Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

 

 

Saidxodjaev Saidillaxodja Xusanovich

Bo‘lim boshlig‘i

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 160

 

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

 Bo‘lim Markazning Xalqaro hamkorlik hamda jamoatchilik bilan aloqalar masalasida vakolatini amalga oshiradi.

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;

sud ekspertlik sohasida Markazning xalqaro aloqalarini rivojlantirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borish;

tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish hamda birgalikda tadbirlar tashkillashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

Markaz xodimlarining tajriba orttirishi uchun yetakchi xorijiy ilmiy
va o‘quv markazlarida, firmalarda va xalqaro tashkilotlarda o‘qishni tashkil etishda vakolati doirasidagi ishlarni amalga oshirish;

Markaz faoliyati haqida tarkibiy bo‘limlar bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Markazning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam ravishda to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

Markazda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

ommaviy axborot vositalari bilan tarkibiy bo‘limlar bilan birgalikda samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Markaz rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;

axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy
va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Markaz faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

Markaz tarkibiy bo‘limlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh
va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

Markaz faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida Markaz rahbariyatiga axborot berib borish;

Markaz faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;

Markaz faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda Markaz rasmiy veb-saytida joylashtirish;

Markaz faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.