Joriy yilning 8-aprel kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kimyo departamenti hamkorligida ilmiy va ekspertlik faoliyatni takomillashtirish, shuningdek, mutaxassislarning bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida “Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kimyo departamentining Sifat menedjmenti va tadqiqot markazi faoliyati” mavzusida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.
Vebinarda Markazning Sifat menedjment bo‘limi, Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi boʼlimi, shunindek Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirok etib, mavzu bo’yicha ikki tomonlama ma’ruzalar qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida vebinar davomida mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.