Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish;
- sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;
- sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
- sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish;
- sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Institut o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish sohasida:
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkil etadi;
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar yuzasidan maslahatlar beradi;
sud ekspertizasi va kriminalistika mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy darajalarga ega bo‘lgan kadrlarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish choralarini ko‘radi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlariga ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda yordam ko‘rsatadi;
sud ekspertizasi sohasi samaradorligini oshirishga oid tadqiqotlarni olib boradi;
xorijiy davlatlarning sud-ekspertiza hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib boradi, Scopus, Web of science va boshqa bazalardagi sud ekspertiza sohasiga oid materiallarni doimiy tahlil qilib boradi, natijasiga ko‘ra takliflar ishlab chiqadi;
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
b) davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish sohasida:
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini ilmiy va uslubiy jihatdan ta’minlaydi;
yangi uslubiyotlarni ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi;
sud ekspertiza sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va boshqa materiallarni ishlab chiqadi, to‘playdi va nashr etish choralarini ko‘radi;
zamonaviy fan yutuqlarini qamrab olgan o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
mavjud sohaviy adabiyotlarni doimiy monitoring qilish natijasida yangi avlod adabiyotlariga ehtiyojlarini o‘rganib, ularni ishlab chiqish bo‘yicha dasturlarni amalga oshiradi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari xodimlarining ilmiy-uslubiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy seminar va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
so‘rovga asosan sud ekspertiza tadqiqotlari xulosalari bo‘yicha taqrizlar beradi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi uslubiyot va ekspert tadqiqot turlarini sinab ko‘radi va ekspertlik amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatining yanada ishonchliligini ta’minlash maqsadida ularni belgilangan tartibga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
v) sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish sohasida:
sud-ekspertlik sohasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni ishlab chiqadi;
sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, uni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sohaviy faoliyatini reja asosida o‘rganib boradi va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha aniq choralar ko‘radi;
sud-ekspertlik sohasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
sud ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalar reyestrini shakllantiradi va yangilab boradi;
g) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish sohasida:
sud ekspertiza muassasalari, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudyalarni sud ekspertizasi masalalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlaydi;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini ilmiy-tahliliy axborotlar bilan ta’minlashni tashkil etadi;
ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar faoliyatiga sud ekspertizasi va kriminalistika sohasiga oid yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda grantlarni amalga oshiradi;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning sud ekspertiza sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash borasida tizimli targ‘ibot tadbirlarini olib boradi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari xodimlarini sud ekspertizasi sohasining zamonaviy yutuqlari va imkoniyatlari bilan tanishtiradi, ularga ekspertiza tayinlash hamda uni o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibini tushuntiradi, ayrim hollarda ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish va o‘rashda amaliy yordam ko‘rsatadi;
d) sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish sohasida:
sud-ekspertlik faoliyatiga ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini tatbiq etish choralarini ko‘radi;
sud-ekspertlik faoliyatiga ilmiy va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish borasida takliflar beradi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida fan va texnika yutuqlari tatbiq etilganlik holatlarini tizimli ravishda monitoring qilib boradi;
ilg‘or zamonaviy tajribani o‘rganish maqsadida Institut xodimlarini xorijiy sud ekspertiza, ta’lim muassasalari va boshqa ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlariga tizimli ravishda malaka oshirish hamda stajirovkalarga yuboradi;
sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish uchun ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ular tomonidan ishlab chiqilgan asbob-uskuna va texnologiyalarni O‘zbekiston Respublikasida aprobatsiya va validatsiya qilish bo‘yicha belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;
- e) sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish sohasida:
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish orqali ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish choralarini ko‘radi;
ekspertlik amaliyotini umumlashtiradi, muayyan ekspertiza materiallari bo‘yicha huquqbuzarlikni sodir etishga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlaridan zarur bo‘lgan hujjat, axborot va boshqa materiallarni Institutning vazifa va funksiyalarini inobatga olgan holda so‘rab oladi;
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqishda davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralarning xodimlari va mutaxassislarini jalb etadi;
j) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish sohasida:
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida doimiy ravishda so‘rovnomalar o‘tkazadi;
ochilmayotgan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida u haqdagi statistik ma’lumotlarni so‘rab oladi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida mavjud bo‘lgan sud-ekspertiza sohasiga oid axborot-ma’lumotlar bazalari bilan Institutni ta’minlash, ularni saqlash va foydalanish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;
sud ekspertizasining yangi turlari va uslubiyotlarni ishlab chiqishda davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralarning laborator va tegishli bazalardan belgilangan tartibda foydalanadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan uslubiyotlar ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va bu borada tegishli xulosalar beradi;
z) sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda sohada zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
sud-ekspertiza muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida axborot xavfsizligi, tizim va manbalarni himoyalash bo‘yicha “Axborot xavfsizligi siyosati” tizimini ishlab chiqish xamda sud-ekspertiza faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda uning bajarilganligini tizimli ravishda o‘rganib boradi;
sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlarini jihozlashga doir minimal talablarni tizimli ravishda o‘rganib boradi va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish masalasida maxsus dasturlar majmuini ishlab chiqish va ularni sud ekspertiza faoliyatlariga tatbiq etish bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalar beradi;
sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishlashi va undagi ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilanib boradi;
“E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi samarali, tizimli va uzluksiz ishlashi uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik o‘rnatadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.