Joriy yilning 3-aprel kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xodimlari A.Saburov, A.Toreniyazova, D.Tajiev va M.Genjemuratovlar tomonidan ichki ishlar vazirligi binosida sud xodimlari va ichki ishlar idoralari xodimlari uchun “E-ekspertiza” elektron tizimi orqali ekspertiza tayinlashning afzalliklari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda yangi joriy qilingan ekspertiza turlari bilan bir qatorda “E-ekspertiza” elektron tizimi afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.