Sud-transport-baholash ekspertizalari

Sud-transport-baholash ekspertizalari

Ushbu ekspertizani o‘tkazish orqali tergov hamda surishtiruv organlari yoki sudlar tomonidan yo‘l transport yoki boshqa hodisa natijasida avto-moto transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar, ularni ta’mirlashga sarflanadigan mablag‘ miqdorini yoki avto-moto transport vositalarining narxini aniqlash kabi asosiy masalalar yechiladi.

Sud transport-baholash ekspertizasi predmeti: avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning rusumi, modeli, turi (vazifasi), avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning ishlab chiqilgan vaqti, avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning umumiy texnik holati hamda ishga yaroqliligi, avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning jihozlanishining to‘liqligi, avto-moto transport vositalarining birikmalari, agregatlari, detallarini mansubligi (agar buning uchun boshqa turdagi ekspertiza o‘tkazishning zarurati bo‘lmasa), avto-moto transport vositalari va extiyot qismlarning shikastlanishlari, nuqsonlari, nosozliklari.;

Sud transport- baholash ekspertizasi ob’ektlariga  avto-moto transport vositalari butunligicha murakkab mahsulot sifatida; avto-moto transport vositalarining agregatlari, birikmalari va detallari;  avtomobil ishlab chiqaruvchilarning vakolatxonalari, avto-moto transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari sotiladigan ixtisoslashgan bozorlar va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hamda avto-moto transport vositalarini ta’mirlash korxonalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar; tadqiqotlar o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar.

Transport baholash ekspertizalarida quyidagi masalalar hal etilishi mumkin:

– avto-moto transport vositalari va uskunalarni identikafikatsiya qilish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmasa;

– avto-moto transport vositalari va uskunalarining turini, rusumini, modelini, ishlab chiqilgan vaqtini ularning texnik pasportlari yoki boshqa ilova hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshirish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmasa;

– avto-moto transport vositalarining texnik holati va shikastlanishlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish, agar buning uchun boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish talab qilinmasa;

– avto-moto transport vositalaridagi shikastlanishlarning xususiyatini va ularni bartaraf qilish usullarini aniqlash;

– avto-moto vositalarini ta’mirlash ishlarining qiymatini aniqlash;

– avto-mototransport vositalarining qiymatini aniqlash;

– avto-moto transportlari extiyot qismlarining qiymatini aniqlash;

– avto-moto transport vositalarining tovar qiymatini yo‘qotish miqdorini aniqlash;

– avto-moto transport vositalirga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash;

– avto-moto transport vositalarining eskirish qiymatini aniqlash;

– avto-moto transport vositalarining ta’mirlash va ishlab chiqish sifatini baholash;

– avto-moto transport vositalarining tiklashga sarflanadigan mablag‘ni aniqlash bo‘yicha tegishli hisoblarni amaldagi normativ hujjatlarga mos kelishini tekshirish;

Transport baholash ekspertizalarni o‘tkazish aksariyat hollarda avto-moto transport vositalari va uskunalarni ekspert tomonidan ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq. Biroq, bunday ekspertizalarni avto-moto transport vositalari va uskunalarni ko‘zdan kechirmasdan, taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)tomonidan taqdim etilayotgan hujjatlarning ekspertiza o‘tkazish uchun yaroqligi haqidagi yuridik baho berilishi hamda (yoki) bunday ekspertiza o‘tkazilishi lozimligi haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatma mavjud bo‘lishi kerak.

Transport baholash ekspertizalarini o‘tkazish uchun avto-moto transport vositasining texnik pasporti, YHHB tomonidan taqdim etilgan avto-moto transport vositasi haqidagi ma’lumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi (agar mavjud bo‘lsa); ishonchnoma (agar mavjud bo‘lsa); avto-moto transport vositasini ko‘zdan kechirish dalolatnomasi; avto-moto transport vositalarini ta’mirlash bo‘yicha tuzilgan dalolatnomasi va xisob varaqalari; YHXB tomonidan tuzilgan transport vositasida ta’mirlashdan oldin mavjud bo‘lgan shikastlanishlar haqidagi ma’lumotnoma kabi dastlabki ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilishi lozim.

Transport baholash ekspertizalarni avto-moto transport vositalarini yoki uskunalarni ko‘zdan kechirmasdan o‘tkazishda taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarning yetarli yoki yetarli emasligi har bir holatda ekspert tomonidan alohida aniqlanadi.

Transportni baholash ekspertizalari oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

– avto-moto transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlansin;

– avto-moto transport vositasini tiklash uchun ta’mirlash ishlariga sarflanadigan mablag‘ miqdori aniqlansin;

– avto-moto transport vositasining bugungi kundagi o‘rtacha bozor bahosi aniqlansin;

– avto-moto transport vositasining o‘tgan davrning muayyan vaqtidagi o‘rtacha bozor narxi aniqlansin; (ushbu savolni yechish uchun agar ekspertlik bazasida kerakli ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa va bu ma’lumotlarni ekspert tomonidan aniqlash imkoni bo‘lmasa ekspert ixtiyoriga ekspertiza tayinlagan idora tomonidan o‘tgan davrning so‘ralgan vaqtiga tovarlarga bo‘lgan narx-navolar haqida kamida ikki manbadan ma’lumotlar taqdim etilishi zarur bo‘ladi );

– avto-moto transport vositasiga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha tuzilgan hisobotda (kalkulyatsiya) qo‘llanilgan uslublar « Yagona milliy  baxolash standarti» va Metodik qo‘o‘lanmalar talablariga javob beradimi va ilmiy asoslantirilganligi aniqlansin;

– avto-moto transport vositalari ehtiyot qimlarining bugungi kundagi va o‘tgan davrning muayyan vaqtidagi bozor narxi aniqlansin.

 

Skip to content