Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 9-aprel kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining 5-batalyon kursantlari uchun “Markaz hamda sud ekspertiza imkoniyatlari, hal etiladigan savollar, markazda joriy etilayotgan yangi tur ekspertizalari va ularni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini olish, saqlash va taqdim qilish tartibi” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda Markazning Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Y.Rustemov, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti S.Ataxodjayev hamda Sud-qurilish-texnik ekspertizasi bo‘limi yetakchi eksperti J.Do‘smatovlar tomonidan ma’ruzalar o‘qilib, tushuntirishlar berildi.

Mashg‘ulotlar yakunida kursantlarning ekspertiza faoliyati yuzasidan bergan savollarga to‘liq tushuntirishlar berildi.