatlari taqdim qilinadi;
Ushbu bo‘yicha ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
-qurilish-montaj va qurilish-ta’mirlash ishlari jarayonida sodir etiladigan fojiali voqealar va falokatlar texnik sabablarining tergov qilish dalolatnomalari (sxema, chizmalar bilan);
-ushbu voqea bo‘yicha texnika inspektorining xulosasi;
-ish bajarish loyixasi (texnologik xarita);
-texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarni qayd etish jurnali (asl nusxasi);
-jabrlanuvchini ishga qabul qilish haqidagi qaror (asl nusxasi);
- g) qurilgan yoki qayta qurilgan binoni (inshootni), bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurilish ishlarini loyihaga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash.
Bu hollarda ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
-kadastr hujjatlari (binoning oldingi holati rejasi);
-qurilish (ta’mirlash, qayta qurilish-rekonstruksiya)ning to‘liq loyixasi;
-ob’ektning qurilish, ta’mirlash (qayta qurish) ishlari bajarilishidan oldingi holati bo‘yicha dalolatnoma (defektnыy akt);
- d) bajarilgan ishlarning sifati va ShNK-KMK talablariga javob berish-bermasligini aniqlash.
Bu hollarda ekspertizaga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: loyiha va ijro hujjatlari, loyihaning ekspertiza xulosasi, uskunalar pasporti, ko‘zga ko‘rinmas ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ish sifati jurnali, mualliflik nazorati jurnali;
- ye) ko‘p qavatli binolarda xonadonlarda qayta ta’mirlash va loyixalashtirish ShNK talablariga mosligini aniqlash. Qayta loyixalashtirish xonadondagi xonalar o‘rtasida devor va to‘siqlarni olib tashlash, o‘zgartirish, ularda eshik ochish, xonalarning ishlatish maqsadini o‘zgartirish (masalan, oshxonani ko‘chirish) va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu masalani yechish uchun ekspertizaga qayta loyixalashtirish hujjatlari va tegishli ruxsatnomalar yoki loyiha muassasasining texnik xulosasi yuboriladi;
Izoh: haqiqatda bajarilgan qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarini nazorat o‘lchovlari ekspertlar vakolatiga kirmaydi.
Nazorat o‘lchovlari bank mutaxassislari tomonidan bajariladi va tushuntirish xatlari hamda taqqoslash vedomostlari tuzilib dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar bilan ish bajaruvchilarning yozma ravishdagi e’tirozlari (agar bo‘lsa) taqdim etilishi kerak.
X.Sulaymonova nomidagi RSEM Xorazm viloyati
bo‘limi sud-qurilish eksperti X.Z.Sapayev