BINOLARNING ÖTGAN DAVR HOLATI BAHOSINI ANIQLAŞ

Binolar foydalaniş davomida doimiy özgarib boradi. Ta’mirlaş, qayta quriş, tabiiy eskiriş, suv bosişi, yonğin yoki qöşni quriliş işlarining ta’siri natijasida ularning texnik holati va qiymati özgaradi. Şu sababli binoni bugun közdan keçirib, uning bir neça yil oldingi holati haqida har doim ham töliq xulosa çiqarib bölmaydi. Sud ekspertlik amaliyotida esa aynan şu savol köp uçraydi: bino muayyan sanada qanday holatda bölgan va öşa paytda qança turgan? Bu savolga sud quriliş-texnikaviy ekspertizasi doirasida ötkaziladigan retrospektiv baholaş javob beradi.

Ekspertiza qanday hollarda talab etiladi. Fuqarolar binoning ötgan davrdagi holatini aniqlaş zaruratiga köpinça quyidagi hollarda duç keladi. Birinçisi, yuqori qavatdagi xonadondan suv oqib, zarar yetkazilganda. Ikkinçisi, pudratçi sifatsiz quriliş yoki ta’mirlaş işlarini bajarganda. Uçinçisi, meros yoki er-xotin örtasidagi mulkni bölişda binoning muayyan sanadagi qiymatini aniqlaş kerak bölganda. Törtinçisi, buzilgan yoki qayta qurilgan obyekt uçun kompensatsiya miqdori belgilanayotganda. Va nihoyat, qöşni quriliş yoki yer işlari natijasida bino şikastlanganda. Bu holatlarning barçasida ekspert bugungi holatni emas, balki sud yoki tergov organi belgilagan sanadagi holatni tiklaşi lozim.

Asosiy atamalar.

Bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yaşaşi yoki bölişi va turli işlab çiqariş jarayonlarini bajarişga möljallangan quriliş tizimi. U tayanç, tösma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvçi konstruksiyalardan iborat böladi.

Inşoot — turli işlab çiqariş jarayonlarini bajariş, moddiy qimmatliklarni joylaştiriş va saqlaş, odamlarning vaqtinça bölişi (harakatlanişi), şuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylaştiriş uçun möljallangan quriliş tizimi. U ham tayanç, tösma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvçi konstruksiyalardan iborat bölib, hajmiy, yassi yoki çiziq tarzida böladi.

Jismoniy eskiriş — tabiiy eskiriş, notöğri foydalaniş, konstruktiv nuqsonlar, şuningdek, yaxşilaş elementlarining mexanik şikastlanişlari bilan belgilanadigan qiymat yöqotilişi.

Baholaş yondaşuvi — bir yoki bir neçta baholaş usulidan foydalangan holda baholaş obyektining qiymatini aniqlaş.

Retrospektiv baholaş — obyektning qiymatini ötgan sanadagi holati va bozor şaroitidan kelib çiqib aniqlaş.

Ötgan davr holatini baholaşda uçta davrga asosan ajratiladi:

  • baholaş davri — qiymat aniqlanayotgan vaqt, masalan, suv bosgan kun;
  • közdan keçiriş vaqti — ekspert obyektni örgangan kun;
  • xulosa tuzilgan vaqt — ekspert xulosasi rasmiylaştirilgan kun.

Ular orasidagi farq oylar, ba’zan yillar bilan ölçanadi. Şuning uçun xulosada uçala sana ham aniq körsatilişi şart. Xalqaro amaliyotda retrospektiv baholaş faqat baholaş sanasida mavjud bölişi mumkin bölgan ma’lumotlarga tayanişi kerakligi alohida ta’kidlanadi. Demak, keyinroq yuz bergan voqealar öşa sanadagi qiymatga qöşilmasligi lozim.

Ma’lumotlar bazasini şakllantiriş. Binoning avvalgi holatini tiklaş uçun turli manbalar örganiladi. Ular qatoriga kadastr hujjatlari va texnik pasport, loyiha çizmalari, avvalgi közdan keçiriş dalolatnomalari, texnik tekşiruv natijalari, fotosurat va videoyozuvlar, ta’mirlaş şartnomalari, smeta va tölov hujjatlari kiradi. Har bir manbaning sanasi va mazmuni alohida tekşiriladi. Masalan, texnik pasport binoning maydoni va rejasini aks ettiradi. Ammo u tuzilgan vaqtdan keyingi özgarişlarni körsatmasligi mumkin. Fotosuratda köringan yoriq qayd etiladi. Biroq devor içidagi yoki pol ostidagi konstruksiyalar holatini faqat tasvir orqali töliq aniqlaş qiyin. Şu sababli ma’lumotlar özaro soliştiriladi. Agar ular örtasida tafovut aniqlansa, uning sababi va natijaga ta’siri xulosada izohlanadi.

1-rasm. Binoning texnik holati özgarişi bosqiçlari va baholaş mezonlari.

Texnik holatni tiklaş va eskirişni aniqlaş. Ekspert poydevor, devorlar, orayopmalar, tom, pol, eşik-derazalar hamda muhandislik tizimlari böyiça mavjud ma’lumotlarni umumlaştiradi. Bunda yoriqlar, korroziya, namlik ta’siri va materiallarning eskirişi asosiy belgilar sifatida örganiladi. Binoning qurilgan yili muhim körsatkiç, ammo u yagona mezon böla olmaydi. Bir xil yoşdagi binolar foydalaniş şaroiti, ta’mirlaş tarixi va taşqi ta’sirlarga qarab turliça holatda bölişi mumkin. Şuning uçun eskiriş faqat yillar soniga qarab emas, mavjud dalillar asosida belgilanadi.

Bu jarayonda ikki qoidaga amal qilinadi. Birinçidan, bugun aniqlangan nuqson ötgan davrda ham mavjud bölganini tasdiqlovçi dalil bölişi kerak. Ikkinçidan, baholaş davriidan keyin bajarilgan ta’mir natijasi binoning avvalgi holatiga kiritilmaydi. Bu farqlar ajratilmasa, qiymat hisob-kitobida xatolar yuzaga keladi.

Ötgan davr qiymatini aniqlaş. Tiklangan texnik holat asosida binoning baholaş davridagi qiymati aniqlanadi. Barça baholaş yondaşuvlari narx muvozanati, foyda yoki almaştirişning iqtisodiy tamoyillariga asoslanadi va har biri turli usullarni öz içiga oladi

1-jadval. Baholaş yondaşuvlarining ötgan davr qiymatini aniqlaşda qöllanilişi

Ekspert ma’lumotlar mavjudligi va obyekt xususiyatidan kelib çiqib, eng maqbul yondaşuvni tanlaydi va tanlovini asoslaydi.

Fuqarolar uçun amaliy tavsiyalar. Ekspert xulosasining işonçliligi köp jihatdan fuqaro saqlab qolgan dalillarga boğliq. Şuning uçun quyidagilarga amal qiliş tavsiya etiladi:

  • zarar yetkazilgan zahoti holatni vaqti aniq körinadigan qilib suratga va videoga oling;
  • boşqaruv kompaniyasi yoki tegişli xizmat vakilini çaqirib, voqea böyiça dalolatnoma tuzdiring;
  • ta’mirni boşlaşdan oldin holatni töliq hujjatlaştiring;
  • ta’mirlaş şartnomalari, çeklar va smetalarni saqlab qöying;
  • texnik pasport va kadastr hujjatlari nusxalarini tayyorlab qöying.

Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, binoning ötgan davrdagi holati va qiymatini aniqlaş bugungi közdan keçiriş natijalari, hujjatlar, tasvirlar hamda öşa davrga oid iqtisodiy ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilişni talab etadi. Baholaş sanasidagi holatni keyingi özgarişlardan aniq ajratiş ekspert xulosasining asosiy şarti hisoblanadi. Fuqarolar uçun esa eng muhim qoida bitta: har qanday şikastlaniş yoki nizo yuzaga kelganda holatni öz vaqtida hujjatlaştiriş keyingi sud jarayonida huquqlarini himoya qilişning eng işonçli yölidir.

 X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
Sud quriliş-texnikaviy ekspertizasi bölimi eksperti
A.Abduqodirov