Axborot resurs markazi mudiri
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 136
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Axborot resurs markazi (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
ARM Markazdagi mavjud adabiyotlar va boshqa manbalarni, saqlash, ulardan foydalanish faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
ARM o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining qarorlari, Markaz direktorining direktiv hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
ARMning vazifalari :
ARMning maqsadi–kutubxona xizmatidan va axborot texnologiyalardan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish, kitobxonlarning ma’rifiy, ma’naviy, madaniy dunyoqarashini shakllantirish, ularga milliy istiqlol g‘oyasi mazmunini singdirish, siyosiy, me’yoriy-huquqiy madaniyat asoslarini tushuntirish va huquqiy ongini o‘stirish, ularning kasbiy va xizmat malakasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash hisoblanadi.
ARM o‘z faoliyati bilan foydalanuvchilarning axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi.
Quyidagilar:
foydalanuvchilarni axborot olishga, o‘quv, maxsus va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash maqsadida ularning kitobxonlik qiziqishlarini o‘rganish va turli tashuvchilardagi axborot-kutubxona resurslarini takdim etish;
o‘quv xonasida yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llagan holda, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
o‘quv va badiiy adabiyotlar seksiyalari faoliyatini elektron katalog “ARMAT” (Axborot-resurs markazining avtomatlashtirilgan tizimi) dasturidan foydalangan holda yuritishni tashkillashtirish;
elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshirish;
ARM fondini yangi nashrlar bilan to‘ldirish, ARM fondini yangi nashr etilgan ixtisoslikka, qonunchilikka oid va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirib borilishini amalga oshirish;
Markazning ARMni “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga bog‘lanishini ta’minlash;
Markazning ARM elektron katalogini yaratish.
foydalanuvchilarning sohasiga va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq ARM fondini shakllantirish;
ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish;
foydalanuvchilarning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlarini tuzish; tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar berish; bibliografik sharhlar o‘tkazish;
kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish, kerakli adabiyotlarni (maqolalarni, turli axborot jamlamalarini, elektron kataloglarni) elektron pochta orqali foydalanuvchilarga yetkazib berish;
foydalanuvchilar, rahbariyat, tarkibiy bo‘linmalar, ilmiy xodimlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, o‘rganish va muntazam ravishda aniqlashtirib borish;
kitobxonlarga elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish;
o‘quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarga, gazeta va jurnallarni sotib olish, obuna bo‘lishni tashkil etish; fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanganligini, saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni ularni elektron formatga ko‘chirishni ta’minlash;
boshqa tashkilot ARMlari, Respublika axborot resurs markazlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantirish;
yangi adabiyotlarning ARM fondiga kirim qilinishini tashkil qilish, ro‘yxatga olish, taqsimlash va saqlashni ta’minlash;
lozim bo‘lganda adabiyotlarni muqovalash va ta’mirlash choralarini ko‘rish;
adabiyotlarning mavzular bo‘yicha yoki alifbo asosida qo‘yilishini tashkil etish ARMning asosiy vazifalari hisoblanadi.