Sud tovarshunoslik ekspertizasini o’tkazish tartibi va ahamiyati

Tovarshunoslik so’zi “tovar” va “shunos” (o’rganish) ma’nosini ifodalaydigan so’zlardan tarkib topgan bo’lib tovarning o’zi sotish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsuliga aytiladi. Hozirgi kunda sud-baxolash ekspertizalarining bir necha xil turlari mavjud bo’lib ularning asosiy turlaridan biri bo’lib sudtovarshunos deb ikkilanmasdan aytish mumkin. Ko‘pchilik sud-tovarshunoslik ekspertizasini o‘tkazish zarurati va muddati haqida eshitgan, ammo bu haqda aniq tasavurga ega emas.

Sud-tovarshunoslik ekspertizasi – bu tovarning nomi, nimaga mo’ljallangan, Tovar qanday xomashyodan tayyorlanganligi, ekspertga taqdim etilgan tovarning bugungi yoki o’tgan davrdagi bozor bahosini aniqlashga qaratilgan faoliyati hisoblanadi.

Ushbu sohada, “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi” ekspertiza muassasi Respublikamizda o’zining salmoqli o’rniga ega.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Buxoro viloyatida ham ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlari bugungi kunda o’trkazib kelinmoqda.

Bugungi kunda bo’limning asosiy vazifalaridan biri.

“Fuqarolik, iqtisodiy ishlari, maʼmuriy va jinoiy ishlar, tergovgacha tekshiruvlar materiallari boʼyicha sud ekspertizalarini oʼtkazish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʼyicha ixtiyoriylik asosida ekspert ixtisosliklariga muvofik pullik toʼlov asosida tadqiqotlar oʼtkazib, mutaxassis fikrlari berish;” hisoblanadi.

“Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoni”ga muvofiq “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan “Mutaxassis fikrini” berish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʼyicha pullik xizmatlar asosida mutaxassis fikri berish yoʼlga qoʼyilgan.

Buning uchun fuqaro Markazning Buxoro viloyat bo’limi mudiri nomiga ariza bilan, yuridik shaxs esa yoʼllama xat bilan murojaat qiladi va qanday savol hal etilishini ariza yoki murojaatida koʼrsatib oʼtadi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Buxoro viloyati bo’limiga yuridik shaxslardan tovarning shartnomada ko’rsatilgan parametrlari bilan ko’zdan kechirilgan Tovar mos yoki mos emasligi, tovarning bugungi kundagi yoki o’tgan davrdagi bozor qiymatini aniqlash bo’yicha 2025 yilning 1 choragida 40 ga yaqin arizalari kelib tushgan bo’lib, ushbu arizalar bo’yicha yuridik shaslarga mutaxassis fikrlari taqdim etilgan.

 Shu bilan birga, Аdliya vazirining 2024 yil 23 avgustdagi 277-um-son buyrugʼiga Ilovasiga asosan tariflar quyidagicha: Mutaxassis fiklarini tariflari ekspert oʼtkazadigan tadqiqotlarning obʼektlari kam yoki koʼpligi xamda hal etiladigan savollarning murakkabligiga qarab farqlanadi. Ular oddiy, oʼrta va murakkabga boʼlinadi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan bugungi kunda berilib kelayotgan ekspertiza xulosalari va mutaxassis fikrlari “Oʼzbekiston Respublikasi «Baholash faoliyati toʼgʼrisida»gi qonuni va “Oʼzbekiston Respublikasining Yagona Mulkni baholash standarti”lari talablariga, normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib bozor qiymatini inobatga olgan holda amalga oshirib kelinmoqda.

Shuningdek, tovarlarning narx qiymatlari ularning eskirishi yoki keltirilgan zararni aniqlashda sud tovarshunoslik metodikasida ko’rsatilgan  formulalar hamda tovarlarning bozor qiymatini aniqlashda mutaxassis tomonidan olingan manbalar aniq ko’rsatilgan holda amalga oshiradi.

Aynan shu sabab X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi sud, tergov organlari orasida o’zining salmoqli o’rniga ega. Ammo baxolash faoliyati bilan shug’illanuvchi yuridik shaxslar tomonidan berib kelinayotgan baxolash hisobotlari aksariyat hollarda ilmiy va uslubiy jixatdan o’z tasdig’ini topmasdan kelmoqda.

Shu bilan birga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (ISO/IEC 17025) xalqaro standartlari talablariga mos xulosa va mutaxasis fikrlari berib kelmoqda. Bu esa o’z o’rnida sud tergov organlarining bizning tashkilot xulosalariga bo’lgan talabini, shunigdek jismoniy va yuridik shaxslarning bizning muassasa “Mutaxasis fikri”lariga bo’layotgan extiyoj va ishonni kuchayib borishiga sabab bo’lmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
Buxoro viloyati bo’limi davlat sud eksperti
Tuxtayev Jamshid Barotovich.