Bosh yuriskonsulti

 

 

Maxsadov Baxtiyor Isomiddinovich

Bosh yuriskonsulti

Tel: 71-209-11-55

Ichki tel: 115

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Bosh yuriskonsulti Markazning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Bosh yuriskonsult Markazda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorida belgilangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.

Quyidagilar Bosh yuriskonsultning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

Markazning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi
va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

Markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Markazning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

Markaz xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

Markazning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

Skip to content