Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertiza

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasibu natijasi tegishli savollarni hal qilishda maxsus bilimlarni qo‘llash talab etiladigan ekspert xulosasi berilishi bilan yakunlanadigan, protsessual jihatdan tartibga solingan, og‘zaki va (yoki) yozma nutqning ekspertizaga oid siyosatshunoslik-lingvistik tadqiqotdir.

Predmeti – aniq bir ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holat va sharoitlarni, siyosatshunoslik-lingvistika sohasi bo‘yicha maxsus bilimlarni qo‘llagan holda aniqlashdan iboratdir.

Ob’ektlariixtiyoriy moddiy axborot tashuvchida qayd etilgan til va nutq birligi, og‘zaki, yozma, elektron matnlar hisoblanadi

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi oldiga qo‘yiladigan savollar  quyidagicha:

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasiga, shaxsning (jismoniy yoki yuridik) sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini himoya qilish bo‘yicha fuqarolik ishlariga oid quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:

– matnda (F.I.Sh., yuridik shaxsning nomi) haqida, uning faoliyati hamda shaxsiy kasbiy yoki axloqiy sifatlari haqida negativ ma’lumotlar mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, bu ma’lumotlar aynan qanday fikr va mulohazalarda mavjud va ularning ma’nosi qanday?

– agar yuqoridagi so‘z va iboralarda (F.I.Sh., yuridik shaxsning nomi) haqida negativ ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, bu ma’lumotlar aynan qanday shaklda ifodalangan: tasdiq, taxmin, savol?

– taqdim etilgan matnning lingvistik tahlillari, bu matnda fuqaro (F.I.Sh.) tomonidan amaldagi qonunchilik, umumqabul qilingan axloqiy qoida va tamoyillarni buzganligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlash shaklidagi so‘z va iboralar mavjudmi?

– nashr matnidagi so‘z (so‘z birikmasi, ibora, gap) qanday ma’noda ishlatilgan?

– maqola(lar)dagi matnning kompozitsion tuzilishi qanday, muallif aynan qanday stilistik usullardan foydalangan va ular nashr (maqola) qahramonlarini qanday xarakterlaydi (ifodalaydi)?

– matnda bayon qilingan ma’lumotlar biror bir faktni (holat) tasdiqlaydimi, agar tasdiqlasa, aynan qanday faktlarni tasdiqlaydi yoki ular nashr muallifining shaxsiy fikri, baholovchi mulohazalarimi?

Intellektual mulk huquqini himoya qilishda sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi oldiga hal qilish uchun quyidagi mazmundagi savollar qo‘yiladi:

– asarlarning (masalan, adabiiy-badiy, publistik yoki ilmiy asar) to‘liq yoki qisman o‘xshashligi yoki farqi mavjudmi;

– o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilgan ob’ektlarning (masalan, tovar belgilari yoki firma nomi, domen nomlari), ularning almashtirish darajasigacha bo‘lgan o‘xshashligi (yaxlit yoki alohida qismlari bo‘yicha) mavjudmi;

– taqdim etilgan ob’ekt individual ijodiy ish natijasi (masalan, nom, slogan, personaj, videoklip va h.k.) hisoblanadimi;

– asar mustaqil yoki qayta ishlangan, qayta tahrir qilingan hisoblanadimi;

– asarning elementi (nomi, lavhasi, naqorati, satri yoki bandi) mustaqil ishlatilishi (qo‘llanilishi, foydalanilishi) mumkinmi;

– tarjima asliga mosmi (to‘g‘rimi, autentmi[1]);

– matnning (masalan, ixtiro formulasi, shartnoma bandi) ma’nosi qanday;

– asar konteksti bo‘yicha so‘z, iboraning ma’nosi, etimologiyasi qanday.

OAV tomonidan bahsli matnlar tarqatilishi bo‘yicha ishlarni ko‘rishda tayinlangan sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizaga beriladigan tipik savollar:

– taqdim etilgan matnda, muayyan millat, konfessiya yoki ijtimoiy guruhga tegishli (qaratilgan) nisbatan, boshqa ijtimoiy guruhlarga nisbatan salbiy baholash mavjud bo‘lgan so‘zlar, fikr va mulohazalar mavjudmi?

– matnda, alohida vakillarga emas, balki butun etnik guruhga qaratilgan keskin, salbiy baho yoki adovat yoki g‘ayirlikni ifodalovchi fikr va mulohazalar mavjudmi. Agar mavjud bo‘lsa, ular qanday shaklda bayon qilingan: tasdiqlash, fikr, hissiy (emotsional)-ta’sirchan (ekspressiv) baho, sub’ektiv baholovchi fikr va h.k.?

– muayyan millat, konfessiya yoki ijtimoiy guruhga tegishli (qaratilgan) nisbatan salbiy baholash mavjud bo‘lgan so‘zlar, fikr va mulohazalarning muallifi tahririyat bo‘lishi mumkinki yoki salbiy baho berilgan izohlar sitata, respondentlarning shaxsiy fikri, kommentator, korrespondent yoki rasmiy shaxslarning shaxsiy fikri ko‘rinishida berilganmi?

– matnda, birorta millat yoki ijtimoiy guruh fuqarosining, boshqa millatlarga qaraganda salbiyligini (zaifligi, pastligi, axloqsizligi va h.k.) targ‘ibot qiluvchi fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir millatga nisbatan dushmanlik yoki adovatli harakatlarni amalga oshirishga undovchi (chorlovchi, chaqiruvchi) fikrlar mavjudmi?

– matnda, birorta millat, etnik va ijtimoiy guruhga tegishli shaxslarga nisbatan kamsituvchi yoki xo‘rlovchi fikrlar mavjudmi?

– matnda, bir ijtimoiy guruh hisobiga boshqa ijtimoiy guruh foydasiga harakat qilishga undovchi shakldagi so‘z yoki fikrlar mavjudmi?

– matnda, o‘zbek tili nuqtai nazaridan, birorta etnik guruhning barcha a’zolariga o‘zbek madaniyati va urf-odatlarida salbiy baholangan qadimiy odatlar, e’tiqodlar, harakatlarga amal qilishga undovchi chaqiriqlarga ega fikrlar mavjudmi?

– matnda, bir millatni ustunligi va boshqa bir millatni zaifligi yoki salbiyligi haqida tasdiqlash shaklidagi fikrlar mavjudmi:

– matnda, alohida vakillarning qilmishlari uchun butun etnik guruhni javobgarlikka tortishni tasdiqlovchi fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir millat yoki ijtimoiy guruhni boshqa bir millat yoki ijtimoiy guruhga qarshi nizo, ixtilof yoki dushmanlik qilishga chaqiruvchi fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir millatning oldindan (ilgaridan, eskidan, avvaldan) dushmanligi haqida fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir millat yoki ijtimoiy guruhning manfaatlarini boshqa bir millat yoki ijtimoiy guruhga nisbatan mos emasligi, ularning sinfiy qarama-qarshiligi haqidagi fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir ijtimoiy, etnik yoki konfessional guruhning ilgari (o‘tgan zamondagi), hozirgi kundagi va kelajakdagi kulfatlari (g‘am-tashvishlari, yomon kunlari va h.k.) boshqa bir millat, elat, etnik yoki konfessional guruhning mavjudligi hamda maqsadli faoliyati (harakatlari) bilan izohlangan fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir millatning nizoli yoki dushmanlik kayfiyatidagi maqsadi, intilishi va harakatlari haqidagi fikrlar mavjudmi?

– matnda, genotsid, muayyan bir ijtimoiy, etnik yoki konfessional guruhni deportatsiya yoki repressiya qilishni oqlovchi (maqtovchi), ijobiy baholovchi fikrlar mavjudmi?

– matnda, muayyan bir ijtimoiy, etnik yoki konfessional guruh fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklashga chaqiruvchi yoki talab qiluvchi fikrlar mavjudmi?

– milliy, konfessional yoki boshqa ijtimoiy belgilariga ko‘ra birlashgan fuqarolar yoki guruhlarga turli imtiyozlar berilishiga chaqiruvchi fikrlar mavjudmi?

[1]«Аутентификация» – бу ниманидир ҳаққонийлигини текшириш жараёни. Бу термин кўпроқ ахборот технологияларида қўлланилади.