
Nishanova Nigora Batirovna
Laboratoriya mudiri
Tel: 71-209-11-55
Ichki tel: 197
SUD- MUALLIFShUNOSLIK EKSPERTIZASI –asar, matn muallifi yoki mualliflar jamoasini aniqlashga yo‘naltirilgan kriminalistik ekspertizalarning eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha ob’ektiv haqiqatni ochishga yordam beradi. Uning yordamida dastlabki tergov va sud organlari fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlaydilar.
SUD FILOLOGIK (LINGVISTIK)-PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI – shaxslararo munosabatlar, internet maydonidagi turli xildagi axborotlar almashinuvi natijasida yuzaga kelayotgan holatlarga aniqlik kiritilishi talab etilishi lozim bo’lgan matnlarning (bayonotlarning) mazmuni yoki yo’nalishi bilan bog’liq faktlarni aniqlash asosida o’tkaziladigan murakkab ekspertiza;
SUD PSIXOFIZIOLOGIK TADQIQOTLARNI- Psixofiziologik tadqiqot quyidagilarga taalluqli ma’lumotlarni olish maqsadida o‘tkaziladi:tekshirilayotgan shaxsning tadqiqotni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan yuridik ahamiyatga molik vaziyatdan xabardorligi; tekshirilayotgan shaxs tomonidan tadqiqotni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan yuridik ahamiyatga molik vaziyat to‘g‘risida axborot olinganligi holatlari.
BO’LIMDA O’TKAZILADIGAN EKSPERTIZA VA TADQIQOTLAR
- sud-filologiya (muallifshunoslik) ekspertizasi
- sud lingvistika ekspertizasi
- sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
- sud filologik (lingvistik)-psixologik ekspertizasi
- matn muallifi va shaxsiyatini aniqlash
- turli xil da’vat, targ’ibot va axborot manbalarni o’rganish va ularga oid materiallarni tahlil qilish
- shaxslararo munosabatlar, internet maydonidagi turli xildagi axborotlar almashinuvi natijasiga aniqlik kiritish