Xalqaro vebinar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 27-mart kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va Malayziya fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kimyo departamenti hamkorligida ilmiy va ekspertlik faoliyatni takomillashtirish, shuningdek, mutaxassislarning bilim va amaliyotini oshirish maqsadida “Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kimyo departamentining Kriminalistika bo‘limida o‘qotar qurollar va ularga tegishli vositalar izlarining ekspertizasi, seriya raqamlarini qayta tiklash va trasologik izlarni tadqiqot qilish” mavzusida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.

Vebinarda Markazning Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi, shunindek Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirok etib, mavzu bo`yicha ikki tomonlama ma’ruzalar qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida vebinar davomida mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.