O‘zbekiston Respublikasi adliya Vazirligi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
laboratoriya va bo‘limlari xaqidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
- O‘zbeksiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) quyidagi laboratoriya va bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) mavjud:
hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi;
sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi;
materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi;
sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi;
odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi;
sud fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi;
sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi bo‘limi;
sud iqtisodiy ekspertizasi bo‘limi. - Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya Vazirligi Hay’atining qarorlari, Adliya vazirining buyruqlari, farmoyishlari, Markaz to‘g‘risidagi nizom, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”larga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi
- Markazning bo‘limlarida sud ekspertizasining quyidagi turlari o‘tkaziladi:
Sud-xatshunoslik ekspertizasi; hujjatlar texnik-kriminalistik ekspertizasi; trasologiya ekspertizasi, qayta urilgan markirovka belgilarini tiklash; sud-ballistika ekspertizasi, portlovchi moddalar ekspertizasi; materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi, shu jumladan, tolali materiallar va ulardan tayorlangan buyumlar ekspertizasi, lak-bo‘yoq materiallari va qoplamalari ekspertizasi, neft maxsulotlari va yonilg‘i-moylash materiallari ekspertizasi, narkotik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizasi, dori-darmon moddalari ekspertizasi, tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar ekspertizasi, metallar, quyilmalar va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, shisha va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, plastmassa, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar ekspertizasi, yopishqoq moddalar (kley) ekspertizasi, maxsus kukunlar va maxsus markerlar eksperizasi, boshqa ob’ektlar, shu jumladan, tabiati noma’lum bo‘lgan ob’ektlarning kriminalistik ekspertizasi, sud-tuproqshunoslik ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi, sud-biologik ekspertizasi; odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi; sud-ekologiya ekspertizasi; sud-avtotexnika ekspertizasi, transport-trasologiya ekspertizasi, transport vositalari va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yong‘in-texnik ekspertizasi; sud-iqtisodiy ekspertizasi; sud-tovarshunoslik ekspertizasi; sud qurilish-texnika ekspertizasi, sud yer ekspertizasi; sud videofonografiya ekspertizasi.
Bo‘limlarda ularning ixtisosi bo‘yicha boshqa turdagi sud ekspertizalari o‘tkazilishi mumkin.
II. Bo‘limlarning majburiyatlari va vazifalari
- Bo‘limlarning asosiy majburiyatlari quyidagilar:
fuqarolik, xo‘jalik, ma’muriy va jinoyat ishlari, tergovoldi tekshiruv xujjatlari bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga asosan, ekspertlik mutaxassisligiga muvofiq tadqiqotlarni o‘tkazish;
sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
ekspert amaliyotiga yangi usul va uslublarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini sinovdan o‘tkazish;
bo‘limalrni texnik ta’minlanishi haqida takliflarini o‘rganib chiqish va ularni to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
ilmiy-axborotlashtirish va noshirlik ishlarida ishtirok etish;
sud ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash va sud ekspertlarini malakasini oshirishda ishtirok etish;
sud-tergov idoralari xodimlari bilan uslubiy ishlarni olib borish;
jinoyat va huquqbuzurlik sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart sharoitlarni aniqlashga qaratilgan profilaktik ishlarni olib borish;
aholi o‘rtasida xuquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish. - Yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda bo‘lim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
birlamchi, qo‘shimcha, qayta va kompleks ekspertizalarini o‘tkazadi;
ekspertlik mutaxassisliklari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshiradi;
sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni bajaradi va natijalarini amaliyotda sinab ko‘radi;
zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan ekspert tadqiqot uslublari va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etadi;
bo‘limning texnik bazasini takomillashtirish borasida tavsiyalar tayorlaydi va undan samarali foydalanishni nazorat qiladi;
ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa nashrlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
ekspert kadrlarni tayorlaydi va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi, buning uchun u:
– xodimlarning tayyorgarlik rejalarini muxokama etadi, shaxsiy rejalarni bajarilishi xaqidagi hisobotlarni tinglaydi va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
– o‘z xodimlari va boshqa muassasa mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etadi;
– ekspert xulosalarining taqrizini o‘tkazadi;
– ilmiy-amaliy seminarlar, sud ekspertizasining tegishli yo‘nalish masalalari bo‘yicha uslubiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi;
surishtiruv, tergov, va sud ilora xodimlari o‘rtasida sud ekspertizalarining imkoniyatlari, ularni tayinlash qoidalari va xulosalarga baho berish bo‘yicha uslubiy ishlarni amalga oshiradi;
maxsus bilimlari doirasida xuquqbuzarliklarni oldini olish va ularni sodir etish sababalarini va sharoitlarini bartaraf etish uslublarini ishlab chiqadi;
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib boradi.
III. Bo‘limning xuquqlari va javobgarligi
- Unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda bo‘lim quyidagi xuquqlarga ega:
Markaz rahbariyatiga ekspertlik faoliyatini takomillashtirish va yangi turdagi tadqiqotlarni tashkil etish borasida takliflarni kiritish;
ilmiy izlanishlarni o‘tkazish uchun muammolar haqidagi takliflarni tuzib chiqish;
tadqiqot ishlarini olib borish uchun grantlarni olishda konkurslarda ishtirok etish;
bo‘limni zamonaviy anjomlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash borasida takliflar ishlab chiqish;
bo‘lim xodimlarining ish sharoitini yaxshilash haqidagi takliflarni kiritish;
bo‘lim faoliyatiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
bo‘lim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. - Bo‘lim unga yuklatilgan majburiyatlarni va vazifalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
IV. Bo‘limning ish faoliyatini tashkil etish
- Markaz bo‘limini Markaz direktori tomonidan tayinlanadigan va u tomonidan ozod etiladigan mudir boshqaradi. Mudir o‘z faoliyatida Markaz direktori va uning o‘rinbosariga bo‘ysunadi va ular oldida hisobot beradi.
- Bo‘lim mudiri:
bo‘lim faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning ishini tashkil etadi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
bo‘limga yuklatilgan majburiyatlar va vazifalarni bajarilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
bo‘lim xodimlari orasida majburiyatlarni taqsimlaydi, har bir xodimning funktsional vazifalarini va alohida topshiriqlarni bajarishi uchun javobgarlik doirasini belgilaydi;
Markaz direktorining topshirig‘i bo‘yicha kelib tushgan ekspertizalarning o‘tkazilishini tashkil etadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizalarini o‘tkazish xaqidagi yo‘riqnoma” talablariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi;
ekspert mutaxasisligiga muvofiq sud ekspertizalarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
bo‘limning ish rejalari loyixalarini tayyorlaydi, ulari tasdiqlash uchun taqdim etadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
bo‘limning ilmiy-amaliy yig‘ilishlari o‘tkazilishini takshkil etadi va ularni boshqarib boradi;
bo‘limning ish faoliyati yuzasidan Markazning Ilmiy kengashi va Direktoratida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflar kiritadi;
bo‘lim ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, bo‘lim faoliyatining muhim masalalari bo‘yicha Markaz direktoriga muntazam ravishda axborot berib turadi;
bo‘limning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi va bevosita tadqiqotlarda ishtirok etadi;
Markazning attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan o‘tuvchi xodimlarning egallab turgan lavozimiga loyiqligi xaqidagi xulosalarini taqdim etadi;
bo‘lim xodimlariga davlat sud eksperti ixtisosligini berish bo‘yicha belgilangan tartibda hujjatlarni tayyorlaydi;
xodimlarning ilmiy va ekspertlik faoliyatidagi yutuqlari uchun ularni taqdirlash xaqidagi taakliflarni kiritadi, shuningdek, mehnat intizomini buzuvchi xodimlarga nisbatan intizomiy choralarni qo‘llash haqidagi hujjatlarini tayyorlaydi.
V.Bo‘lim mulki
10. Bo‘lim mulki asbob-anjomlar, uskunalar, mebellar va boshqa tovar-moddiy boyliklardan iborat.
11. Bo‘limdagi mavjud bo‘lgan barcha mulk uchun bo‘lim mudiri moddiy javobgar hisoblanadi.
12. Bo‘lim xodimlari bo‘limdagi mavjud bo‘lgan asbob-anjomlarni va uskunalarni asrab-avaylashlari, ularni buzilishiga yoki yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
VI. Bo‘limni tashkil etilishi va tugatilishi.
13. Markazning bo‘limi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi va tugatilad.